Tashkent Medical Academy Volume 3
Download 346.99 Kb. Pdf ko'rish
|
beruniyning-falsafiy-qarashlarida-olam-va-odam-muammosining-tahlil-etilishi
Tashkent Medical Academy
Volume 3 | TMA Conference | 2022 The significance of the scientific, cultural heritage of Abu Rayhon Beruni and its role in the development of science Abu Rayhon Beruniy ilmiy-madaniy merosining ahamiyati va uning fan taraqqiyotidagi o‘rni 63 December 16 https://tma.uz/ Republican Scientific and Practical Conference takomillashtirish, komil inson shaxsini shakllantirishda muhim ahamiyatga ega bo'ldi va hozirgacha o'z ahamiyatini saqlab kelmoqda. Abu Rayhon Beruniy O'rta asr Sharq uyg'onishi sharoitida haqiqiy ilmiy tabiatshunoslikka asos soldi, u tabiatshunoslikning turli sohalarida o'z davri uchun taajjubga soluvchi shunday ilmiy va faraziy fikrlarni olg'a surdiki, ular bir necha asrlardan so'ng Еvropa ilmida o'z isbotini topdi. Shuni alohida ta'kidlash kerakki, Beruniy asarlarida, uning tabiiy-ilmiy qarashlari bilan bog'liq chuqur ijtimoiy-ilmiy-falsafiy mulohazalar, umumlashmalar ham o'z ifodasini topgan. U Forobiy ilmiy-falsafiy ta'limotiga asoslanib Allohni hamma narsaning birinchi sababi, deb hisoblaydi. Uning tushunishicha ham xudo hamma narsaning yaratuvchisi ekanligi e'tirof qilinadi. Lekin Beruniy shu birinchi sababdan kelib chiqqan hamma narsaning rivojlanish va o'zgarish huquqini tabiatga beradi. Uning ta'limoticha, tabiatda hamma narsa tabiiy qonunlar asosida yaratiladi, tabiat o'zining tabiiy kuchiga ega bo'lib, shu kuch ta'sirida tabiatda to'xtovsiz harakat, o'zgarish, o'sish, rivojlanish, vujudga kelish, emirilish, halok bo'lish jarayonlari sodir bo'ladi. Bulardan shunday hulosaga kelish mumkinki Beruniy o'z ilmiy-falsafiy qarashlarida deizmga yaqin pozitsiyada turgan. U moddiy dunyoning adabiyligi haqida gapiradi.Beruniyning ijtimoiy-siyosiy qarashlari insonparvarlik g'oyalari bilan sug'orilgan. U insonni eng sharafli borliq sifatida tushuntiradi. Inson faqat o'zi uchun yashamasligi, insonlar bir-birlariga yordam berishlari kerakligini ta'kidlaydi. Uningcha, insonlar o'rtasidagi tafovut ko'proq tashqi jihatdan mavjud bo'lib, ular ichki tuzilishi va tashkil topishi jihatdan bir umumiylikka ega. U «Hindiston» asarida insonlarda tillarning turlicha ekanligi to'g'risida to'xtalar ekan: «Tillarning turlicha bo'lishiga sabab-odamlarning guruhlarga ajralib ketishi, bir-birlaridan uzoqda yashashlaridir»,-deydi Beruniy mamlakat ravnaqi, el-yurt farovonligini ilm-fan taraqqiyoti bilan uzviy bog'liq bo'ladi. U: «har bir olim o'z muhokamasida amaliyotga asoslanishi, o'z tadqiqotida aniq maqsadga ega bo'lishi, tinimsiz mehnat qilishi, hatolarni qidirib tuzatishi, ilmda haqiqat uchun har hil uydirma, yuzakichilikka qarshi kurash olib borishi zarur»,-deb yozgan edi. Beruniy mamlakatda halqlar do'st, inoq, ittifoq bo'lib yashashi uchun kurashib, insoniyatga qirg'in keltiruvchi urushlarni qattiq qoralaydi va kishilarni tinchlikka chaqiradi. Xulosa sifatida shuni ta'kidlash joizki, Abu Rayhon Beruniyning tabiiy-ilmiy merosi, aniq fanlar bo'yicha ko'targan muammolari o'z davrida olamning umumiy manzarasini yaratishda, ya'ni falsafiy dunyoqarash shakllanishida katta ahamiyatga ega bo'ldi. Beruniy o'z astronomik jadvalida olamning markazi Еr emas, balki quyoshdir, hamma planetalar, shu jumladan Еr ham quyosh atrofida aylanadi, degan geliosentrik gipotezani olg'a surdi. Beruniyning bu ilmiy xulosasi |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling