Ташқи иқтисодий фаолиятни ривожлантиришда суғурта бозорининг роли


  Sug`urta fondini tashkil qilish bilan bog`liq pul munosabatlari


Download 0.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/37
Sana19.06.2023
Hajmi0.62 Mb.
#1626755
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   37
Bog'liq
Kitob 7769 uzsmart.uz

2. 
Sug`urta fondini tashkil qilish bilan bog`liq pul munosabatlari; 
O’z navbatida sug`urta ximoyasini shakllantiruvchi pul munosabatlari yana 
ikki bosqichdan utdi. Birinchi bosqichida sug`urta fondini shakllantiruvchi 
taqsimlash munosabatlari, ikkinchi bosqichda undan foydalanish bilan bog`liq 
investistiya munosabatlari amalga oshiriladi. 
Sug`urta fondlari tarif asosida xisoblanadigan sug`urta to’lovlari asosida 
shakllanadi. 
Sug`urta to’lovlarini qabul qilish va uning sarflanishi bir vaqtda sodir 
bulmasdan, turli vaqtlarda sodir buladi. Tuplangan sug`urta mablaglarining bir 
qismi sug`urta tashkiloti ixtiyorida qoladi. Lekin bozor iqtisodiyoti davrida 
sug`urta tashkiloti faqat uz harajatlarini qoplash bilan chegaralanmay, balki foyda 
olishni ham kuzda tutadi. 
Shuni aytish kerakki, bu o’rinda «foyda» atamasi shartli ma’noda qullaniladi, 
chunki sug`urta tashkilotlari milliy daromad xosil qilishda qatnashmaydilar. 
Shuning uchun ular katta xajmda foyda olishga intilmasliklari kerak, chunki 
buning natijasida sug`urta tashkiloti bilan sug`urtalanuvchi o’rtasidagi 
ekvivalentlik tamoyili buziladi.
Foyda deganda - shunday ijobiy natija kuzda tutiladiki, sug`urta ximoyasini 
amalga oshirish maqsadida daromadlarning harajatlardan oshgan xolda 
muvozanatlanishi ta’minlanadi. Shunga qaramasdan hududda kamroq zarar kurilsa, 
sug`urta tashkilotlarining foyda miqdori ba’zan yuqori bulishi mumkin. 
Sug`urta tashkilotlari foydasining asosiy manbai uning investistiya faoliyati 
xisoblanadi. Bu faoliyat natijasida sug`urta fondi mablaglarining bir qismi tijorat 
maqsadlarini kuzlab sarflanadi. 
Sug`urta faoliyatining maqsadi ulkan ijtimoiy ahamiyatiga ega bo’lgan 
ko’rsatiladigan xizmatlar bo’lsa, investistiya faoliyatining maqsadi esa foyda 
olishdan iborat. Xaqiqatdan ham bu ikki yo’nalish uzaro uzviy boglangan. 


54 
Shunday qilib sug`urtalanuvchining moliyaviy barqarorligining negizi 
ularning ustav kapitalini va sug`urta zaxiralarini mavjud bo’lishi, shuningdek, 
qayta sug`urta qilish tizimidan olingan manfaatdorlik xisoblanadi.

Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling