Tasmali uzatmalar. Uzatmani hisoblashning nazariy asoslari. Tasmaga tushadigan kuchlarni hisoblash. Tasmali uzatmalarni geometriyasini hisoblash tartibi. Reja
Download 48.56 Kb.
|
Tasmali uzatmalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanilgan adabiyotlar
- 1. Tasmali uzatmaning mohiyati.
Tasmali uzatmalar. Uzatmani hisoblashning nazariy asoslari. Tasmaga tushadigan kuchlarni hisoblash. Tasmali uzatmalarni geometriyasini hisoblash tartibi. Reja: Tasmali uzatmaning mohiyati. Uzatmani hisoblashning nazariy asoslari. Tasmaga tushadigan kuchlarning hisobi. Tasmali uzatmalarni geometrik hisoblsh tartibi. Ponasimon tasmali uzatmalar. Foydalanilgan adabiyotlar 1. Tojiboyev R.N., Jurayev A.J. “Mashina detallari” T.: O`qituvchi, 2002 y. 2. Tojiboyev R.N., Shukurov M.M. “Mashina detallari kursidan masalalar to`plami” T.: O`qituvchi, 1992 y. 3. Tojiboyev R.N., Shukurov M.M. “Mashina detallarini loyihalash” T.: Fan, 1997 y. 4. Sulaymonov I. “Mashina detallari” T.: O`qituvchi, 1981 y. 5. Timofeyev S.I. “Detali mashin”: Uchebnoe posobie dlya vuz. Rostovna – Donu, Feniks, 2007. – 416 s. 6. Ivanov M.N. “Detali mashin” M.: Visshaya shkola, 1991 g. 1. Tasmali uzatmaning mohiyati. Mexanikaviy uzatmalar ikki turga bo`linadi: ish qalanish hisobiga ishlaydigan uzatmalar (friktsion va tasmali uzatmalar); ilashish hisobiga ishlaydigan uzatmalar (tishli, chervyakli va zanjirli uzatmalar). Tasmali uzatmalar eng oddiy uzatmalardir; ular etaklovchi va etaklanuvchi shkivlardan hamda tarang tortilgan tasmadan iborat. Tasmali uzatmalar ish qalanish hisobiga kuchni uzatadi. Tasmaning tarangligi, qamrov burchagi hamda ish qalanish koeffisienti qanchalik katta bo`lsa, tasmali uzatmaga shuncha kuchli yuklanish qo`ysa bo`ladi. Tasmali uzatmani sirpanmasdan ishlashi uchun qamrov burchagini katta qilib olish kerak, buning uchun taranglovchi roliklar ishlatiladi. Tasmali uzatmaning afzalligi: 1) xarakatni nisbatan uzo q masofaga uzatish imkonini beradi; 2) shov qinsiz va ravon ishlaydi; yuklanish qiymati to`satdan oshib qolsa, mashinaning qismlari sinishdan sa qlanadi (sirpanish asosida); 4) oddiy tuzilgan; 5) narxi arzon. Kamchiliklari: 1) tashqi o`lchamlari katta; 2) tasma shkivlaridagi sirpanish uzatishlar sonini o`zgarib turishiga sabab bo`ladi; 3) val va tayanchga katta zo`ri qish tushadi; 4) tasmani turgunligi kichik (1000-1500 s); 5) odatda tasmali uzatmalar quvvati 50 kVt gacha bo`lgan xolda ishlatiladi. Agar quvvat 1000....1500 kVT bo`lsa uzatmani F.I.K. kamayadi, hamda o`lchamlari kattalashadi; 6) u = 2 - 4 gacha bo`ladi umax = 15; = 25 m/s; Download 48.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling