Tashkilotlarining faoliyati boshqa xo’jalik yurituvchi


Sug’urtalovchilar faoliyatini tartibga solishning xorij tajribasi


Download 45.58 Kb.
bet2/3
Sana23.12.2022
Hajmi45.58 Kb.
#1046255
1   2   3
Bog'liq
sug\'urta

1.3 . Sug’urtalovchilar faoliyatini tartibga solishning xorij tajribasi

Xorijiy mamlakatlar tajribasining ko’rsatishicha, iqtisodiy jihatdan


rivojlangan mamlakatlarning barchasida sug’urta bozori davlatning vakolatli
idoralari tomonidan tartibga solib boriladi. Masalan, Buyuk Britaniyada sug’urta
ishini Savdo va sanoat departamenti, Yaponiyada Moliya vazirligining sug’urta
bulimi, AQShda esa maxsus sug’urta komissariatlari nazorat qilib boradi.
Davlat, bunday nazorat ishini olib borar ekan, avvalo, mamlakatning sug’urta
sohasiga taalluqli qonunlariga hamda boshqa me’yoriy hujjatlariga asoslanadi.
Sug’urta va qayta sug’urtalash kompaniyalari, sug’urtaga ixtisoslashgan
vositachilar davlat sug’urta nazoratining ob’ektlari hisoblanadi.

Biz mamlakatimizda sug’urta bozorini davlat tomonidan tartibga


solishni tashkil etish va uni takomillashtirish yo’llari haqida o’ylar ekanmiz,
yaqin qo’shni mamlakatlar, xususan, Rossiya Federatsiyasida bu sohada olib
borilayotgan ishlar haqida biroz to’xtasak, foydadan xoli bo’lmaydi.

Bugungi kunda, Rossiya Federatsiyasida 1500 dan ortiq sug’urta tashkiloti


faoliyat ko’rsatmoqda va ularning aksariyati sug’urta faoliyatini nazorat qiluvchi
Federal xizmatning litsenziyalariga ega. Sug’urta faoliyatini nazorat qiluvchi bu
tashkilot 1992 yilda tashkil etilgan bo’lib, u Rossiya sug’urta bozorini tartibga
keltirish bo’yicha etarli tajribaga ega bo’ldi, o’nlab me’yoriy hujjatlar ishlab
chiqdi. Ulardan eng muhimlari “Rossiya xududida faoliyat ko’rsatuvchi sug’urta
26

tashkilotlariga litsenziyalar berish tartibi”, “Sug’urta zahiralarini joylashtirish


tartibi” va hokazolardir. Mazkur tashkilot o’zini qattiqqo’lligi va boshqa
harakatlari tufayli Rossiya ijtimoiy-iqtisodiy hayotida katta nufuzga egadir. Eng
asosiysi, sug’urta nazorati xizmati har yili Rossiya hududida faoliyat
ko’rsatayotgan sug’urta kompaniyalarining etarli darajada kuchlilarini reyting
asosida aniqlab, keng xalq ommasiga ma’lum qilib boradi.
Xorij amaliyotida sug’urta turlarini tartiblashtirilgan tizimi mavjud bo’lib,
ular hozirgi vaqtda Evropa Ittifoqi davlatlarida sug’urtaning yagona
klassifikatsiyasi sifatida ishlab chiqilgan va hayotga joriy etilgan (1-jadvalga
qarang).
1-jadvalda keltirib o’tilgan ma’lumotlarga e’tiborni qaratadigan bo’lsak,
Yevropa Ittifoqi davlatlarida sug’urtaning yagona klassifikatsiyasi ishlab
chiqilgan bo’lib, ular ikkita tarmoqqa ajratilgan. Ya’ni, umumiy sug’urta tarmog’i
bo’yicha 13 ta, hayot sug’urta tarmog’i bo’yicha 7 ta sug’urta turlari guruhlarga
ajartilgan. Mana shu sug’urta guruhlari bo’yicha, sug’urta kompaniyalari
sug’urtalovchilar sug’urta foaliyatlarini amalga oshiradilar.
Shunisi diqqatga sazovarki, Frantsiyada uzoq yillar davomida sug’urta
kompaniyalari faoliyatini nazorat qiluvchi davlat organi tashkil etilmagan.
Sug’urta kompaniyalari faoliyatini nazorat funktsiyani Iqtisodiyot va Moliya
vazirligining departamentlaridan biri bajargan. Faqat, 1989 yilga kelib, alohida
sug’urtani nazorat qilish bo’yicha komissiya tashkil etildi. Ushbu komissiyaning
asosiy vazifasi quyidagilardan iboratdir:

- buxgalteriya operatsiyalarini tekshirish;


- texnik zahiralarni nazorat qilish;


- to’lov qobiliyatini tahlil etish;


- investitsiyalarni nazorat qilish.





Download 45.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling