Tashkent Medical Academy Volume 3


Download 377.53 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/8
Sana19.06.2023
Hajmi377.53 Kb.
#1624037
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
xorazmlik-beruniy-va-tibbiyot

Tashkent Medical Academy 
Volume 3 | TMA Conference | 2022
The significance of the scientific, cultural 
heritage of Abu Rayhon Beruni and its role in 
the development of science 
Abu Rayhon Beruniy ilmiy-madaniy 
merosining ahamiyati va uning fan 
taraqqiyotidagi o‘rni 
 
 
 
 
 
343
 
December 16 
https://tma.uz/ Republican Scientific and Practical Conference 
namoyandalari, shoirlar va hakimlar yashardilar. Xorazmdagi olimlar shoh 
saroyida tashkil etilgan ―Olimlar jamiyati‖ga uyushgan edilar. Bu jamiyat tarixda 
―Ma‘mun Akademiyasi‖ nomi bilan mashhur bo‗lgan. ―Akademiya‖ga buyuk 
o‗zbek ensiklopedist olimi Abu Rayhon Beruniy rahbarlik qilardi. ―Akademiya‖ga 
o‗sha zamonda ma‘lum bo‗lgan fanlarning hamma sohalari bo‗yicha yirik 
mutaxassislar, shu jumladan, taniqli tib olimlari ham a‘zo edilar. Ulardan bizga 
mashhur Abu Ali ibn Sino, Abu Saxl Masihiy, Abu Abdulloh Iloqiy, Abu Mansur 
Qamariy, Abul Xayr al-Hammarlar ma‘lum. ―Ma‘mun Akademiy‖si Xorazmda 
turli fanlarning rivojlanishida juda muhim o‗rin tutadi. Xorazmlik olimlar 
fanlarning hamma sohalarini yuksak darajada rivojlantirdilar, ularni boyitganlar va 
yangi-yangi kashfiyotlar qildilar. Ayniqsa, falakiyot ilmi (astronomiya), riyoziyot 
(matematika), handasa (geometriya), tarix, jug‗rofiya sohalarida ijobiy natijalarga 
erishildi. Bunday umumiy yuksalish jarayonida tibbiyot ham tez rivojlandi. Bu 
sohada yirik olimlar yetishib chiqdilar. Bundan tashqari Xorazmda, xususan, uning 
poytaxti Urganchda, xorijiy mamlakatlardan kelgan ko‗pgina hakimlar ham 
yashardilar. Mamlakatning poytaxti Urganchda va boshqa shaharlarda 
kasalxonalar va shifoxonalar barpo etilgan edi. Ularda tajribali hakimlar 
ishlardilar. Urganchdagi kasalxonada bir qancha vaqt mashhur olimlar Ibn Sino va 
Abu Sahl Masihiylar ishlaganlar. Abu Abldulloh Iloqiy ham shu kasalxonada 
xizmat qilgan. Ular kasallarni davolash bilan birga turli kasalliklar ustida kuzatish 
ishlari olib borardilar. Bu kuzatishlar natijasida to‗plangan ma‘lumotlar 
umumlashtirilib, kerakli xulosalar chiqarilgan va tashxis hamda davolash 
sohalarida yangi usullar joriy etilardi. Ular o‗z bilim va tajribalari asosida 
tibbiyotning muhim sohalariga oid asarlar yozardilar. Masalan, Abu Ali ibn Sino 
o‗zining mashhur «Tib qonunlari» kitobining dastlabki boblarini Urganchda 
yozgan, Abu Abdulloh Iloqiy, Umar Chag‗miniylar ham tibga oid o‗z kitoblarini 
Xorazmda yozganlar. Shunday qilib, o‗rta asrlarda Xorazm davlatida boshqa 
fanlar qatorida tib ilmi ham yuksak darajada rivojlandi va muhim yutuqlarga 
erishdi.
Beruniy yoshligidanoq mehnatsevar bo‘lib, ko‘p vaqtini turli kuzatishlar 
bilan o‘tkazar edi. U yoshlik chog‘larida astronomik asbob – devor kvadratini 
yasagan. U Xorazmning turli joylari koordinatalarini aniqlash bilan shug‘ullandi 



Download 377.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling