Tashkil etish va boshqarish
Oddiy so’rovlarni amalga oshirish
Download 0.71 Mb. Pdf ko'rish
|
ARrTIqR5cXXlvCkEKJzAiz2KBYrHolp7
Oddiy so’rovlarni amalga oshirish
17. Ma’lumotlar bazasidagi telefon raqamlari ma’lumotnomalari bilan ishlashda har doim ham barcha axborotlardan foydalanish talab etilmaydi, deb faraz qilaylik. Xususan, “TELEFONLAR” jadvalidan uch “Ismi-sharifi”, “Raqami” va “Toifasi” maydonini ko’rsatilishi jadval bilan ishlashda qulay variant hisoblanadi. Foydalanuvchiga bunday jadval bilan ishlash imkoniyati so’rovlar yordamida taqdim etilishini ko’rib chiqamiz. "Baza dannix" ma’lumot bazasini oching va ob’ektlar tahlamasida so’rovlar ("Zaprosi") ga o’ting. So’rovlarni konstruktor (“Konstruktor zaprosov”) yordamida yaratish tartibini tanlang, natijada yangi jadval qo’shish taklif etiladi va namunaviy shakl bo’yicha ochish taklifi beriladi (9- rasmga qarang).
9- rasm. So’rovlar namunaviy shakli So’rovlar namunaviy shakli ikki qismdan tashkil topgan bo’lib, uning yuqori qismida so’rovlar asoslanadigan jadval maydonlari ro’yxati joylashadi, pastki qismida so’rovlar tarkibini, ya’ni so’rovlar natijasida olinadigan ma’lumotlarni o’z ichiga olgan natijaviy jadval tuzilishini aniqlab beradigan jadval joylashgan bo’ladi. Maydon
("Pole") satri, odatda, namunaviy shakl yuqori qismida joylashgan jadval maydon nomlarini sichqoncha yordamida siljitish orqali to’ldiriladi, boshqa maydonlar avtomat yoki ro’yxatdan zarur qiymatlarni tanlash bilan to’ldiriladi. Yuqoridagi usul bilan “Ismi-sharifi”, “Raqami” va “Toifasi” maydonini shakllantirilayotgan jadvalga o’tkazing va “Toifalar kodi” maydoni uchun saralash ( "Sortirovka" ) parametrini ko’rsating. Bu aks ettirilayotgan yozuvlarni toifalar bo’yicha guruhlashtirishni ta’minlab beradi. Tarkib toptirilgan so’rovlarni saqlab qo’ying (masalan, "Manzillarsiz telefon") va so’rovlar namunaviy shaklini yoping. So’rov natijalarini ko’rish uchun ma’lumotlar bazasi ("Baza dannix") oynasida mos yozuvlarda sichqoncha tugmasini ikki marta bosish bilan amalga oshiriladi. 18.
Endi, barcha telefon raqamlari ro’yxatidan faqat hamkasblar telefon raqamlarini ko’rsatuvchi sqrovlarni tuzamiz. So’rovlarni yaratish konstruktor tartibini ishga tushiring va 10- rasmda keltirilgan misolga mos so’rovlar namunaviy shaklini to’ldiring:
10- rasm. “Hamkasblar telefoni” so’rovini tuzish Oldingi jadvalda bo’lgani kabi, shaklga “Ismi-sharifi”, “Raqami” va “Toifasi” maydonlarini kiritish lozim. Biroq, “Toifalar kodi” maydoni xususiyatlarini sozlash endi o’zgacha bo’ladi. Birinchidan, saralash shartini qo’shing (bu erda "Hamkasblar” toifa kodiga–"XK"), ikkinchidan, "Vivod na ekran"
dagi buyrug’idan belgini olib tashlang. So’rovni “Hamkasblar telefoni” nomi bilan saqlab qo’ying, so’rovlar namunaviy shaklini yoping va so’rov natijalarini ko’rib chiqing. So’rovlar yaratish konstruktor tartibiga qayting va “Toifalan kodi” maydoni uchun "Vivod na ekran" dagi belgini qayta o’rnatishga harakat qilib ko’ring, so’rov natijalarini o’zgarishiga e’tibor bering. Yuqorida ko’rib chiqilgan so’rov parametrlarga ozgina o’zgartirish kiritish bilan ixtiyoriy toifadagi telefon raqamlarini ko’rib chiqish mumkin. "Uslovie otbora" maydonida "XK" qiymati o’rniga (aynan ortiqcha belgilarsiz): [Toifa kodini kiriting]. So’rovni ishga tushiring va tahlil qiling.
Download 0.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling