Tashqi kapital transheya hajmini hisoblash


Download 98.22 Kb.
bet1/5
Sana20.10.2023
Hajmi98.22 Kb.
#1710806
  1   2   3   4   5
Bog'liq
№5 Амалий иш


5-AMALIY ISH
TASHQI KAPITAL TRANSHEYA HAJMINI HISOBLASH


Ishning maqsadi- Tashqi kapital transheyani hajmlarini hisoblashni va konstruktsiyasini aniqlashni o’rganish.
Karyerlarda ish olib borilayotgan gorizontlargacha transportlar harakatini yo‘lga qo‘yish maqsadida yer yuqori qatlamidan ochuvchi va yer osti laxmlari barpo etilgan. Asosan kary’erlarni ochishda o‘tuvchi laximlar qiya transheyalardan foydalaniladi. Ular gorizontlarni ochishda yuqoridan pastga qarab quriladi. Transheyalar foydalanishiga ko‘ra ikki turga bo‘linadi: kapital va qirqim transheyalar. Kapital transheyalar yerning yuza qismidan foydali qazilmagacha borishini tahminlaydi, qirqim transheyalar esa qoplovchi jinslarni olib tashlash yoki foydali qazilmalarni qazib olishda front ishlarini yaratib berishda qo‘llaniladi.
Avtomobil transportidan foydalanilgan holda yuqori gorizontlarni ochishda asosan kapital transheyalardan foydalaniladi, ular uzoq muddatga ya’ni 10 yilgacha xizmat qilishga mo‘ljallangan. Kapital transheya kary’er maydoni chegarasidan tashqarida ham quriladi. Kapital transheya yordamida bitta pog‘ona yoki ochish usuliga ko‘ra bir nechta pog‘onalarda harakatlanishi mumkin.


1.Rasm. Kapital transheyani umumiy ko‘rinishi: – transheya osti kengligi; - transheya borti qiyalik burchagi; –transheya balandligi; , - bitta pog‘ona balandligi.
Transheyaning asosiy parametri quyidagilar: ko’ndalang kesim yuzasining o‘lchamlari, bo‘ylama qiyalik, uzunligi va chuqurligi (1.rasm).
Tekis yuzada joylashtirilgan kapital transheya trapetsiyasimon qirqimga ega, qiya tepalikka joylashtirilgan transheyalar esa aksar hollarda ko‘ndalang qirqimi uchburchakka yaqin shaklga ega bo‘ladi. Bir nechta pog‘onani ochuvchi kapital transheya, murakkab pog‘onali shaklga ega.
Kapital transheya bortining qiyalik burchagi tog‘ jinsining turg‘unlik darajasiga bog‘liq. Mustahkam qoyali tog‘ jinslarda 65—75°ga, yoriqdor qoyali tog‘ jinslarda 55—60°ga, va Cho‘kindi jinslarda (qumtosh, oxaktosh, argillitlar)—35 dan 55°gacha hamda zaif bog‘langan gillarda — 25 dan 40° gacha qabul qilinadi.




2.Rasm. Kapital transheyani qirqim yuzasi: a —temir yo‘l transporti uchun; b -avtomobil transporti uchun.
Transheya pastki qismi kengligi (2rasm.) ikkita shart bo‘yicha amalga oshiriladi: transport yo‘lining konstruktsiyasi va o‘lchami hamda transheya o‘tkazishda jihozlarni xavfsiz joylashtirish.
Temir yo‘l transportida transheya pastki qismi kengligi quyidagi elementlarni: A — cheti, K — kyuvet, O—tayanchni joylashtirish uchun maydoncha, P — o‘tish qismi, 3 — yer qazish tasmasi (zemlyanoe polotno), L — lotok.
Lotok cheti kengligi A yumshoq tog‘ jinslarda 1 m, qoyali tog‘ jinslarda-— 0,5 m tashkil etadi; kyuvet yuza qismi kenligi yumshoq tog‘ jinslarda 1,65 m, qoyali tog‘ jinslarda 1 m. Kontaktli tayanch egallagan maydon kengligi 0,4 m va Sk = 3,7 m masofada yaqindagi yo‘l o‘qigacha. Yo‘l o‘qlari orasidagi masofa Sp ular soniga va dumpkarlar yuk ko‘tarish qobiliyatiga bog‘liq holda 4,1 dan 5,3 m gacha o‘zgaradi. Yuk ko‘tarishi 180t bo‘lgan dumpkarlar uchun va undan katta transheyadagi yo‘l o‘qlari orasidagi masofa quyidagini tashkil qiladi: ikki tomonlama yo‘l chiziqlarida — 5 m, ko‘p yo‘lli chiziqlarda — 5,3 m. Ikki yo‘lli temir yul transportlari harakatlanadigan transheyalari osti minimal kengligi 14—15 metrni tashkil etadi.
Avtomobil transportida kyuvet va yo‘lning o‘tish qismi orasida asosan kengligi 0,5—1 metrli yo‘l cheti qoldiriladi. O‘tish qismi kengligi P harakatlanish polosasi soniga bog‘liq va avtosamosvalni yuk ko‘tarish qobiliyatiga qarab 4,5 m dan 20 metrgacha o‘zgaradi. Ikki polosali harakatlanishda va yuk kuchlanishi bir yilda 15 mln.tonnani tashkil etadi. Yuk ko‘tarish qobiliyati 40—45, 65—75, 100—120 va 160—180 tonna bo‘lgan avtosamosvallar uchun mos ravishda 12,5; 15,5; 17 va 20 metrni tashkil etadi. Juda ko‘p qor yog‘adigan iqlimli zonalarda transheya kengligini 7—10 metrga kengaytirish lozim chunki qorni vaqtinchalik yig‘ish uchun va zahiradagi harakatlanish polosalarni qordan tozalash transporti harakatlanishi uchun zarur bo‘ladi.
Transheyani kesim yuzasi undagi transheya o‘tishda qo‘llaniladigan va ekskavatsiyalash vaqtida yirik o‘lchamli tog‘ jinslarni sig‘dirish imkonini beradigan ekskavator va boshqa turdagi transportlarni xavfsiz joylashishini ta’minlashi zarur.
Ish unumdorligi yuqori bo‘lgan ekskavatorlar uchun xavfsizlikni tahminlash maqsadida kuzovi va transheya borti orasida 1—1,5 m oraliq qoldiriladi.
Avtotransportga tog‘ jinsi yuklash bilan transheya o‘tkazishda uning kenligini 25—30 metrgacha o‘zaytiriladi, bunda avtosamosvallarni aylanma harakatini va ekskavatorni ish unumdorligini 25—40 %ga ta‘minlab berish tadbirlari ishlab chiqiladi.
Kapital transheya qiyalik kattaligi yukli transport qiyaligi kattaligiga bog‘liq bo’ladi, ya’ni yukli transportlarning xavfsiz harakatini ta’minlashini talab qiladi hamda lokomotivni texnik imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi. Kapital transheyani maksimal qiyaligi transport turiga bog’liq holda: elektr tortish kuchida 0,04; yuk tortuvchi agregatlarda 0,06; avtotransportlarda 0,9— 0,12; konveyer transportida 16—18° ni tashkil etadi.
Biroq ruxsat etilgan qiyalikni umumiy hollarda qo‘llash ancha tejamli hisoblanadi, hamda qiyalik oshishi bilan sostavni foydali massasi pasayadi, bunda sostavdagi vagonlar soni kamayadi, bu holat tashishga ketadigan harajatni oshishiga olib keladi. Shu vaqtda kapital transheya qiyaligi oshishida uning hajmi kamayadi, yo‘l uzunligi qisqaradi va tashish masofasi kamayadi. Eng qulayi yuqorida keltirilgan yo‘l qiyaligi hisoblanadi, shu tariqa kon massasini tashishga ketadigan umumiy kapital va ekspluatatsion harajat minimal bo‘ladi.
Sodda qiya transheya uzunligi formulasi:

bu yerda — transheyani oxirgi Chuqurligi, m; i —transheya qiyaligi.
Tekis yuzaga ega qirqim va kapital transheya biron bir geometrik figura hajmi yoki hajmiy yig‘indisi bilan hisoblanadi.
Sodda kapital transheya hajmini V (m3) ikkita piramida hajmi V2, yarimprizmalar xajmi V1, va V3 yig’indisida hisoblash mumkin (3-rasm.):
. m3





Download 98.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling