Tasviriy san’at bo‘yicha XIV-XV asrlarda Movarounnahr va Xurosonda Buxoro, Samarqand va Hirot maktablari qaror topdi
Download 21.09 Kb.
|
Maqola
Temuriylar davrida ilm-fanning taraqqiyotiga yuz tutgan tarmoqlaridan yana biri tasviriy san’at edi. Ilmiy va badiiy asarlarni husnixatda ko‘chirish, ularni minatyuralar bilan ta’minlash, shuningdek, muhtasham binolarni tasviriy lavhalar hamda she’riy bayt va qit’alarni naqshin yozuvlar bilan bezash ishi, tasviriy san’at va xattotlikning rivojlanish jarayoni ularning bir biriga uzviy bog‘liqligida namoyon bo‘ladi1 . Tasviriy san’at bo‘yicha XIV-XV asrlarda Movarounnahr va Xurosonda Buxoro, Samarqand va Hirot maktablari qaror topdi2. G ‘arbiy Yevropalik san’atshunos olim A.Sakisyan yozishicha, Movarounnahrga keltirilgan miniatyura san’ati uchun u yer noqulay zamin bo‘lib chiqadi, u yerda u tadrijiy rivoj topmaydi, gullab yashnashi vaqtinchalik edi. Buxoroda miniatyura XIX asr oxiriga kelib barham topdi va Mavarounnahr uchun tasviriy san’at begona bo‘lib qoldi. Amir Temur davrida ona yurti Buxoro jahon maydonida eng mo‘tabar shaharlardan biri darajasiga ko‘tarildi hamda diniy va dunyoviy ilmlar markazi sifatida nom chiqardi. Tarixiy manbalarning guvohlik berishicha, XIV asr oxiri XV asr boshlarida Buxoro Movarounnahrning katta va eng nufuzli shaharlaridan biri bo‘lgan. Akademik V.V. Bartoldning ta’kidlashicha, o‘sha paytda Buxoro kattaligi, hajmi jihatdan Samarqandga teng bo‘lib, 12 darvoza bilan o‘ralgan edi3. Temur shunday murakkab bir sharoitda dunyoga keldi. Barlos beklaridan bo‘lgan Muhammad Tarag‘ay Shahrisabzda hokim edi. U Buxoroda «Sadr ash-shariat» («Dinning ulug‘i») deb nom qozongan katta ruhoniyning qizi Tagina begim Mohga uylanadi. Amir Temurning onasi Tegina begim (Tegina begim Moh, Takina xotun, Tegina xotun, Tegina Moh begim shaklida ham ayrim manbalarda uchraydi) Buxoroi Sharifda olim Ubaydulloh ibn Ahmad al-Mahbubiy al-Buxoriy xonadonida dunyoga kelgan. XIV asrning 70-yillarida Movarounnahrda Buxoroi Sharif diniy darajasiga yeta oladigan shahar topilmasdi. Abu Hafs Kabir zamonlaridan (IX asr) “Qubbat ul islom” nomini olgan muqaddas shahar Temur saltanatining markazi bo‘lishiga tarixan tayyor edi. Ammo bu masalada Samarqandda o‘tkazilgan mashvaratda ayrim oqsoqollar tomonidan Buxoroning Movarounnahrning bir qadar chekkasida joylashganligi to‘g‘risidagi maslahatlariga quloq tutgan Sohibqiron bobomiz Samarqandni o‘z saltanatining poytaxti deb e’lon qiladi. Sharqning bu bobokalon shahri o‘zining siyosiy, tarixiy, iqtisodiy, jo‘g‘rofiy, madaniy xususiyatlari bilan ustun keldi. Buxoro ikkinchi poytaxt sifatida saltanat tayanchi bo‘lib xizmat qildi4. Amir Temur davrida Buxoroda saroylar, masjidlar, xonaqohlar, savdo rastalari va boshqa imoratlar qad ko‘taradi. Buyuk ipak yo‘lida joylashgan Buxoro katta savdo-sotiq markaziga aylandi. Buxoroda bu davrda ko‘plab ariqlar chiqarildi. Ayniqsa shaharning atrofini o‘rab olgan Shohrud arig‘ining qayta tiklanishi, shahar aholisining obi-hayotga bo‘lgan ehtiyojini ta’minlashga xizmat qildi. Ma’lumki shahardagi mashhur ariq mo‘g‘ullar hujumi davrida buzib tashlangan edi. Amir Temur davrida nafaqat Buxoro shahri, balki butun voha obodonlashtirildi. Qadamjolar me’morchiligi ham o‘ziga xos tuzilishga ega. Temur Buxoroda Chashmayi Ayub (1380-yil) yodgorligini qurdirdi5 XIX asrning oxirida Buxoroda bo‘lib, ariq va kanallar tizimini o‘rgangan rus olimi F.Sitnyakovskiy sharqiy-janubiy tomonga qarab chiqarilgan va xalq xotirasida Temur ariq haqida ma’lumot berganki, bu kanal Amir Temur farmoyishi bilan bunyod etilgan6. Amir Temur taxtga o‘tirganidan keyin ona yurti Buxoroga tez-tez kelib turardi. Tarixiy manbalarning guvohlik berishicha, Amir Temur har gal harbiy yurishlardan zafar bilan qaytganda, albatta Buxoroi Sharifga kelib avliyo-ambiyolarni ziyorat qilar, so‘ngra poytaxti Samarqandga o‘tar edi. Sohibqiron kelib tavof qilgan ziyoratgohlardan biri Chashmai Ayub maqbarasidir. U XII asrda qurilgan bo‘lib, 1379-yilda Temur farmoyishi bilan mozor-go‘rxona ustida katta gumbaz quriladi. Amir Temur ko‘rsatmasi bilan Boharziy va Bayonqulixon maqbaralarida ham ta’mirlash ishlari olib borilgan. Temur davrida Buxorodagi eng katta machitlardan biri Namozgohda mehrob devori ta’mirlanadi. Xulosa qilib aytganda, o‘z tarixida ko‘plab jangu-jadallarni ko‘rgan ko‘hna Buxoro Amir Temur davriga kelib uning yagona, markazlashgan saltanatida tinch va osoyishta hayot kechirdi. Amir Temur davrida ona yurti qadimiy Buxoro shahri somoniylardan so‘ng o‘zining ikkinchi yuksalish pallasiga kirdi. O’rta Osiyo hududida o’n asr oldin ham pochta aloqasi yo’lga qo’yilganligi shubhasizdir7. A.Vamberi, aynan pochta aloqasi, shuningdek cho’l qismida mavjud bo’lgan yomlar haqida ham to’xtalib o’tgan. “Karmanadan quyosh botishi bilan yo’l oldik, tungi salqinlik bizning toliqqan otimizga biroz yengillik berdi. Yarim tunda biz ikki soatcha to’xtadik va ertalab, issiqlik boshlanishidan oldin, biz keyingi bekatga yetib bordik. Yo’lda, ko’p joylarda men tosh bekatlarni payqadim (tosh turkchada “tash”, bu so’z milni belgilash uchun ham ishlatiladi). Ba’zilari buzilmagan, boshqalari esa juda ta’mirtalab8. Bularning barchasi Amir Temur tomonidan qurilgan9. Ayni vaqtda bunday bekatlar saqlanmagan. Shuningdek A.Vamberi ushbu yomlar (bekatlar)ning XIX asrdagi holatiga to’xtalib “Buxorodan Qashqargacha bo’lgan butun yo’lda hali ham avvalgi madaniyat izlari saqlanib qolgan. Hozirgi amir ham o’zini e’tirof etishlarini xohlaydi va odamlarga yoqish uchun yo’l yaqinidagi bir necha joylarda namoz o’qish uchun maxsus joylar qurishga buyruq bergan. Bu turdagi qo’lbola masjidlar har bir o’tayotgan odamga o’z e’tiqodiy vazifasini bajarishini eslatishi kerak 10 degan fikrni bildiradi. 1 Norqulov Naim ,,Temuriylar davri madaniyati tarixidan lavhalar “ . – Urganch.: ,,Xorazm nashriyoti”. 1996. – B.16. 2 Norqulov Naim ,,Temuriylar davri madaniyati tarixidan lavhalar “ . – Urganch.: ,,Xorazm nashriyoti”. 1996. – B.17. 3 Бартолъд В.В. Туркестан в эпоху монголъского нашествея. Сочинения, Том 1, Москва, 1963,134-стр 4 F.Qosimov. «Amir Temur va Buxoro», Buxoro tarixi masalalari (Maqolalar to‘plami) Buxoro, 1996-yil, 19-bet. 6 Н.Ф. Ситняковский. Заметка о Буxарской части долины Зерафшана. Известия Туркестанского отдела русского географического общества. Ташкент, 1990, 139-стр. 7 Azamat Ziyo. O’zbek davlatchiligi tarixi (Eng qadimgi davrdan Rossiya bosqiniga qadar) –Toshkent.: “Sharq”, 2000. –B. 95 8 Арминий Вамбери. Путешествие по Средней Азии. -Москва.: “Восточная литература”. 2003. -C .95. 9 Azamat Ziyo. O’zbek davlatchiligi tarixi (Eng qadimgi davrdan Rossiya bosqiniga qadar) – Toshkent.: “Sharq”, 2000 –B. 194 10 Арминий Вамбери. Путешествие по Средней Азии. -Москва.: “Восточная литература”. 2003. -C. 95. Download 21.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling