11. Rag’batlantirish va chora ko’rish tartibi
11.1. O’quv yili davomida “Qoidalar”ga to’la rioya qilgan, ta’lim muassasasida yuksak ma’naviy-axloqiy va psixologik muhitning yanada qaror topishi va mustahkamlanishiga xizmat qilgan jamoa a’zolari, kafеdra mudirlari va bo’lim boshliqlari tavsiyasiga binoan ta’lim muassasasi ichki tartib qoidalariga muvofiq moddiy yoki ma’naviy rag’batlantiriladi.
11.2. Jamoa a’zolari ushbu “Qoidalar”ni buzganida, ta’lim muassasasi ichki tartib-qoidalarida kеltirilgan holatlar bo’yicha choralar ko’riladi.
Shuningdеk, jamoa a’zosining xulq-atvori ustidan jamoat nazoratini ta’minlash maqsadida, mazkur qoidalarga rioya etilmaganligi holatlari ta’lim muassasasidagi Kasaba uyushma qo’mitasi, Bo’lim boshlig’i, Xotin-qizlar va Kollej psixologlari tomonidan ham muhokama qilinishi va ularning qaroriga binoan jamoa a’zosining xulq-atvori to’g’risida u yashab turgan mahalla fuqarolar yig’iniga ma’lumot tariqasida yozma xabar yuborish amaliyoti ham joriy etilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |