Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasida smart shartnomalarning huquqiy rejimi


Download 76.63 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/7
Sana03.11.2023
Hajmi76.63 Kb.
#1741923
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
tashqi-iqtisodiy-faoliyat-sohasida-smart-shartnomalarning-huquqiy-rejimi

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 1 | ISSUE 10 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 
99 
w
www.oriens.uz
November 
2021
 
taraqqiyoti uchun qiyinchilik tug‘dirmaydi. Hozirgi zamon tili bilan aytganda bunday 
shartnomalarni smart ya’ni aqlli shartnomalar deb atash mumkin.
Yuqorida qayd etilganidek, texnologiya aniqroq qilib aytganda informatikaning 
taraqqiyoti smart shartnoma tushunchasining yaratilishiga asos bo‘ldi. Bu atama 
g‘oyasini birinchi marotaba AQShlik informatika, kriptografiya va huquq bo‘yicha 
mutaxassisi Nika Sabo tomonidan 1994 yilda ilgari surilgan bo‘lib, u mazkur 
shartnomani «Tomonlar o‘rtasidagi majburiyatlarning raqamli vakili, shu jumladan 
ushbu majburiyatlarni bajarish uchun protokol», deb ta’riflaydi
1
.
MUHOKAMA VA NATIJALAR 
Smart – shartnoma (inglizcha smart contract – aqlli shartnoma) – biror narsaga 
egalik qilish to‘g‘risida ma’lumot yaratish, boshqarish va taqdim etish uchun ishlab 
chiqilgan kompyuter algoritmi. Tor ma’noda smart – shartnoma blokcheynning biror 
manzilida joylashgan vazifalar va ma’lumotlar majmuidir
2

Keyinchalik 1998 yilda u "Bit Gold" deb nomlangan yana bir raqamli valyutani 
ixtiro qildi. Bu Bitkoin mavjud bo‘lgunga qadar. Ushbu shartnoma o‘z-o‘zidan 
bajarilgan va vazifalarni bajarish uchun kodlarga aylantirilgan. Shu o‘rinda aytish 
joizki, smart shartnomalarning amaliyotga kirib kelishi biroz vaqt o‘tib ya’ni 2008 
yilda blokcheyn texnologiyasining paydo bo‘lishi bilan bog‘liq. Blokcheyn (inglizcha 
Blockchain – blok zanjiri) – ma’lum qoidalar asosida tuzilgan ma’lumotni o‘z ichiga 
olgan bloklarning doimiy ketma-ket zanjiri
3
.
Blokcheyn atamasi Bitkoyn tizimida to‘liq takrorlangan taqsimlangan 
ma’lumotlar bazasining nomi sifatida paydo bo‘ldi. Shuning uchun blokcheyn 
texnologiyasini kriptovalyutalar bilan bog‘liq operatsiyalar sifatida tushuniladi
ammo ushbu texnologiyani istalgan o‘zaro bog‘liq axborot (ma’lumot)ni bloklariga 
qo‘llash mumkin
4
.
Ammo Bitkoynning blokcheyn texnologiyasi shartnoma tuzish uchun vazifalarni 
belgilash imkonini bermaydi, chunki unda faqat tranzaksiya haqida ma’lumot bo‘ladi. 
Shunga qaramay texnologiyalarning rivojlanishi smart – sharnomalarni ishlab chiqish 
uchun turtki bo‘ldi va oradan besh yil o‘tib Ethereum ishlab chiqqan blok platformasi 
smart – shartnomalarni amaliyotda qo‘llash imkonini berdi. Bugungi kunga kelib 
1
Bitcoin is not just digital currency. It's Napster for finance.. Fortune (21 января 2014). Дата обращения 19 ноября 
2018. 
2
 
https://www.ibm.com/topics/smart-contracts
 
3
Satoshi Nakamoto. Bitcoin: A Peer-to-Peer Electronic Cash System. — 2008. — 9 с. 
4
Артем Генкин, Алексей Михеев. Блокчейн. Как это работает и что ждет нас завтра. — М.: Альпина Паблишер, 
2017. — 592 с. 



Download 76.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling