Tasdiqlayman” Yoshlar bilan ishlash boʻyicha direktor oʻrinbosari R. Yusupov
har yili 21 oktyabrь butun mamlakatimiz bo‘ylab katta bayram sifatida nishonlanadi. Bu esa ona tilimizni qay darajada ardoqlashimizni va hurmat qilishimizni bildiradi
Download 20.23 Kb.
|
1 2
Bog'liq5. Ona tilim-jonu dilim
har yili 21 oktyabrь butun mamlakatimiz bo‘ylab katta bayram sifatida nishonlanadi. Bu esa ona tilimizni qay darajada ardoqlashimizni va hurmat qilishimizni bildiradi.
O‘zbek tiliga Davlat tili maqomining berilishi ona tilimizning yuksalishida, iste'mol doirasining kengayishida muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Davr o‘zgarishi bilan tilimiz lug‘ati boyidi, yangi ifodalar paydo bo‘ldi. Tilimizga «Davlat tili» maqomi berilishi munosabati bilan xalqimiz tarixiy ma'naviyatida katta voqea ro‘y berdi. Qonunda O‘zbekistonda o‘zbek xalqining ilm fan tilini takomillashtirish uchun o‘zbek tilida ilmiy texnik, hamda ijtimoiy siyosiy atamalarni yaratish va rivojlantirish ta'kidlanadi. «Tilga e'tibor, elga e'tibor» iborasi inson ma'naviyatining belgisidir. Bugungi globallashuv jarayonida asosiy masalalardan biri, nafaqat ona tilni saqlab qolish, balki uni taraqqiy ettirish, zamon talablaridan kelib chiqqan holda boyitib borishdir. O‘zbek tilshunoslari, yozuvchilar, olimlar va shoirlarning umumiy harakatlari bilan o‘zbek tilini rivojlantirish bo‘yicha uzluksiz jarayon davom etmoqda. Buning natijasida kitobsevarlar uchun 5 jildlik “O‘zbek tilining izohli lug‘ati” nashr etildi. Mazkur kitob zamonaviy adabiyotda foydalaniladigan 80 mingdan ortiq so‘zlar va so‘z birikmalari, ilmiy, texnik, san'at, madaniyat va boshqa sohalarda ishlatiladigan atamalar, dialektizmlar va tarixiy so‘zlarni o‘zida mujassam 40 etgan. Shu bilan birga 2 jildda “O‘zbek-rus tili lug‘ati”, “O‘zbek tilining imlo lug‘ati”, “O‘zbek mumtoz adabiyoti lug‘ati” va boshqa kitoblarni aytib o‘tish mumkin. Axborot-kommunikatsiya, kompьyuter texnologiyalari va internet, aniq fanlar, tibbiyot, iqtisodiyot, huquq va boshqa sohalarda o‘zbek tili keng tatbiq etib kelinmoqda. Atamalarni tizimlashtirish, ularni bir-biriga moslashtirish, zamonaviy hayotdagi yangi tushunchalarni anglatuvchi so‘zlarni tanlash juda muhim sanaladi. Shu munosabat bilan, o‘zbek tilini ilmiy asosda rivojlantirish maqsadida fundamental, amaliy va innovatsiyaviy tadqiqotlar o‘tkazilib, ko‘plab ilmiy-ommabop kitoblar, risolalar, o‘quv qo‘llanmalar, lug‘atlar nashr etildi. Shuningdek, “O’zbegim dasturlari” elektron nashriyotlar tahririyati bilan hamkorlikda 120 ming so‘zni o‘z ichiga qamrab oluvchi “Ibora” o‘zbek-rus-ingliz elektron lug‘ati yaratildi. O‘zbek tilida nashr etilgan adabiyotlardan nafaqat respublikamiz aholisi, balki O‘zbekistondan tashqarida yashayotgan o‘zbek millatiga mansub shaxslar ham keng foydalanishmoqda. O‘zbek tilini har tomonlama rivojlantirish O‘zbekiston nomini butun dunyoga tanitishga, bu esa o‘z o‘rnida yoshlar ongida milliy o‘zlikni anglash, o‘z Vatani uchun faxrni tuyish kabi tuyg‘ularni mustahkamlashga xizmat qiladi. Download 20.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling