Tashqi ta`sirlar va davlat siyosati


Download 231.96 Kb.
bet2/12
Sana21.01.2023
Hajmi231.96 Kb.
#1107483
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Tashqi ta`sirlar va davlat siyosati

15.2.Salbiy tashqi ta’sirlar
Endi alyuminiy zavodlari chiqindilar chiqaradi deb faraz qilaylik: har bir ishlab chiqarilgan alyuminiy birligi uchun atmosferaga ma’lum miqdorda tutun chiqadi. Bu tutun shu havodan nafas oladiganlar sog`lig`i uchun zarar qilishi sabab, bu salbiy tashqi ta’sir. Bu tashqi ta’sir bozor natijasi samarasiga qanday ta’sir ko`rsatadi?

Alyuminiy bozori

Talab chizig’i xaridorlar uchun qiymat va taklif chizig’i sotuvchilar uchun xarajatni aks ettiradi. Muvozanat miqdor, ya’ni QBOZOR, xaridorlar uchun to’liq qiymat ayrilgan sotuvchilar to’liq xarajatini oshiradi. Tashqi ta’sirlar bo’lmaganda, shuning uchun, bozor muvozanati samaralidir.



Alyuminiy bahosi

Muvozanat

Rasm

Talab
(xususiy qiymat)

BOZOR

Alyuminiy miqdori

Taklif
(xususiy xarajat)

Tashqi ta’sir tufayli, alyuminiy ishlab chiqarishning jamiyat uchun harajati alyuminiy ishlab chiqaruvchilar harajatidan katta bo`ladi. Ishlab chiqarilgan har bir alyuminiy birligi uchun ijtimoiy harajat alyuminiy ishlab chiqaruvchilari xususiy harajatlaridan tashqari ifloslanishdan zarar ko`rgan kishilar harajatini ham o`z ichiga oladi. 2-rasm alyuminiy ishlab chiqarishning ijtimoiy harajatini ko`rsatadi. Ijtimoiy harajat chizig`i taklif chizig`idan yuqori, chunki u alyuminiy ishlab chiqaruvchilar tomonidan keltirilgan jamiyatdagi tashqi harajatlarni ham hisobga oladi. Ushbu ikki chiziq o`rtasidagi farq chiqarilgan ifloslantirish harajatini aks ettiradi.


Alyuminiy qancha miqdorda ishlab chiqarilishi kerak? Ushbu savolga javob berish uchun biz yana bir marotaba ko`ngli keng ijtimoiy reja tuzuvchi (planner) nima qilishini ko`rib chiqamiz. Reja tuzuvchi bozordan keladigan umumiy ortiqchalikni ya’ni iste’molchilar uchun alyuminiy qiymatidan alyuminiy ishlab chiqarish harajati ayrilganini oshirishni xohlaydi. Shu bilan birga, reja tuzuvchi alyuminiy ishlab chiqarish harajati ifloslanish tashqi harajatlarini ham o`z ichiga olishini tushunadi.
Reja tuzuvchi talab chizig`i bilan ijtimoiy harajat chizig`i kesishgan darajadagi alyuminiy ishlab chiqarilishini tanlaydi. Bu oraliq jamiyat umumiy vaziyatdan kelib chiqib maqbul alyuminiy miqdorini belgilaydi. Ushbu ishlab chiqarish darajasidan pastda iste’molchilar uchun alyuminiy qiymati (talab chizig`i balandligi bilan o`lchangan holda) uni ishlab chiqarish ijtimoiy harajatidan (ijtimoiy harajat chizig`i balandligi bilan o`lchangan holda) oshib ketadi. Reja tuzuvchi bu miqdordan ortiq ishlab chiqarmaydi, chunki qo`shimcha alyuminiy ishlab chiqarish ijtimoiy harajati iste’molchilar uchun qiymatni oshirib yuboradi.
E’tibor bering, alyuminiyning muvozanatli miqdori – Qbozor ijtimoiy maqbul miqdor – Qmaqbul dan yuqori. Bozor muvozanati faqat ishlab chiqarish xususiy harajatini aks ettirgani sabab samarasizlik kelib chiqadi. Bozor muvozanatida chekli iste’molchi alyuminiyga uni ishlab chiqarish ijtimoiy harajatidan past narx beradi. Bu esa, ya’ni Qbozor da, talab chizig`i ijtimoiy harajat chizig`idan past bo`ladi. Shunday ekan, alyuminiy ishlab chiqarish va iste’molini bozor muvozanati darajasidan pasaytirish umumiy iqtisodiy farovonlikni oshiradi.
Ijtimoiy reja tuzuvchi qanday qilib maqbul natijaga erishishi mumkin? Bir yo`li sotilgan har bir alyuminiy tonnasi uchun alyuminiy ishlab chiqaruvchilar soliqqa tortilishi bo`ladi. Soliq o`zining miqdorida alyuminiy taklif chizig`ini yuqoriga ko`taradi. Agar soliq atmosferaga chiqarilgan tutunning tashqi harajatini aniq aks ettirsa, yangi taklif chizig`i ijtimoiy harajat chizig`i bilan bir to`g`ri chiziqda yotadi. Bozor yangi muvozanatida alyuminiy ishlab chiqaruvchilar alyuminiyni ijtimoiy maqbul miqdorda ishlab chiqaradi.


Ijtimoiy xarajat (xususiy xarajat va tashqi xarajat)

Muvozanat

Talab
(xususiy qiymat)


Download 231.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling