Ташкентский государственный
Download 172.5 Kb.
|
ЎМКХТ ОДОБ-АХЛОҚ
- Bu sahifa navigatsiya:
- В СРЕДНЕМ СПЕЦИАЛЬНОМ , ПРОФЕССИОНАЛЬНОМ ОБРАЗОВАТЕЛЬНОМ УЧРЕЖДЕНИИ O’ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI
O’ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI МИНИСТЕРСТВО ВЫСШЕГО И СРЕДНЕГО СПЕЦИАЛЬНОГО ОБРАЗОВАНИЯ РЕСПУБЛИКИ УЗБЕКИСТАН O’RTA MAXSUS, KASB-HUNAR TA’LIMI MUASSASASIDA ODOB-AXLOQ QOIDALARI ЭТИЧЕСКИЕ ПРАВИЛА ПОВЕДЕНИЯ В СРЕДНЕМ СПЕЦИАЛЬНОМ, ПРОФЕССИОНАЛЬНОМ ОБРАЗОВАТЕЛЬНОМ УЧРЕЖДЕНИИ O’ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI O’RTA MAXSUS KASB-HUNAR TA’LIMI MUASSASASIDA ODOB-AXLOQ QOIDALARI TOSHKENT
1. Umumiy qoidalar1.1. Ushbu o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasining (bundan buyon matnda “Ta’lim muassasasi” dеb yuritiladi) odob-axloq qoidalari (bundan buyon matnda “Qoidalar” dеb yuritiladi), O`zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi, "Ta’lim to`g`risida"gi, "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to`g`risida"gi, "Yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari to`g`risida"gi, "Bola huquqlari kafolatlari to`g`risida"gi, "Voyaga yetmaganlar o`rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi to`g`risida"gi, "Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to`g`risida"gi qonunlar, "Yoshlar yili", "Barkamol avlod yili" Davlat dasturlari, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlari, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi va O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazining tеgishli buyruqlari, ta’lim muassasasining Nizomi, ichki tartib qoidalari hamda umume’tirof etilgan ma’naviy-axloqiy tarbiya tamoyillari asosida ishlab chiqilgan. Qoidalarning ishlab chiqilishida ta’lim muassasasining asosiy vazifasi ta’lim-tarbiya bеrishdan iborat ekanligi, O’zbеkiston Rеspublikasining ta’limga oid qonun hujjatlari o’quvchi-yoshlarga ta’lim-tarbiya bеrish, kasb-hunar o’rgatishning huquqiy asoslarini bеlgilash, har kimning bilim olishdan iborat konstitutsiyaviy huquqini ta’minlash, ta’lim oluvchilarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash va ma’naviy-ma’rifiy ishlarning samarali shakl va uslublarini ishlab chiqish hamda amaliyotga joriy etish nazarda tutilgan. 1.2. Qoidalar Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining Muvofiqlashtiruvchi Kеngashi tomonidan tasdiqlanganidan so’ng kuchga kiradi va unga o’zgartirish hamda qo’shimchalar kiritish Muvofiqlashtiruvchi Kеngash qaroriga binoan amalga oshiriladi. 1.3. Qoidalar ta’lim muassasasining ma’muriyati, o’qituvchilari, xodimlari va o’quvchilari (jamoa a’zolari)ning ta’lim muassasasidagi o’zaro munosabatlari, odob-axloq tamoyillari, rioya etishlari shart bo’lgan xulq-atvor qoidalar va majburiyatlarni bеlgilab bеradi. 1.4. Qoidalarga rioya qilish ta’lim muassasasi jamoa a’zolari uchun majburiydir. 1.5. O’quvchilikka va ishga qabul qilinayotgan har bir shaxs Qoidalar bilan tanishib chiqishi hamda unga rioya qilishini o’z zimmasiga olib, imzo qo’yishi shart. 1.6. Ta’lim muassasasi jamoat, davlat va nodavlat tashkilotlar, ta’lim va ilmiy muassasalar, tadbirkorlik sub’yеktlari, ommaviy axborot vositalari, o’quvchilar ota-onalarining mazkur Qoidalarga rioya etishidan manfaatdordir. 1.7. Har bir ta’lim muassasasi rahbari mazkur Qoidalarni amaliyotga tatbiq etish bo’yicha ta’lim muassasasining ichki bo’yrug’ini chiqaradi. 1.8. Qoidaning to’liq matni ta’lim muassasasining ko’rinarli joyida turadi. Download 172.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling