Tashqi ta`sirlar va davlat siyosati


Xususiy yechimlar nega har doim ham ishlamaydi?


Download 231.96 Kb.
bet12/12
Sana21.01.2023
Hajmi231.96 Kb.
#1107483
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Tashqi ta`sirlar va davlat siyosati

Xususiy yechimlar nega har doim ham ishlamaydi?
Kouz teoremasining mantiqiga qaramay, xususiy shaxslar ko`pincha tashqi ta’sir muammolarni hal qilishda muvaffaqiyatsizlikka uchraydilar. Kouz teoremasi faqat manfaatdor tomonlar bitim tuzishi va amalga oshirishida hech qanday muammo bo`lmaganda amal qiladi. Biroq real dunyoda, o`zaro manfaatli shartnoma tuzish mumkin bo`lsa ham, savdolashish har doim ham ishlayvermaydi.
Ba'zan manfaatdor tomonlar operatsion harajatlar, ya’ni savdolashish jarayonida tomonlar rozi bo`ladigan harajatlar, tufayli tashqi ta’sir muammosini hal qilishda muvaffaqiyatsizlikka uchraydi. Bizning misolda, tasavvur qiling, Dik va Jeyn turli tillarda gapirishadi, shuning uchun, shartnomaga erishish uchun ular tarjimon yollashi kerak. Agar huruvchi it muammosini hal qilish foydasi tarjimon harajatidan kam bo`lsa, Dik va Jeyn masalasini yechilmagan holatda tashlab qo`yishi mumkin. Yanada real misollarda, operatsion harajatlari tarjimon harajati emas, balki shartnomalarni tayyorlash va amalga oshirish uchun zarur bo`lgan huquqshunos harajatlari bo`ladi.
Boshqa vaqtlarda, savdolashish shunchaki buziladi. Urushlar va mehnat to`qnashuvlari sodir bo`lishi kelishuvning qanchalik qiyin bo`lishi mumkinligini ko`rsatadi va kelishuvga erishish juda qimmatga tushishi mumkin. Muammo shundaki, har bir tomon odatda o`zi uchun yaxshiroq shartnoma uchun harakat qiladi. Misol uchun, Dik itdan 500 so`mlik foyda oladi va Jeyn it hurishidan 800 so`mlik harajat sarflaydi deb tasavvur qilaylik. Jeynning itdan qutilish uchun Dikga to`lashi samarali bo`lsa-da, bu natijaga olib kelishi mumkin bo`lgan ko`plab narxlar bor. Dik 750 so`m talab qilishi mumkin, va Jeyn faqat 550 so`m taklif qilishi mumkin. Ular narxi ustida savdolashaversa, huradigan it bilan samarasiz natija davom etaveradi.
Manfaatdor tomonlar soni ko`p bo`lganda samarali savdolashishga erishish, ayniqsa, qiyin, chunki hammani muvofiqlashtirish qimmatga tushadi. Misol uchun, yaqin ko`l suvini
ifloslantiradigan bir zavodni olaylik. Ifloslanish mahalliy baliqchilarga salbiy tashqi ta'sir ko`rsatmoqda. Kouz teoremasiga ko`ra, ifloslanish samarasiz bo`lsa, unda baliqchilar ifloslantirmaslik uhchun zavodga haq to`lashi orqali zavod va baliqchilar savdolashishga erishishi mumkin. Biroq, agarda baliqchilar ko`p bo`lsa, zavod bilan savdolashishga ularning barchasini muvofiqlashtirish uchun harakat deyarli ilojsiz bo`lishi mumkin.
Xususiy savdolashish ishlamaganda, ba'zan hukumat rol o`ynashi mumkin. Hukumat ommaviy harakatlar uchun mo`ljallangan muassasa hisoblanadi. Bu misolda, baliqchilar o`zlari uchun harakat qilishi ilojsiz bo`lsa ham, davlat baliqchilar nomidan harakat qilishi mumkin.
Download 231.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling