Tashkil etisiini takomillashtirish muammolari


Download 57.41 Kb.
bet7/13
Sana17.02.2023
Hajmi57.41 Kb.
#1208983
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
Bog'liq
Мехнат иктисодиёти М Т Mamedov Sherzodbek














AHOLI FARVONLIGINI OSHIRISHDA AHOLI


TURMUSH DARAJASI VA DAROMADLAQ HAMDA
ULARNI DAVLAT TOMONIDAN TARIBGA SOLISH

MUAMMOLARI


Aholining farovonlik darajasini ifodalash uchun "turmush darajasi", "xalq farovonligi", "turmush faoliyati xavfsizligi", "turmush tarzi", "mehnat faoliyati sifati", "turmush sifati" kabi turli xil tushunchalar qo'llaniladi. Ba'zan turli atamalar bir mazmunni anglatsa, boshqa hollarda ular o'rtasidagi farq muayyan xaraktcr kasb etadi, mazmuni sezilarli darajada farq qiladi. Shu bilan birga, mazkur tushunchalaming o'zaro bog'liqligini qayd etish lozim.
O'zbekistonda aholining moddiy, ma'naviy, ijtimoiy ehtiyojlari qondirilish darajasini ifodalaydigan "turmush darajasi" atamasi kengroq qo'llaniladi. Bunday tavsif ko'proq turmush darajasi statistikasini xarakterlaydi. Shu bilan birga turmush darajasi - ko'plab omillar yig'indisi ta'sirida bo'lgan o'zgaruvchan jarayondir. Turmush darajasi muntazam o'zgarib turadigan turli ne'matlarga bo'lgan ehtiyojlarning tarkibi va darajasi bilan, boshqa tomondan, ehtiyojni qondirish imkoniyatlari, tovarlar va xizmatlar bozoridagi holat, aholi daromadlari, mehnatkashlaming ish haqi bilan belgilanadi. Ammo ish haqi miqdori ham, turmush darajasi ham ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatish sohalari samaradorligining ko'lami, ilmiy-texnik taraqqiyot darajasi, aholining madaniy-ma'rifiy saviyasi va tarkibi, milliy xususiyatlar, siyosiy hokimiyatga bog'liq.
70-80-yillarda "turmush tarzi" tushunchasi keng qo'llanilgan. Bunda hayot faoliyatining sifat ko'rsatkichlari "turmush tarzi” miqdor ko'rsatkichlari esa "turmush darajasi” bilan ifodalangan. Shuningdek, aholining turmush darajasini xarakterlovchi boshqa atamalar va tushunchalar mavjud. Turmush darajasining eng mufassal talqini quyidagicha: turmush darajasi - bu jismoniy, ma'naviy va ijtimoiy ehtiyojlarning rivojlanish darajasi, qondirilganlik miqyosi va ulami qoniqtirish uchun yaratilgan imkoniyatlarni aks ettiruvchi kompleks ijtimoiy—iqtisodiy kategoriyadir. Bunday talqin turmush darajasining sifat va miqdor ko'rsatkichlarini yanada to'liqroq ifodalashga imkon yaratadi.

MEHNATGA BO LGAN MUNOSABAT VA MEHNAT NATIJALARIDAN QONIQISH MUAMMOLARI


Mehnat faoliyati jarayonida odamlar ijtimoiy munosabatlarga kirishib, bir-birlari bilan o'zaro hamkorlik qiladilar. Eng muhim munosabatlar insonning insonga, insonning mehnatga bo'lgan munosabatlari bo'lib, ular mehnat xususiyatining asosiy belgilari hisoblanadi. Agar insonning ishlab chiqarish vositalari bilan o'zaro harakatga kirishuvi unda kasb qobiliyatlari va ko'nikmalarini shakllantirsa, mehnatga va bir-birlariga bo'lgan munosabat esa muayyan ijtimoiy xislatlarni vujudga keltiradi. Kasbiy mahorat va ko'nikmalari xodimlarning jismoniy imkoniyatlari bilan birgalikda ishlab chiqarishning asosiy harakatlantiruvchi kuchini hosil qiladi. Biroq mehnat faoliyatining natijasi faqat kasb mahorati va jismoniy imkoniyatlarning rivojlanish darajasiga emas, balki insonning mehnatga bo'lgan munosabatiga ham bog'liqdir. Bu munosabat ijobiy va salbiy bo'lishi mumkin. U ishlab chiqarish munosabatlari tizimiga katta ta'sir o'tkazishi mumkin. Uning mohiyati xodimning zaruriy ehtiyojlari va shakllangan manfaatdorligi ta'sirida uning mehnat qilish imkoniyatlarini ro'yobga chiqarishdan iboratdir.
Mehnatga munosabat insonning o'z jismoniy va ma'naviy kuchlarini eng ko'p darajada namoyon qilishga, o'z bilim va tajribasi, qobiliyatidan muayyan miqdoriy va sifat natijalariga erishish uchun foydalanishga intilishini ifodalaydi. Bu munosabat mehnat muomalasida, uning sabablarini asoslash va baho berishda namoyon bo'ladi.
Mehnatga munosabat - murakkab ijtimoiy hodisa bo'lib, uch element birligi: mehnat muomalasi sabablari va yo'nalishlari; real yoki haqiqiy mehnat muomalasi; xodimlarning mehnat faoliyatiga og'zaki baho berishidan iboratdir.
Birinchi (sabab) element xodim mehnat faoliyatida asoslanadigan (amal qiladigan) mehnat sabablari va yo'lyo'riqlari bilan bog'liqdir. Ular mehnat muomalasining undovchilari, mehnat xatti-harakatlari va amallarini, birgalikda esa sabablar o'zagini hosil qiladi.

ISLOHATLARNI CHUQURLASHTIRISH SHAROITIDA



Download 57.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling