Tashbeh (O‘xshatish) Tashbih


SO‘ZLAR TAKRORIGA ASOSLANGAN SAN’ATLAR


Download 56.32 Kb.
bet7/10
Sana15.06.2023
Hajmi56.32 Kb.
#1487954
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
she`riy san`atlar (1)

SO‘ZLAR TAKRORIGA ASOSLANGAN SAN’ATLAR
So‘zlar takrori she’riyatda, ayniqsa, fikriy siqiqlik omilidir. Biroq o‘rni bilan takrorlangan so‘zlar ko‘pincha badiiy ta’sirchanlikning, g‘oyaviy baquvvatlikning ham muhim sharti bo‘la oladi. Sharq poetikasida shuning uchun ham so‘zlar takroriga oid bir qancha san’atlar vujudga kelgan. Bulardan eng muhimlari ishtiqoq, tasdir, tasbe, mukarrar (takrir), aks, tardi aks, rad san’atlaridir. Biz quyida shularning ayrimlariga
to‘xtab o‘tmoqchimiz.
TAKRIR
Takrir “takrorlash” ma’nosini ifodalovchi she’riy san’at bo’lib, she’rda u yoki bu so’zni takror qo’llashni nazarda tutadi.
Farhodning ta’rifiga bag‘ishlangan bir shohbayt:
Demonkim, ko‘ngli pok-u, ham ko‘zi pok,
Tili pok-u, so‘zi pok-u, o‘zi pok.
Mazmuni: Farhodni faqat ko‘ngli pok-u ko‘zi pok demayman, ayni paytda uning tili pok-u, so‘zi pok-u, o‘zi pokdir. Baytda takrir – bir so‘zni davomli qo‘llash orqali ma’noga, ya’ni bosh qahramonning ham tashqi, ham ichki olami pok ekanligiga urg‘u beradi.
MUKARRAR
Misralarda takroriy so`zlar qo`llanadigan bo`lsa,mukarrar san`ati hosil bo`ladi.
Jon olardi berib jon
Va qancha-qancha qurbon/
TASDIR
Tasdir – badiiy san’atning eng ko‘p tarqalgan, so‘zlar takroriga asoslangan turi. Bu san’atning mohiyati shunday: baytni boshlagan so‘z, uning oxirida ham takrorlanadi. Baytning birinchi misrasidagi birinchi rukn (yoki shu running boshlanishi) sadr, keyingi misraning oxirgi rukni (yoki shu ruknning oxiri) esa ajuz deb yuritiladi. Shunga ko‘ra tasdirni mumtoz badiiylik ilmida r a d d u l - s a d r i i l a l - a j u z (sadrni ajuzda qaytarmoq) deb ham atashadi. Bir qarashda tasdir juda sodda usul sifatida ko‘rinsa-da, shoirlar uni turli maqsadlarda qo‘llar ekan, uning xilma-xil ko‘rinishlarini va hatto aytish mumkinki, ancha murakkab turlarini ham kashf etishgan.
Tasdirlar, eng avvalo, tuzilishga ko‘ra ikki turga bo‘linadi: sodda va murakkab. Sodda tasdirlar birgina so‘zning takrorlanishiga asoslanadi. Sodda tasdirlarning bir necha ko‘rinishlari mavjud: tasdir so‘zlar hech qanday o‘zgarishsiz qo‘llanadi, shakl jihatdan ham, ma’no jihatdan ham ayni so‘zning takroridangina iborat bo‘ladi:
M e n bu yuz mushtoqidurmen, bog‘-u bo‘stonkim bo‘lur,
Bo‘lmasin nasrin-u lola, arg‘uvon sizsiz m e n g a.
(Atoyi)
Tasdir so‘zlar bir xil shaklda qo‘llansa ham, ular mazmunan farq qiladi, ya’ni ular ifodalagan ma’no ayni bir narsani emas, balki boshqa-boshqa tushunchalarni ifodalaydi. Bunday holda tajnis – shakldoshlar yuzaga keladi.
TASBE
Tasdirda birinchi misraning dastlabki so‘zi (yoki so‘zlari) ikkinchi misra oxirida takrorlansa, tasbeda birinchi misra oxiridagi so‘z keyingi misra boshida takrorlanadi. Tasbening asosiy xususiyati shundaki, u kitobxon diqqatini fikr yuritayotgan obyektga markazlashtiruvchi linza vazifasini bajaradi. Chunki birinchi misra oxiridagi so‘zning keying misrani boshlashi beixtiyor kitobxon ongida ta’sir qo‘zg‘atadi va bu ta’sir kitobxonni shu so‘z ustida o‘ylashga majbur qiladi. Shuning uchun ham yetuk shoirlarning deyarli barchasi tasbe uchun baytdagi eng muhim so‘zlarni tanlaydi.
Kuchum yetguncha ko‘p qildim v a f o lar,
V a f o li qulni asrar podsholar.
(Xorazmiy)

Download 56.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling