Tashqi aloqalar huquqi : tarix va zamonaviylik. Mavzuning asosiy masalalari
Davlatlarning tashqi aloqa organlari tizimi hamda diplomatik immunitet va imtiyozlari
Download 27.36 Kb.
|
Tashqi aloqalar huquqi
2.Davlatlarning tashqi aloqa organlari tizimi hamda diplomatik immunitet va imtiyozlari.
Diplomatik huquq xalqaro huquqning uzoq vaqt davomida yagona subyekti bo‘lib kelgan davlatlarning o‘zaro amaliyoti natijasida shakllangan va rivojlangan. Qadimda bo‘lgani kabi hozirda ham davlatlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar bir davlat tomonidan ikkinchi biriga yuboriladigan tashqi aloqalar organlari tomonidan amalga oshiriladi. Tashqi aloqalarning bunday organlari qatoriga davlatlarning o‘zaro kelishuvi asosida tashkil qilinadigan doimiy diplomatik vakolatxonalar va bir davlat tomonidan ikkinchi bir davlatga yuboriladigan maxsus (vaqtincha, ad hoc) missiyalar kiradi. Diplomatik vakolatxona va maxsus missiyalarga tegishli normalar majmui 1961- va 1969-yillarda qabul qilingan Vena konvensiyalarida mujassamlashgan. Masalan, O‘zbekiston Respublikasida tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligini ko‘rsatish mumkin, boshqa vazirlik va muassasalar davlatning tashqi aloqalarini o‘z vakolatlari doirasida ro‘yobga chiqarishda ishtirok etadilar. Tashqi aloqa idoralarining xorijdagisiga: diplomatik vakolatxonalar (elchixonalar va missiyalar), konsullik vakolatxonalari, va xalqaro tashkilotlar qoshidagi doimiy vakolatxonalar kiradi. Ular davlatning doimiy xorijiy tashqi aloqa idoralaridir. Xorijdagi doimiy idoralar bilan bir vaqtda muvaqqat idoralar mavjud: boshqa davlatlar tantanali tadbirlarda, muzokaralarni olib borishda ishtirok etishga yuboriladigan maxsus missiyalar, xalqaro konferensiyalarda ishtirok etish uchun yuboriladigan delegatsiyalar. Diplomatik, ma’muriy-texnik va xizmat ko‘rsatish xizmati xodimlarini tayinlash tartibi va ularning soni qabul qiluvchi va yuboruvchi davlatlarning o‘zaro kelishuvi asosida belgilanadi. Qabul qiluvchi davlat diplomatik xodimni xohlagan vaqtda “persona non grata”, ya’ni “nomaqbul shaxs” deb e’lon qilib, bu shaxslarni yuboruvchi davlatdan diplomatik vakolatxona yoki maxsus missiya tarkibidan chaqirib olishlarini talab qilishi mumkin. Xalqaro huquqqa muvofiq diplomatik vakolatxona rahbarini tayinlashdan oldin tegishli davlatdan tayinlanayotgan shaxsni vakil sifatida qabul qilish uchun uning roziligi (agreman) so‘raladi. Agreman berishdan voz kechish qandaydir tushuntirish yoki uning sababini ko‘rsatishni taqozo etmaydi. Odatda, agreman olingandan so‘ng, diplomatik vakilni tayinlanganligi to‘g‘risida matbuotda e’lon beriladi. Elchi yoki vakilga ularning tayinlangan joyga ketishida yo‘llayotgan davlat rahbari imzo chekkan ishonch yorlig‘i beriladi va ular tayinlangan davlat rahbari nomiga yuboriladi. Ishonch yorlig‘ida uning sohibiga ushbu davlatlar o‘rtasidagi aloqalarda o‘z davlati nomidan harakat qilishiga ishonish iltimosi bo‘ladi. Download 27.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling