Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi va uning ahamiyati darsning maqsadi


Download 24.69 Kb.
bet1/5
Sana20.11.2023
Hajmi24.69 Kb.
#1788913
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi va uning ahamiyati


Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi va uning ahamiyati
DARSNING MAQSADI:
Talabalarda TIF TN ning zaruriyligi, tovar nomenklaturalarining tarixi, TIF TN ning yaratilishi, asoslari; Uyg’unlashgan tizim haqidagi konventsiya, uning maqsad, vazifalari va ahamiyati; TIF TN ning strukturasi, o’lchov birliklari, tovar nomini raqamlar bilan ifodalash, raqamlariing mohiyati, raqam guruhlarining nomlanishi–pozitsiya, subpozitsiya, podsubpozitsiya tushunchalari haqida bilim va kunikmalar xosil qilishlariga erishish

Reja:
I. Kirish.
1. Tovar nomenklaturasi, uning zaruriyligi.
II. TIF TN ning yaratilishi, konventsiya:
1. Nomenklaturalar tarixi;
2. TIF TN ning asoslari va yaratilishi;
3. Uyg’unlashgan tizim konventsiyasi, uning ahamiyati va vazifalari.
III. TIF TN ning strukturasi:
1. tif tn ning to’zilishi;
2. Tovarlarning bo’lim va guruhlarda joylashtirilish printsipi;
3. O’lchov birliklari;
4. Raqamlar va chiziqlarning izoxlari.


I. KIRISH
1. Tovar nomenklaturasi, uning zaruriyligi
Dastlab, rejada belgilangan materiallarni o’rganishga kirishishdan oldin ayrim tushunchalarning mohiyati bilan tanishib olaylik.
TOVAR NOMENKLATURASI–TN (товарная номенклатура–ТН)–sotuvchi tomonidan haridorga taklif etilayotgan barcha tovar turlari (assortimentlari) yig’indisi.
TASHQI IQTISODIY FAOLIYAT TOVAR NOMENKLATURASI–TIF TN (Товарная номенклатура внешно-экономическое деятел’ности ТНВЭД) yoki uyg’unlashgan tizim nomenklaturasi-UTN (Номенклатура гармонизированной системы–НГС) faoliyatni davlat boshqaruvi sistemasi bo’lib, tovarlarning bo’limlari, guruhlari va subpozitsiyalari uchun sinflashning asosiy qoidalari, qo’shimcha izoxlar va klassifikatsiya qismlaridan iborat. UTN–tashqi iqtisodiy faoliyat ko’p maqsadli tovar nomenklaturasi hisoblanib, u tovarlarni Har taraflama ixchamlashtirilgan holda batafsil ta’riflovchi klassifikatordir. U xalqaro savdo-sotiq statistik ma’lumotlarini taqqoslash va analiz qilishda, bojxona tijorat faoliyati, statistik xizmat talablarini qondiruvchi tovarlarni uyg’unlashgan tizimda tariflash va kodlash bo’yicha xalqaro konventsiyaning ajralmas qismidir.
Mamlakat tashqi iqtisodiy faoliyatini rivojlantirish. bojxona yo’li bilan tartibga solishda nomenklaturadan foydalanish yo’lga qo’yilgan. Tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish va soddalashtirishda tovar nomenklaturaning ahamiyati juda cheksizdir savdo-sotiqning eksport-import operatsiyalarining rivojlanishi va murakkablashishi ularga oid hujjatlarning takomillashtirilishiga sabab bo’ladi.
SHuning uchun ham tovar nomini raqamli kodlar bilan ifodalashdan xalqaro miqyosda eng qulay usul hisoblanadi.

Download 24.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling