Tashabbuskor (buyurtmachi)


Download 14.65 Kb.
Sana07.03.2023
Hajmi14.65 Kb.
#1247550
Bog'liq
Документ Microsoft Word


tashabbuskor (buyurtmachi) — loyiha tashabbuskori bo‘lgan davlat organlari, budjet tashkilotlari, yuridik yoki jismoniy shaxslar;
investitsiyaviy loyiha — iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa foyda olish maqsadida investitsiya jalb qilinishi yoki amalga oshirilishi mo‘ljallangan loyiha;
infratuzilma loyihasi — past rentabelli yoki rentabelsiz ijtimoiy, yo‘l-transport, suv xo‘jaligi va muhandislik-kommunikatsiya obyektlarini qurish, modernizatsiyalash, rekonstruksiya qilish va kengaytirishga qaratilgan loyiha;
loyihaoldi hujjatlarini ishlab chiqish uchun texnik topshiriq (texnik topshiriq) — loyiha uchun ishlab chiqilayotgan loyihaoldi hujjatlarining asosiy yo‘nalishlari, uning texnik tavsifi, sifat ko‘rsatkichlari va texnik-iqtisodiy talablari, hujjatlarni ishlab chiqish uchun zarur taomillarni bajarish va ularning tarkibi bo‘yicha ko‘rsatmalar, shuningdek, boshqa maxsus talablarni belgilovchi hujjat;
ishlab chiquvchi — tashabbuskor (buyurtmachi) tomonidan qonunchilik hujjatlariga muvofiq yoki shartnoma asosida jalb qilingan, agar qonunchilikda mazkur faoliyat turi bilan shug‘ullanish uchun litsenziya olish nazarda tutilgan bo‘lsa, tegishli sohada obyektlarni loyihalashtirishga litsenziya olgan, loyihaoldi yoki loyiha hujjatlarini ishlab chiquvchi ijrochi;
texnik-iqtisodiy asoslar yoki texnik-iqtisodiy hisob-kitob (TIA/TIHK) — loyihaning umuman eng ko‘p miqdordagi qiymatini va moliyalashtirish ehtiyoji hajmini ko‘rib chiqilgan moliyalashtirishning dastlabki shartlarini hisobga olgan holda belgilab beruvchi muqobil variantlarni o‘rganish asosida loyihani amalga oshirishning eng samarali texnik-texnologik va tashkiliy yechimini tanlashni asoslab beruvchi loyihaoldi hujjatlar;
ishchi loyiha (IL) — eng ko‘p qiymat aks etgan asosiy texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlar va ishchi hujjatlar bo‘lgan hamda ishchi chizmalardan tashkil topgan loyiha hujjati;
ishchi hujjatlar — alohida binolar va inshootlar hamda ish turlari uchun ishchi chizmalar jamlanmasidan iborat loyiha hujjati. Murakkab obyektlar bo‘yicha ishchi hujjatlarni tayyorlashda butun bino va inshoot uchun ishlab chiqiladigan ishchi chizmalari bilan birga loyihaning aniqlashtiruvchi materiallari bo‘yicha qo‘shimcha o‘rganishlar amalga oshiriladi. Ishchi hujjatlarda, spetsifikatsiyalar, jihozlar va mahsulotlarning tegishli turlariga esa o‘lcham sxemalari, bino va inshoot uchun ishchi qurilish chizmalarining pasportlari tuzilishi, shuningdek, ish haqi va asosiy qurilish materiallari xarajatlari va ularning qiymatlari (loyiha smetasi) ko‘rsatilishi lozim. Qoidaga ko‘ra, ishchi hujjatlar belgilangan tartibda tasdiqlangan TIA/TIHK asosida ishlab chiqiladi;
xalqaro moliya institutlari (XMI) — davlatlararo bitimlar asosida tuzilgan, O‘zbekiston Respublikasi a’zo bo‘lgan moliyaviy va iqtisodiy tashkilotlar;
xorijiy hukumat moliya tashkilotlari (XHMT) — O‘zbekiston Respublikasida loyihalarni moliyalashtirish yoki birgalikda moliyalashtirishni amalga oshirayotgan xorijiy hukumat moliya tashkilotlari;
tarmoq ilmiy-texnik kengashi (TITK) — dunyo bozorlarining rivoji, ilg‘or texnologiyalarni joriy qilish va mahalliy xomashyoni chuqur qayta ishlash yo‘nalishlarini inobatga olgan holda, loyihaning asosiy texnik-texnologik yechimlarini uning tarmoq rivojlanish istiqbollariga muvofiqligi nuqtai nazaridan aniqlash maqsadida davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, investitsiya loyihalari tashabbuskori bo‘lgan tashkilotlarning qarori bilan tashkil etiladigan kollegial organ;
strategik foydali qazilmalar — oltin, kumush, mis, qo‘rg‘oshin, rux, volfram, uran, platina va platinoidlar, nodir metallar va nodir yer elementlari, temir, marganets, qimmatbaho toshlar, hamda uglevodorodlar (neft, gaz, kondensat) va ular bilan bog‘liq komponentlar, sanoat ahamiyatiga molik yer osti suvlari, ko‘mir, yonuvchi slanetslar;
oltin izlovchilar usulida qazib olish — yer qa’ri uchastkalaridan, shu jumladan sochma oltin konlaridan tadbirkorlik tavakkalchiligi asosida qimmatbaho metallarni nosanoat usulda qazib olish;


ФХ «NAVOBOD NASLLI PARRANDA»
ВАЛЮТНЫЕ ВЫПИСКИ
КАПИТАЛБАНК за 2022 год.
ЦЙяфЫЙЦЯФйцЁ1 Й


ФХ «JOMBOY NASLLI PARRANDA»
ВЫПИСКИ БАНКА
АКБ «УЗСАНОАТКУРИЛИШБАНК»
за 2022 год.
Download 14.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling