KUN TARTIBI:
1-masala. “Farg’ona haqiqati” ro’znomasining 2022-yilning 21-iyun 49 (24646) sonida Tasviriy san’at kafedrasi o’qituvchiligi lavozimini egallash uchun tanlov xaqida.
Eshitildi: B.Qurbonova – kafedra mudiri.
Tasviriy san’at kafedrasida katta o’qituvchi lavozimi uchun talabgor N.Madaminov 2020 yildan buyon Farg’ona davlat universitetida faoliyat ko’rsatib kelmoqda. 2020-2022 o’quv yillaridagi ilmiy va pedagogik faoliyati davomida Respublika ilmiy-amaliy anjumanlarida 6 ta tezis, Respublika miqyosidagi ilmiy anjumanlarda 2 ta maqola, xalqaro ilmiy anjumanlarda 4 ta ilmiy maqola, 1 ta o’quv uslubiy ko’rsatmasi e’lon qildi.
Kafedradagi o’zaro darslarga kirish, ochiq darslar va ma’ruzalar o’tkazish hamda ularni tahlil qilishda, har bir o’quv yili davomida shaxsiy ish rejasida ko’rsatilgan me’yorlarni bajarib kelmoqda.
So’ngra so’z N.Madaminovga berilib, uning ilmiy-uslubiy faoliyati haqida xisoboti tinglandi. Shu davr mobaynida Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi yo’nalishining bakalavrian talabalariga “Muhandislik kompyuter grafika”, “Rangtasvir”, “Akademik qalamtasvir asoslari” fanlaridan ma’ruza va amaliy mashg’ulotlar olib borayotganligi va ushbu fanlardan ishchi o’quv dasturlari va o’quv-uslubiy majmualar tayyorlaganligini aytib o’tdi.
Shuningdek, universitet, fakultet, kafedra ma’naviy-ma’rifiy tashkiliy ishlarida faol ishtirok etib, guruh murabbiyi sifatida ham faoliyat olib bordi.
Tasviriy san’at kafedrasi o’qituvchisi Q.Tursunov 2021 yildan buyon faoliyat olib bormoqda. Hozirgi vaqtda Xalqaro miqyosda 1 ta ilmiy maqola, Respublika ilmiy-jurnalida 6 ta chop etilgan.
Q.Tursunov Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi yo’nalishi talabalariga “Chizmachilik” va “Chizma geometriya” fanlarida ma’ruza va amaliy mashg’ulotlarni olib bormoqda. Chizmachilik hamda Chizma geometriya fanlaridan ishchi dasturlar, o’quv-uslubiy majmualar tayyorladi.
Kafedra hamda fakultet miqyosida o’tkazilib kelinayotgan ma’naviy-ma’rifiy tashkiliy ishlarda faol ishtirok etib kelmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |