Tasviriy san’at nashg’ulotlarida ranglardan foydalanishni o’rgatishda interaktiv metodlardan foydalanish


Mavzuning asoslanishi va uning dolzarbligi


Download 25.18 Kb.
bet2/3
Sana05.05.2023
Hajmi25.18 Kb.
#1430189
1   2   3
Bog'liq
krill

Mavzuning asoslanishi va uning dolzarbligi:
Ma’lumki, bugungi har bir soha jadal rivojlanayotgan zamonda aynan tasviriy san’at va rangshunoslik haqidagi kitoblar kam, ranglar xususida aholining tushunchasi yetarli emas, ranglarning nomlari va xususiyatlarini to’liq bilmaydi. Natijada tasviriy san’atni o’qitishda rangshunoslik masalasi dolzarbdir. O’qituvchilar ranglarning nomlarini, xususiyatlarini to’liq bilmaydi, natijada to’liq o’rgata olmaydi. Bularni bartaraf etish uchun esa masalani o’rganish, yangi ma’lumotlarni topish, taqqoslash, tajriba o’tkazish, yechim topish shart. Rangshunoslikning nazariy va amaliy faoliyatdagi holati to’laqonli emas va qoniqtirmaydi. Shu sabab ushbu mavzuni o’rganishni, amaliy yechim topishni maqsad qilib oldim.
Tadqiqot obyekti va predmeti:
Tadqiqotning obyekti, Oliy ta’lim va o’rta umumiy ta’limda tasviriy san’atning o’qitilish jarayonida rangshunoslik masalalarini o’rganish jarayoni.
Tadqiqotning predmeti, o’rta umumiy ta’limda tasviriy san’atni o’qitishda rangshunoslik masalalaridan foydalanish darajasini o’rganish va yangi interaktiv metodlar vositasida bilim va ko’nikma, malakalarini rivojlantirishdan iborat.
Tadqiqotning maqsadi va vazifalari:
tadqiqotning maqsadi: tasviriy san’at mashg’ulotlarida ranglardan foydalanishni o’rgatish holatini o’rgatish va interaktiv metodlardan foydalanib, badiiy ta’lim sifat darajasini oshirish.
1. Rangshunoslik haqidagi ma’lumotlar va adabiyotlarni jamlash va o’rganib chiqish;
2. Rangshunoslikka oid ilmiy tadqiqot ishlarini va internet materiallarini o’rganib chiqish;
3. Amaliyotda tasviriy san’atning o’rgatish holatini o’rganib chiqish;
4. Maktablarda rangshunoslikni o’rgatish metodlarini o’rganish.
5. Rangshunoslikni tasviriy san’at darslarida o’rgatishni sinov - tajribalar orqali tahlil etish.
Ilmiy yangiligi: rangshunoslikning mavjud barcha adabiyotlaridan o’rganilgan holda eng zaruriy ma’lumotlarni to’plash, peadagogikadagi holatini o’rganish, rangshunoslikni o’rgatishda yangi metodlarni yaratish.

Download 25.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling