Tashkil qiluvchi quruq qorishma mahsulotlar. Quruq qurilish qorishmalarini ishlab chiqarishda


Quruq qurilish qorishmalarini ishlab chiqarishda qo’llaniluvchi xom


Download 107.84 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/7
Sana16.06.2023
Hajmi107.84 Kb.
#1518803
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
3-маъруза 21

Quruq qurilish qorishmalarini ishlab chiqarishda qo’llaniluvchi xom 
ashyo materiallar, ishlab chiqarish texnologiyasi haqida 
Bog’lovchi moddalar deb-ma’lum stadiyada tarkib tashkil etuvchi 
elementlarini qorishtirilganda plastik-yelimsimon massa hosil qiladi, qaysikim 
unga aralashtirilgan sochiluvchan mineral kukun, qum, shag’altosh, chaqiqtosh 
kabi to’ldirgichlarni ilashtirib, ma’lum muddatda qotuvchi va suv yoki agressiv 
muhitga chidamli suniy tosh materialga aytiladi. Bog’lovchi moddalar kimiyoviy 
tarkibiga ko’ra ikki guruhga bo’linadi: 
Anorganik 
(mineral) 
bog’lovchi 
moddalar 
(gips, 
havo 
ohagi, 
portlandsement va boshqalar); 
Organik asosli bog’lovchi moddalar (bitum, qatron, polimerlar); 
Suvoq qorishmalarini tayyorlash uchun arorganik (mineral) bog’lovchi 
moddalardan portlandsement, shlakliportlandsement va boshqa sulfatga chidamli 
sementlardan foydalaniladi, bunda sementning mustahkamligi suvoq tosh 
mustahkamligidan 3...4 marotiba mustahkamroq bo’ladi. Havo ohagi xamirsimon 
yoki ohak suvi sifatida, ayrim hollardagina, yachilgan ohak kukuni sifatida 
ishlatiladi. Shuningdek, qurilish qorishmalarini tayyorlashda gips asosli bog’lovchi 
moddalardan ham keng foydalaniladi, bunda qorishma mustahkamligi sementda 
tayyorlangan qorishma mustahkamliga nisbaton yaqinroq bo’ladi. 
Portlandsement yoki unga turdosh sementlardan M25 va undan yuqori 
markali qurilish qorishmalarini tayyorlashda foydalaniladi. Ohakli bog’lovchi 
moddalardan M10 va undan pastroq qurilish qorishmalarini tayyorlashda 
foydalaniladi. Qurilish qorishmasining tosh sifatida mustahkamligi qanaqa 
bo’lishidan qatiy nazar, bino ichida havoning namlik darajasi 60% dan yuqori 
bo’lgan xonalar uchun sement asoli bog’lovchilardan foydalanish tavsiya etiladi. 
 
GIPS, 
GIPS 
ASOSLI 
BOG’LOVChI MODDALAR, TARKIBI, 
XUSUSIYaTLARI, QO’LLALINILIShI 
Gips asoli bog’lovchi moddalar GOST 125-09 normativ-me’yoriy 
talablariga muofiq ishlab chiqariladi. 
Gips asosli bog’lovchi moddalar ishlab chiqarish uchun xom ashyo 
material sifatida tabiiy gips toshi minerali ishlatiladi. Bu mineral tog’ jinsi 
bo’lib, kalsiy sulfat tuzining ikki molekula suvli birikmasi shaklida 
uchraydi: - CaSO4*2H
2
O-tabiiy gips toshi. Toza tabiiy gips toshi 
tarkibidagi kimyoviy birikmalar guruhi quyidagi 1-jadvalda keltirilgan: 
1-jadval 
Birikmaning nomlanishi Massaga nisbatan % hisobida 
SaO (kalsiy oksidi) 
32.6 
SO
3
(sulfat oksidi) 46.5 
H
2
O (suv) 20.9 
Tabiiy gips toshining fizik ko’rsatkichlari 2-jadvalda keltirilgan: 


2-jadval 
Fizik ko’rsatkichning nomlanishi 
miqdori 
Zichligi, kg/m3 2200...2400 
Uyurma zichligi, kg/m3 1300...1600 
Namligi, % 3...5 
Moos shkalasidagi qattiqligi 2 
Suvda eruvchanligi, CaSO4 eritmasi sifatida, g/l; quyidagi haroratlarda: 
t=18
o

t=40
o

t=100
o

0.2 
0.21 
0.17 
Harorat o’tkazuvchanligi(16..46 oC intervalda) Vt/(m*K) 
0.43 
Xom ashyo navini tarkibdagi CaSO4*2H2O miqdorga nisbatan % da 
belgilash: 
I nav 
II nav 
III nav 
IV nav 
kamida: 
95 
90 
80 
70 
Tabiiy gips toshini yuqori harorat ostida ishlov berilganda (107 
o
C dan 
boshlab), undagi kimiyoviy bog’langan suv bug’lanib chiqa boshlaydi va 
oqibatda yarim molekula suvli formaga o’tadi (CaSO4*0.5H2O). Yarim 
suvli gips toshini tegirmonda tortib maydalab undan gips bog’lovchi 
moddasi olinadi va bu usulda olinuvchi gips bog’lovchisiga β-modifikasiya 
rusumi beriladi. 
Gips bog’lovchi moddasining α modifikasiyali navini ishlab chiqarish 
uchun, tabiiy gips toshini avtoklav deb nomlanuvchi, germetik yopiq 
idishda to’yingan yuqori bosimli suv bug’i bilan ishlov berilganda olinadi. 
Bunda harorat t=115oC dan oshganda kimyoviy bog’lpangan suv tomchi 
sifatida toshdan ajralib, yarim molekula suvli formaga o’tadi. 

Download 107.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling