Tashkil etish va boshqarish
Download 0.71 Mb. Pdf ko'rish
|
ARrTIqR5cXXlvCkEKJzAiz2KBYrHolp7
Panellar va menyu
Microsoft Access dasturida ishlash asoslari 1. Microsoft Accessni ishga tushirish. Eng ishonchli usul “Pusk”
menyusi orqali amalga oshirish (1- rasm). Agarda, kopmyuter kerakli tartibda sozlangan bo’lsa, buni ish stolida turgan yorliq orqali ham amalga oshirish mumkin. 1- rasm. MS Access bosh menyu orqali ishga tushirish 2. Ochilgan muloqot oynasida yangi baza yaratish uchun “Sozdat novuyu bazu dannix” (2- rasm) bandini tanlang. Agarda bunday muloqot taklif etilmasa, menyuda "Fayl > Sozdat" buyrug’ini tanlib oching
2- rasm. Yangi ma’lumotlar bazasini yaratish Yangi yaratilayotgan ma’lumotlar bazasiga nom berish taklif etiladi (fayl nomi va joylashish joyini ko’rsating, masalan, D:\ACCESS\telephone). MS Accessda yangi baza yaratilayotganda nom berish kerakligiga e’tibor bering, odatda boshqa ilovalarda barcha ishlar bajarib bo’lingan va natijani saqlash jarayonidagina (masalan, MS Word yoki Excel ilovalarida) faylni nomlash taklif etiladi. Accessda bu jarayon ma’lumotlar yaxlitligini ta’minlash ma’nosida dastavval amalga oshiriladi. Ma’lumotlar bazasiga kiritilayotgan barcha o’zgarishlar uning faylida ham darhol o’z aksini topadi, shuning uchun dastur boshlanishidayoq uning nomini bilib olishi zarur. Shunday yo’l bilan kutilmagan uzilib qolishlarda ma’lumotlarni yo’qotish riski minimallashtiriladi. 3. "Baza dannix" (3- rasm) ma’lumotlar bazasi oynasi ochiladi. Bu oyna Microsoft Accessni boshqarishning boshlang’ich elementi hisoblanadi.
3- rasm. "Baza dannix" ma’lumotlar bazasi oynasi Ma’lumotlar bazasi oynasining chap tomoni Accessning barcha turdagi ob’ektlarini ishga tushirishni boshqarish elementlari joylashgan (jadvallar, so’rovlar, shakllar va boshqalar). O’ng tomonida – yangi ob’ektlar yaratishni boshqarish elementlari joylashgan, yaratilgan ob’ektlar ham shu erga qo’shib boriladi. Oyna ob’ektlar bilan asosiy jarayonlarni olib borish uchun vositalar paneliga ham ega (ochish, tahrirlash, o’chirish va shu kabilar). Download 0.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling