Tasviriy faoliyat mashg'ulotlarini olib borishning me’yoriy asoslar


Download 34.24 Kb.
bet3/5
Sana31.01.2024
Hajmi34.24 Kb.
#1830322
1   2   3   4   5
Bog'liq
Abduqosimova Nargiza (4)

Yakuniy hisobot. Yakuniy hisobot har 6 oyda, yilning oxirida tuziladi. Bu hisobot yordamida tarbiyachi bolalar shu muddat ichida qanday bilimlarga, ko'nikma, malakalarga ega bo'lganliklarini aniqlab oladi. Keyingi bosqichlarga o'quv yiliga reja tuza oladi. Yakuniy hisobotning yana bir maqsadi, bolani guruhdan guruhga o'tkazishda undagi barcha bilimlar shu guruhga mos keladimi yoki yo'qmi? ekanligini aniqlashda yordam beradi.
Ota-onalar bilan ishlarni yanada yaxshilash, ota-onalar burchagini yanada mazmunli qilib bezash, shuningdek, ota-onalar bilan individual suhbatlar o'tkazish lozim. Natijada shu narsa ko'rinadiki, bolalarning o'zlashtirishi yanada yuqori darajaga ko'tariladi. Bu o'rinda shuni qo'shimcha qilib o'tish lozimki, bolalarning tasviriy faoliyat mashg'ulotlarida bajargan ishlaridan ko'rgazmalar tayyorlansa, bunda bolalarda qiziqish yanada kuchayadi, o'z ishlarini yanada yaxshiroq bajarishga harakat qiladilar. Shuningdek, ota-onalar ham bolalarining bilimlari qay darajada rivojlanib borayotganliklaridan xabardor bo'lib turadilar. Bulardan ko'rinib turibdiki, bolalar bog'chasida hisobot ishlariga alohida e'tibor bermog'imiz lozim. Bu esa o'z vaqtida bolalarni mustahkam bilimlarga ega bo'lishlarini ta'minlaydi.
Bu hisobot uchun ma'lumotlar quyidagicha tuziladi: Ota-onalardan olingan ma'lumotlar.
Tarbiyachining shaxsiy kuzatishlari asosida to'plangan ma'lumotlar. Ota-onalardan olinadigan ma'lumotlar anketalar orqali suhbatlar davomida olinadi.
Anketa quyidagicha tuzilishi mumkin:
Bolaning ismi, familiyasi.
Tug'ilgan kuni, yili.
Yoshi.
Ota-onasining ismi va familiyasi.
Millati.
Qiziqishi.
Bolaning uyda bo'lgan vaqtida nimalar bilan shug'ullanishi.
Ota-onalari o'qib bergan ertak, hikoyalardan misollar nomi.
Oilada nechanchi bola ekanligi.
Uy adresi.
Bolalar bog'chasida bolalarning har tomonlama rivojlanishi uchun tarbiyachi barcha ishlarni to'g'ri rejalashtirib olishi lozim. Tarbiyachi tomonidan olib boriladigan barcha ishlarni to'g'ri rejalashtirish uchun esa tarbiyachi doimo hisobot ishlarini olib borishi lozim.
Hisobot - bolalarning bilimi va saviyasining o'sishi, turli ko'nikma va malakalarni egallashi va har tomonlama rivojlanishini aniqlashdir. Hisobot o'z vaqtida quyidagi turlarga bo'lib olib boriladi:
Dastlabki hisobot.
Kundalik hisobot.
Yakuniy hisobot.
Dastlabki hisobot – tasviriy faoliyat ishlarini to`g`ri rejalashtirish uchun tuziladi.

Download 34.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling