Tashqi iqtisodiy faoliyatni boshqarish va tartibga


Download 410.64 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana10.11.2023
Hajmi410.64 Kb.
#1761081
  1   2   3
Bog'liq
TASHQI IQTISODIY FAOLIYATNI BOSHQARISH VA TARTIBGA SOLISH



TASHQI IQTISODIY FAOLIYATNI BOSHQARISH VA TARTIBGA 
SOLISH 
1.O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqgisodiy siyosatining mohiyati, qoidalari va 
maqsadlari.
2.Tashqi iqtisodiy siyosatning asosiy turlari tavsifi.
3.O‘zbekiston Respublikasida tashqi iqtisodiy faoliyatni boshqarish organlari tizimi 
va huquqiy maqomi. 
4.O‘zbekiston Respublikasida tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solishning umumiy 
qoidalari.
Davlatning halqaro munosabatlar sohasidagi tashqi siyosati xalqaro huquq 
normalari yordamida tartibga solinadi. Yuritadigan tashqi siyosatning mazmunini 
milliy manfaatlar belgilaydi, milliy manfaatlar esa, o‘z navbatida, milliy huquq 
ustuvorliklari vostitasida ro‘yobga chiqariladi. Shularni inobatga olgan holda 
O‘zbekiston qisqa davr ichida o‘z tashqi siyosatining siyosiy-huquqiy asoslarini 
yaratdi, davlatlararo munosabatlardagi tamoyillar va ustuvor yo‘nalishlarini 
belgiladi va ularning rivojlanishini ta'minlash maqsadida tegishli chora-tadbirlarni 
jadal sur'atlar bilan amalga oshirib kelmokda. Davlatning tashqi siyosatdagi 
harakatlarini tartibga solib turuvchi asosiy harakatlantiruvchi kuch bu - 
Konstitutsiyaviy huquqdir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti ta'kidlab 
o‘tganidek, “Ochiq demokratik jamiyat qurish, bozor munosabatlarini vujudga 
keltirish xalqaro e'tirof etilgan. 
O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosati asosidagi “suveren tenglik” prinsipi 
boshqa davlatlarning o‘ziga hosligini e'tirof etishni, ularning mustaqilligini, o‘z 
siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy-madaniy tizimini o‘zi erkin tanlash va rivojlantirish, 
shuningdek o‘z ichki qonunchiligini o‘zi yaratish xuquqlarini hurmat qilishni 
anglatadi. O‘zbekiston beistisno barcha davlatlarning huquqlari va majburiyatlari 
tengligini konstitutsiyaviy darajada e'tirof etadi1 . Tashqi siyosatning “kuch 
ishlatmaslik yoki kuch bilan tahdid qilmaslik” tamoyili tomonlarning boshqa 
davlatlarga qarshi bevosita yoki bilvosita kuch ishlatishni ifodalovchi har qanday 


harakatlardan o‘zini tiyib turishini anglatadi. Bu masala ilk bor Ikkinchi jahon urushi 
yillarida yuzaga keldi va xalqlarning urushdan keyin xalqaro munosabatlarni adolatli 
asosda o‘rnatishga bo‘lgan intilishlari va umidlarini aks ettirdi. Bu ob'ektiv 
qonuniyat birinchi marta xalqaro huquq prinsipiga aylandi va BMT Nizomida (IV 
bo‘lim 2-modda) mustahkamlab qo‘yildi. O‘zbekiston uchun bu prinsip alohida 
ahamiyatga ega. Prezident I.Karimov birinchi chaqiriq Oliy Majlisning birinchi 
sessiyasida alohida ta'kidlaganidek: “...O‘zbekiston urush, harbiy mojarolarning 
oldini olishga qaratilgan har qanday tashabbusni qo‘llab quvvatlashga tayyor” 2 . 
“Chegaralarning dahlsizligi” prinsipi oldingi ikki prinsip bilan chambarchas bog‘liq. 
Ushbu tamoyil 1975 yilgi yeXHK Yakunlovchi hujjatida ifodalandi: “Ishtirokchi 
davlatlar bir-birlarining va yevropadagi barcha davlatlarning chegaralarini buzilmas 
hamda daxlsiz deya qaraydilar va shu bois hozir ham, kelajakda ham bu chegaralarga 
nisbatan har qanday xavf solishga qaratilgan harakatdan o‘zlarini tiyib turadilar”. 
Davlat chegarasiga xavf solish — bu chegara chiziklarini o‘zgartirishga, uning 
yuridik (huquqiy) qonuniyligi yoki chegara chizig‘ining holatini o‘zgartirishga 
yo‘naltirilgan bir tomonlama xatti-harakat, taxdid yoki talabdir. Shu bois bunday 
tamoyilning e'tirof etilishi har qanday hududiy da'volardan voz kechish demakdir, 
ya'ni hujjat matnida aytilganidek, davlatlar “a'zo davlatlardan istalgan birining butun 
hududi yoki undan bir qismini egallab olish yoki bo‘lib olishga qaratilgan har qanday 
talab yoki harakatdan o‘zlarini tiyib turadilar”1 . “Nizolarni tinch yo‘l bilan hal 
etish” prinsipida nazarda tutilganidek, xalqaro munosabatlar sub'ektlari o‘rtasida 
yuzaga keladigan har qanday masalalar xalqlarning qonuniy manfaatlari, tinchligi 
va havfsizligi tahdid ostida qolmasligini ko‘zlab, faqat tinch yo‘l bilan hal etilishi 
kerak. Bu prinsip BMT Ustavining 2-moddasi 3-bandida va VII bobida o‘z ifodasini 
topgan. Muzokaralar, tergov va kelishuv taomillari, vositachilik, hakamlik yoki sud 
taomili nizolarni hal etishning asosiy vositalari bo‘lishi kerak. Kuch ishlatish yoki 
kuch bilan tahdid qilishdan tiyilish mazkur prinsiplarning normativ talablari 
jumlasiga kiradi. O‘zbekiston bu prinsipni Konstitutsiyada mustahkamlab qo‘yish 
orqali har qanday murakkablikdagi masalalarni zo‘rlik ishlatmay, tinch yo‘l bilan 
hal etishga ustuvorlik beruvchi tinchliksevar davlat ekanligini ma'lum qildi. “Boshqa 


davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik” deb ta'riflangan prinsip O‘zbekistonning 
Asosiy Qonunidagi yuqorida gap borgan to‘rtta prinsip bilan o‘zaro chambarchas 
bog‘liq. Tashqi siyosatda ana shu prinsipning amalga oshirilishi, eng avvalo, BMT 
Ustavida (2-moddaning 7bandi) hamda BMT Bosh Assambleyasining davlatlar 
ichki ishlariga aralashmaslik to‘g‘risidagi hamda ularning mustaqilligi va 
suverenitetini saqlash to‘g‘risidagi 1965-yilgi deklaratsiyada qayd etilgan xalqaro 
huqukning umume'tirof etilgan prinsiplariga asoslanadi. 
O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan buyon o‘tgan tarixan qisqa davr ichida 
dunyo hamjamiyatida o‘zining munosib o‘rnini egalladi. Tashqi siyosatimizning 
ustuvor yo‘nalishlarini belgilashda dunyoda va mintaqamizda vujudga kelayotgan 
murakkab va ziddiyatli vaziyatni inobatga olib, hayotiy ahamiyatga ega bo‘lgan 
milliy manfaatlarimiz va mamlakatimiz xavfsizligini ta'minlash nuqtai nazaridan 
yondashish maqsadga muvofiqdir. Biz O‘zbekiston tashqi siyosatida 
ko‘ptomonlama hamkorlik haqida gapirganimizda, eng avvalo davlatning 
Birlashgan Millatlar Tashkiloti tizimidagi ishtirokni nazarda tutamiz1 . 
O‘zbekistonning BMTga a'zo bo‘lishi, xalqaro kun tartibidagi global va mintaqaviy 
muammolarni ko‘rib chiqishda ishtirok etish va ular yuzasidan qaror qabul qilish 
jarayoniga jalb qilinishi imkoniyatini beradi. BMT bilan aloqalarimizning asosiy 
ustuvor yo‘nalishlari, zamonaviy xavf va tahdidlarga qarshi kurashish, ommaviy 
qirg‘in qurollarini tarqatmaslik, Afg‘onistonni rekonstruksiya qilish, ekologik 
muammolar, xususan Orol dengizi muammosini hal qilish, ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlanish, inson huquqlarini himoya qilishdan iborat. Bu borada O‘zbekiston o‘z 
ovozi va mavqyeiga ega bo‘lgan a'zo davlat sifatida mazkur xalqaro tashkilot oldiga 
ushbu muhim va dolzarb vazifalarni qo‘ymoqda va jahon hamjamiyatining e'tiborini 
ushbu masalalarga qaratib kelmoqda. 
Davlat tomonidan tashqi iqtisodiy aloqalarni faol tartibga solish o‘zining 
iqtisodiy salohiyatini mustahkamlayotgan davlat tashqi iqtisodiy siyosatining asosiy 
manbasi xisoblanadi. 

Download 410.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling