Ташқи иқтисодий фаолиятни ривожлантиришда суғурта бозорининг роли


Sug`urta tashkilotlarining daromadi va harajatlari


Download 0.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/37
Sana19.06.2023
Hajmi0.62 Mb.
#1626755
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   37
Bog'liq
Kitob 7769 uzsmart.uz

Sug`urta tashkilotlarining daromadi va harajatlari.Sug`urta tashkilotlari 
daromad va harajatlarining muvozanati ularning barqarorligini ifoda qiladi.
Sug`urtalovchilar zimmalariga olgan sug`urta majburiyatlari bajarilishini
ta’minlash maqsadida shaxsiy sug`urta bo’yicha bo’lg`usi to’lovlar, mulkiy va 
javobgarlik sug`urtasi bo’yicha zaxiralarni vujudga keltiradilar. Bu zaxiralar 
musodara qilinishi mumkin emas. Ular soliklar tulangandan keyin qoladigan va 
o’z ixtiyorlariga kelib tushadigan daromadlaridan uz faoliyatlarini ta’minlash 
uchun zarur bulgan fondlar tashkil qilishlari mumkin. 
Sug`urta tashkilotlarining daromadlari sug`urta tadbirlaridan investistiya 
faoliyatlaridan va boshqa tushumlar xisobidan shakllanishi mumkin. Sug`urta 
to’lovlari sug`urta tashkilotlarining birlamchi daromadidir. Uning asosida sug`urta 
mablaglarining doimiy harajatlari amalga oshiriladi, shu bilan birga u investistiya 
faoliyatini mablag` bilan ta’minlashining manbai xisoblanadi. 
Sug`urta harajatlariga mablag sarflash bilan uning ixtiyoriga daromadlarning 
kelib tushishi urtasida muayan vaqt o’tadi. Bu vaqt davomida daromad bilan 
harajatning farqidan, ya’ni daromadlarni harajatlardan oshgan qismidan 
foydalanish mumkin. Shaxsiy sug`urtada zaxira mablag`lari 10 va undan kup 
davrda sug`urta ixtiyorida bulishi mumkin undan tashqari aloxida zaxira va rezerv 
fondlari shakllanadi. Demak, ular un yillar davomida harakatsiz yotishi mumkin. 
Bu 
imkoniyatlar sug`urta 
fondidan sug`urtalovchining 
qarz 
fondini 
shakllantirishga, tijorat munosabatlarida qatnashishga imkon beradi. 
Sug`urtalovchining bu mablaglari iqtisodiyotning har bir tarmog`iga kredit 
to’g`ridan-to’g`ri berish qimmatbaxo qog`ozlar sotib olish va boshqa maqsadlar 
uchun foydalanilishi mumkin. 
Bundan tashqari sug`urta tashkilotlari kadrlar tayyorlash, maslaxat berish va 
boshqa xizmat kursatishdan ham daromad olishlari mumkin. 


55 
Sug`urta tashkilotlarining harajatlari sug`urta fondining taqsimlanishi jarayonida 
shakllanishi mumkin. Bu harajatlar ikki bir-biriga bog`liq iqtisodiy jarayonga 
xizmat qiladi. 
1. 
Sug`urta 
bo’yicha 
zararlarni 
qoplash 
majburiyatlarini 
sug`urtalanuvchilarga tulash. 
2. 
Sug`urta tashkiloti faoliyatini mablag bilan ta’minlash. Harajatlarni 
quyidagi moddalarga ajratish mumkin: 
1. 
Sug`urta qoplamalari va sug`urta ta’minotiga mablag ajratish; 
2. 
Sug`urta rezervlariga mablag ajratish; 
3. 
Ogoxlantirish tadbirlariga mablag ajratish; 
4. 
Mablaglardan bir qismini qayta sug`urtalashga utkazish; 
5. 
Sug`urtani boshqarishga mablag ajratish; 
6. 
Boshqa harajatlar. 
Bu harajatlarning hammasi sug`urta xizmatlarining tannarxini tashkil qiladi. 
Tannarxni ikki guruxga bulish mumkin: 
1. 
Keng ma’nodagi tannarx; 
2. 
Tor ma’nodagi tannarx. 
Yuqoridagi sanab o’tilgan barcha harajatlar keng ma’nodagi harajatlarga kiradi. 
Sug`urtani boshqarish harajatlari esa (ma’muriy) tor ma’nodagi tannarxga misol 
buladi. 
Jaxon amaliyotida sug`urtaning boshqarish harajatlari ekvizastion inkassa, 
tugallash va boshqarish harajatlariga bulinadi. Ekvizastion harajatlar shartnoma 
tuzish maqsadlarida amalga oshiriladi. Shartnoma tuzishdan oldin tibbiyot 
ko’rigidan o’tish kerak.
Inkassa harajatlari sug`urta to’lovlarini to’lash bilan bog`liq bo’lib, 
xodimlarga mehnat xaqi sifatida beriladi. Tugallash harajatlariga sug`urta 
komissiyalari va eksportlarning sug`urta xodisasi sodir bulgan joylarga borishlari 
bilan bog`liq yul xaqi, sud harajatlari, aloqa harajatlari va boshqalar kiradi. 
Boshqarish harajatlari xodimlarning ma’muriy idora harajatlaridan tashkil topadi. 


56 
Sug`urtalanuvchining 
daromad 
va 
harajatlarini 
taqqoslab sug`urta 
tadbirlarining yakunlari aniqlanadi. Bu kursatkich sug`urta tashkilotining barcha 
faoliyati va sug`urtalashning har biri bo’yicha xisoblanadi. 
Moliyaviy natija ikki kursatkich bilan ifodalanadi: 
1. 
Sug`urtalovchining foydasi (zarari); 
2. 
Badallar rezervining kupayishi. 
Sug`urta tadbirlaridan olinadigan foyda sug`urta xizmatlari kursatish baxosi bilan 
uning tannarxi urtasidagi farq sifatida xisoblanadi. Daromadlik darajasi rentabellik 
sifatida yillik foyda miqdorini yillik sug`urta badallari miqdoriga munosabati 
sifatida aniqlanadi. 
Sug`urta tadbirlaridan olinadigan foydadan tashqari investistiya tadbirlaridan 
ham foyda olinishi mumkin. 
Sug`urta tashkilotining sug`urta tadbirlari va investistiya faoliyatidan 
olinadigan daromadlari daromad soligiga tortiladi. 
Sug`urta xodisalarining tasodifiy sodir bulishi qulay sharoitlar va ayrim 
yillarda ortiqcha mablaglardan zaxira fondini shakllantirishni taqozo etadi. Bu 
tadbir sug`urta tashkilotlari moliyaviy axvolini barqaror bulishini ta’minlaydi. 
Rezerv-(zaxira)fondlarini manbai netto stavkasining ortib qolgan mablagi 
bo’lib, bu qoldiq, yildan yilga ko’payib va noqulay yilda sarflash uchun to’planib 
boriladi. Noqulay yillarda harajatlarning daromadlaridan ortgan qismi ana shu 
rezerv fondlari xisobidan qoplanadi. 
Sug`urta soxasida zararning 3 xili kuzatiladi. 
Birinchi xilga har yili takrorlanib turadigan bir me’yordagi zararlar xajmi 
kiradi, ikkinchisiga urtacha zarardan kuproq sodir bulgan zararlar, uchinchisiga esa 
ulkan sifatlar natijasida xosil bulgan katta miqyosdagi zararlar kiradi. Birinchi va 
ikkinchi xil zararlarni sug`urta tashkiloti xisobidagi zaxira fondlari xisobidan 
qoplansa, uchinchi xildagi zararlar esa katta miqdordagi zaxira fondini tashkil 
qilishni talab qiladi. 
Katta miqdordagi zaxira fondlari bir necha sug`urta tashkiloti ishtirokida 
tashkil qilinishi mumkin. Bunday fondlarni tashkil qilishda qayta sug`urtalash 


57 
usullaridan ham foydalanish taqdim qilinadi. Bundan tashqari sug`urta zaxiralarini 
shakllantirishda badallar rezervlardan ham foydalaniladi. 

Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling