Tashqi savdoni tartibga solish zarurati va boshqarish yo‘llari. Tashqi savdoni tartibga solishning notarif usullari
Download 29.63 Kb.
|
1 2
Bog'liq1-mavzu
3.1-rasm.
Savdo siyosati doirasida iqtisodiy, siyosiy, ma’muriy, tashkiliy, hududiy va boshqa masalalar uzviy boglanib ketadi. Xalqaro iqtisodiyot, asosan, savdo siyosati choralarini qo‘llashning iqtisodiy shart-sharoitlarini va oqibatlarini o‘rganib, huduiy va tashkiliy masalalarni ixtisoslashgan fan tarmoqlari, chunonchi, xalqaro savdo huquqi, xalqaro marketing kabilarning ko‘rib chiqishi uchun qoldiradi. Xulosa Dunyoning turli mamlakatlari o‘z savdo siyosatlarini amalga oshirish uchun turli dastaklardan foydalanadilar. Notarif cheklashlarning o‘rtacha darajasiga, odatda, u yoki bu cheklashga oid import yoki eksportning qiymat ulushi sifatida qaraladi. Bunda ularning natija berish darajasiga tuzatish kiritiladi. Masalan, zaruriy xujjatlar taqdim etilganda xokimiyat organlari tomonidan beriladigan eksport uchun avtomatik litsenziya, shubhasiz, belgilangan miqdordan ortiq tovarlarni ekport qilishni taqiqlovchi eksport kvotasiga nisbatan ancha kam darajada eksportni chegaralaydi. Tovarlarni eksport va import qilishga oid turli cheklashlar, tanlab litsenziyalash yuqori darajada samarali miqdoriy cheklovlar sanaladi. Avtomatik litseziyalash, moslanuvchan kvotalar kam samara beruvchi cheklovlarga kiradi. Tashqi savdoni tartibga solishda hukumat tarif va notarif dastaklarni qo‘llaydi va ushbu dastaklarning amaliy qo‘llanilishi davlat yoki jamoat tashkilotlari ta’minlaydi. Tariflar bojxona tariflarga asoslangan dastaklar bo‘lsa, notarif dastaklar qolgan xamma dastaklarni o‘z ichiga oladi. Savdo siyosatining asosiy dastagi – bu bojxona tarifidir. Bojxona tarifiga turli xil tariflar berilgan, ammo fikrimizcha, ular orasida eng to‘-risi quyidagicha: «bojxona tarifi-bu mahsulot bojxona chegarasidan olib o‘tilayotganda to‘lanishi kerak bo‘lgan bojxona bojlari haqida umumiy ma’lumotdir». Bojxona boji mahsulotni import yoki eksport qilganda bojxona xodimlari tomonidan undiriladigan majburiy to‘lovdir. Bojxona boji quyidagi vazifalarni bajaradi: - fiskal- davlat byudjetiga kelib tushuvchi tushumlardan biri bojxona bojidir; - proteksionistik (himoya vazifasi) – importni cheklash orqali milliy ishlab chiqaruvchilarni xorijiy raqobatdan himoya qiladi; - balanslovchi – ayrim sabablarga ko‘ra ichki narxi jaxon narxidan past bo‘lgan mahsulotlarni xorijga oqib chiqib ketishini cheklaydi. Bojxona bojlarini turli mezonlar bo‘yicha quyidagicha guruhlash mumkin Download 29.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling