Fanni o’qitish jarayonini tashkil etish va o’tkazish bo’yicha tavsiyalar
Fanini o’rganish davomida mashg’ulotlar paytida axborot (taqdimot, multimedia texnologiyalari) va ta’limning zamonaviy texnologiyalari (rivojlantiruvchi ta’lim texnologiyalari, fanni to’liq o’zlashtirishga yo’naltirilgan texnologiyalar, shaxsga yo’naltirilgan ta’lim texnologiyalari) hamda interfaol metodlar (“Aqliy hujum”,”BBB”, “Venn diagrammasi”, “T-chizma”, “Insert”, “FSMU”) qo’llaniladi. Bundan tashqari darsliklar, o’quv qo’llanmalari, ma’lumotnomalar, pedagogik entsiklopediyalar va lug’atlar, ma’ruza matnlari, tarqatma materiallaridan foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |