Abad
|
(arab. — soʻnggi yoʻq, mangulik) — 1) doimiy, yaʼni biror bir harakatning uzluksiz davom etishi. Abaddan „abadiy“, „abadiylik“, „abadiyat“, „abado“ kabi soʻz atamalar yasalgan. Ular „nihoyasi yoʻq“, „cheksiz“, „cheksizlik“, „zavolsiz“ kabi falsafiy, ilmiy tushuncha va maʼnolarni ifodalaydi
|
навсегда
|
forever
|
Absurd
|
(lotincha: ab — „tashqari“ va surdus — „gung“) deb jiddiy qaralmaydigan, mantiqsiz, asossiz yoki aqlsiz bir narsa yoki holatga aytiladi.
|
абсурдный
|
absurd
|
Ateizm
|
xudoning mavjudligiga ishonchning yoʻqligidir. Shuningdek, teizmni inkor etuvchi har qanday dunyoqarashga ham ateizm deyiladi, lekin bu nooʻrin, zero bunday dunyoqarash nonteizm deb atalib, ateizmdan farqlanishi mumkin. Barcha ateistlar dinsizdir, degan fikr ham mutlaq toʻgʻri emas, baʼzi dinlar (buddizm kabi) „xudo“ tushunchasiga muhtoj emas, demakki shunday dinlarga mansub shaxslar ham ateist, deyilishi mumkin.
|
атеизм
|
atheism
|
Bilish nazariyasi
|
(gnoseologiya, epistemologiya)— falsafa boʻlimidan biri boʻlib, u bilish qonuniyatlari va imkoniyatlari, bilimning obyektiv reallikka munosabatini oʻrganadi, bilish jarayonining bosqichlari va shakllarini, bilishning ishonchliligi va haqqoniyligi shartlari va mezonlarini tadqiq qiladi.
|
Теория познания
|
Theory of knowledge
|
Volyuntarizm
|
(lotincha: voluntas — iroda) — 1) irodani borliqning eng oliy koʻrinishi, tamoyili deb qarovchi falsafiy oqim. V. taʼlimotida insonning irodasi birinchi oʻringa qoʻyiladi. Qad. davr falsafasidagi aql-idrok, ratsionalizmdan farqli oʻrta asr falsafasida, mas., A. Avgustin taʼlimotida iroda birinchi oʻringa chiqdi.
|
волюнтаризм
|
voluntarism
|
Gipoteza
|
(qadimgi yunoncha: hypothesis — asos, taxmin) — hodisalarning qonuniy (sababli) bogʻlanishi toʻgʻrisidagi taxminan mulohaza, faraz. Gipoteza ilmiy bilishni rivojlantirish uchun asos boʻladi.
|
Гипотеза
|
Hypothesis
|
Daosizm
|
1) qad. xitoy falsafasidagi yoʻnalishlardan biri; dao haqidagi taʼlimot. Miloddan avvalgi 6—5-asrlarda vujudga kelgan. Asoschisi Lao-szi hisoblanadi, uning gʻoyalari „Dao de szin“ kitobida bayon etilgan.
|
даосизм
|
Taoism
|
Diversiya
|
(lotincha: diversio — diqqatni tortish, chalgʻitish) — biron mamlakatning harbiy-davlat ahamiyatiga ega obyektlarini buzishi, portlatish, vayron qilish maqsadida chet el agentlari yoki dushman tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladigan qoʻporuvchilik harakati.
|
диверсия
|
diversion
|
Ideallashtirish
|
(yun. ideya soʻzi-dan) — 1) badiiy ijodda biror narsa hodisa, voqea va shaxsni aslidagidan koʻra mukammalroq tasavvur qilish, tasvirlash.
|
идеализация
|
idealization
|
Immanent falsafa
|
19-asr oxiri — 20-asr boshida vujudga kelgan ne-mis falsafasidagi oqim. Bilib olinadigan reallik ong doirasidagina boʻlishi mumkin, yaʼni ongga xosdir deb hisoblaydi.
|
имманентная философия
|
immanent philosophy
|
Induksiya
|
ma’lum miqdorda yakka holdagi fakt, hodisa va jarayonlarni kuzatish orqali, shu kuzatishlarga tayangan holda ishlab chiqarilgan umumiy xulosa chiqarish.
|
индукция
|
induction
|
Sensualizm
|
(lot. sensus — sezgi, his) — bilish nazariyasida sezgilarni bilishning asosiy manbai deb eʼtirof etuvchi yoʻnalish. Bilishning mohiyatini sezgi organlarining faoliyatiga bogʻlab tushuntiradi.
|
чувственность
|
sensualism
|
Sillogizm
|
(yun. syllogismos — hisobga olaman, xulosa chikaraman) — deduktiv xulosa chikarish turi. Unda oʻzaro mantiqiy bogʻlangan ikki qatʼiy mulohazadan uchinchi — yangi qatʼiy mulohaza xrsil boʻladi.
|
силлогизм
|
syllogism
|
Sotsiologiya
|
(lot. socius - jamiyat, yun. bilim, taʼlim, tushuncha) — bir butun tizim hisoblangan jamiyat haqidagi va ayrim ijtimoiy tartibotlar, jarayonlar, ijtimoiy guruhlar, shaxs va jamiyat munosabatlari toʻgʻrisidagi fan.
|
социология
|
sociology
|
Substansiya
|
(lot. substantia — mohiyat) falsafada xilmaxil olamning, obyektiv reallikning, tabiat, jamiyat, inson va uning tafakkuri tarixini, inson bilimlarining natijalarini ham oʻziga qamrab oluvchi konkretlikning nazariy inʼikosi, bilish nazariyasining asosiy tushunchasi sifatida talqin etiladi.
|
вещество
|
substance
|
Sxolastika
|
(yunoncha: scholastikos — maktabga, olimga oid) — diniy dunyoqarashni nazariy asoslashga intiluvchi diniy falsafa. Oʻrta asrlarda Gʻarbiy Yevropada taraqqiy etgan. U ilohiyotaqida asoslarini ratsionalistik metodika va formal mantiq masalalari ("masala talashish") bilan bogʻlaydi.
|
схоластика
|
scholasticism
|
Tavtologiya
|
(yun. tautologia — aynan oʻsha soʻz) — 1) bir fikrni, mazmunni boshqa soʻz yoki soʻzlar (soʻz birikmasi, ran) bilan takroran ortiqcha ishlatish, soʻzni ortiqcha takrorlash. Masalan, chin haqiqat, gap gapirmoq, butunlay va toʻlaligicha kabi.
|
тавтология
|
tautology
|
Falsafa teoriyasi
|
falsafaning fanning talablari, usullari va maqsadlari hamda uning bilimlarni oʻzlashtirish shakli bilan shugʻullanuvchi boʻlimidir.
|
теория философии
|
theory of philosophy
|
Evolutsiya
|
(lotincha: evolution — „avj olish“) atamasi ostida organizmlar guruhi ichidagi irsiy belgilardagi farqlar kelib chiqishi tushuniladi. Bu belgilar nasl qoldirish oqibatida ajdodlardan avlodlarga koʻchirulivchi genlar ifodalanishidir.
|
эволюция
|
evolution
|
Hayot falsafasi
|
(nemischa: Lebensphilosophie) — hayotning mazmuni, maqsadi, qadr-qimmati haqidagi muammolarni tadqiq va talqin etuvchi falsafiy oqim. 19-asr oxiri — 20-asr boshlarida Germaniya va Fransiyada paydo boʻlgan. Hayot falsafasining ibtidosida A.Shopengauer turadi, asoschisi esa F.Nitsshe hisoblanadi.
|
Философия жизни
|
Philosophy of life
|
Imperativ
|
(lotincha: imperativus — buyu-ruvchi) — talab, buyruq, qonun. Nemis faylasufi Kant "Amaliy aklni tanqid" (1788) asarida I.ni etika tushunchasiga kiritgan.
|
императив
|
imperative
|
Esxatologiya
|
olam va insoniyatning soʻnggi taqdiri, oxirat haqidagi diniy taʼlimot. Dunyoning paydo boʻlishi va halokati, tabiatdagi kuchlarning yashirin kurashi haqidagi qadimiy tasavvurlardan kelib chiqqan.
|
эсхатология
|
eschatology
|
Ekspansiya
|
(lotincha — kengaytirish, yoyish) — yangi hududlarni, boshqa mamlakatlardagi bozorlarni egallash, taʼsir doirasini kengaytirish yoʻlidagi harakat. Ekspansiyaning hududiy, iqtisodiy, siyosiy ko'rinishlari boʻladi
|
расширение
|
expansion
|
Formalizm
|
(lot. sormalis — forma, shaklga oid) — inson faoliyatining turli sohalarida shakl (forma)ni mazmunga nisbatan ustun qoʻyish. Urfodat, axloq qoidalarini, hatto hayotiy vaziyat ularni ahamiyatsiz qilib qoʻyganda ham, soʻzsiz bajarishda, kishi koʻziga qonunni hurmat qilayotgandek boʻlib, aslida unga koʻpda rioya qilmaslikda koʻrinadi.
|
формализм
|
formalism
|
Cheksizlik
|
narsa va hodisalarning qaramaqarshi tomonlarini ifodalovchi tushunchalar. Cheklilik — fazo va vaqtda oʻz ibtidosi va intihosi boʻlgan aniq, chegarali obyektlar (narsa, jarayon, hodisa, holat, xususiyat va shahrik.)ni anglatadi. Cheklilik chegarasi obyekt intihosini boshqa obyektdan ajratib turadi va ularni birbiriga bogʻlaydi.
|
бесконечность
|
infinity
|