Tasviriy san’at o‘qitishning didaktik prinsiplari mohiyati va ta’limda qo‘llaniladigan prinsiplar to‘g‘risida umumiy ma’lumotlar berish. Tasviriy san’at ta’limida qo‘llaniladigan didaktik prinsiplarni ketma-ketligi haqida tushunchalar


Download 16.72 Kb.
Sana05.02.2023
Hajmi16.72 Kb.
#1168206
Bog'liq
Tasviriy san


Tasviriy san’at o‘qitishning didaktik prinsiplari mohiyati va ta’limda qo‘llaniladigan prinsiplar to‘g‘risida umumiy ma’lumotlar berish. Tasviriy san’at ta’limida qo‘llaniladigan didaktik prinsiplarni ketma-ketligi haqida tushunchalar berish. Didaktik prinsiplar va ularni tasviriy san’atni o‘qitishdagi ahamiyati. Tasviriy san’atni o‘qitishda didaktik prinsiplarning o‘ziga xos xususiyatlari.
Umumiy o'rta talim maktablarida tasviriy sanat darslarini didaktik prinsiplarsiz tasavvur qilib bo'lmaydi. Faqat amaliyot bilan nazariyani uzviy boglagan holdagina dars va darsdan tashqari ishlarda ta'lim va tarbiyaning samarali bolishiga erishish mumkin. Didaktik prinsiplar va ularning asosiy masalalari Evropaning buyuk pedagog-olimlari YA.A.Komenskiy, J.J.Russo, I.G. Pestalotssilar tomonidan ishlab chiqilgan. Shuningdek, didaktik prinsiplarni ishlab chiqishda F.A.Disterveg va K.D.Ushinskiylar Ham katta hissa qoshganlar. Ular tomonidan ilgari surilgan g`oya hozirgi zamon didaktikasining asosini tashkil etadi.

Talim va tarbiya birligi prinsipi didaktik prinsiplarning eng asosiylaridan hisoblanadi va bu tasviriy sanatni o'qitish jarayonida alohida ahamiyat kasb etadi. Ma'lumki, bugungi kunda talim-tarbiyaning asosiy qismlaridan biri o'quvchilarni milliy istiqlol mafkurasi ruhida tarbiyalash Hisoblanadi.


O. Tansiqboevning “Jonajon olka”, X. Rajmonovning “May tongi”, N. Karaxanning “Oltin kuz”, Z. Inogomovning “Choyga”, YU.Elizarovning “Natyurmot” kabi asarlarida O'zbekiston ko'rk-jamoli yorqin aks ettirilgan. O'quvchilarni bunday asarlar bilan tanishtirishda bolalarda ona-vatanimizga bolgan ilk muhabbat paydo boladi, shu zaylda ularda ona-vatanga, o'lkaga nisbatan mehr-muhabbat tuyg'ulari yanada kuchayadi.

Ilmiylik prinsipi didaktik prinsiplarning eng asosiylaridan biri bo'lib, u fan asoslarini chuqur o'zlashtirmasdan o'quvchilarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirish mumkin emasligini bildiradi. Boshqa o'quv predmetlaridagi kabi bu prinsip tasviriy sanat darslarida ham amalga oshiriladi.


Tasviriy sanat atrof-muhitni his etish, undagi voqea va hodisalarni o'ziga xos jihatlarini bilishni talab etadi. SHu boisdan tasviriy sanat darslarida o'quvchilar chiziqli va javo perspektivasi, yorug'soya, rangshunoslik, kompozitsiya qonunlarini yaxshi bilishlari talab etiladi. Shuningdek, odam va hayvonlarning plastik anatomiyasi haqida yetarlicha malumotlarga ham ega bo'lishlari lozim. Tasviriy sanat dasturida oquvchilarning bu qonunlarni o'zlashtirishlari ko'zda tutiladi. Perspektiva qonunlarini o'zlashtirmasdan realistik tasvir yaratish mumkin emas, desak mubolag'a bo'lmaydi. Rassom yoki o'quvchining rasm chizish uslubi H.har xil bolishi mumkin, lekin rasm yoki sanat asarlarining qurilishi bir xil, ilmiy asosda bolishi shart. Perspektiva qonunlari hisoblangan chiziqli va havo perspektivasi, ufq chizigi, kesishish nuqtasi, kuzatish nuqtasi, buyumni bir yoki ikki kuzatish nuqtasi asosida rasmini ishlash, o'lchovlarni o'zgarish perspektivasi, och-to'qlikni o'zgarish perspektivasi, ranglarni o'zgarish perspektivasi, shakl va chegaralardagi aniqlikni kamayishi perspektivasi v.b. realistik rasm ishlashga orgatishning asosini tashkil etadi.

Ko'rgazmalilik prinsipi tasviriy sanatni o'qitishda borliqdagi narsa va hodisalarning mohiyatini bilishga, uning xarakterli xususiyatlari va qonuniyatlarini organishga ko'maklashadi.


Naturani organish chogida (sinfda va plenerda) o'quvchilarning kuzatuvchanlik va mantiqiy fikrlash qobiliyatlari rivojlanadi.

O'qituvchida har doim ham o'rganilayotgan obyektni korsatish imkoni bolavermaydi, bunday hollarda unga ko'rgazmalilik yordam beradi. Bu esa o'quvchilarda mazkur sohaga bolgan qiziqishni jonlantiradi.

O'quvchi naturadan rasm chizish jarayonida doim izlanadi, shakllarni solishtiradi, naturaning tuzilishi, o'lchovlari, shakllari, rangi kabilarni bilib oladi. Shubhasiz, bularning hammasi o`quvchilarda kuzatuvchanlikni rivojlanishiga olib keladi.

O'qitishning ongli bolish va o'quvchilarning bilish faolligi prinsipi o'quv jarayonining ostiruvchi va tarbiyalovchi rolini oshirishga olib keladi. Onglilik prinsipining ahamiyati fan, texnika va madaniyat gurkirab rivojlangan hozirgi davrda alojida ahamiyat kasb etmoqda.


Bu prinsip o'qituvchi tomonidan berilayotgan bilimlarni ongli, tushungan kholda o'zlashtirishni bildiradi. O'quvchilar bu bilimlarni kor-korona emas, balki berilayotgan tushuncha ma'lumotlarni ma'no mohiyatini anglab yetgandagina uning bilimlari chuqur va mustahkam bo'ladi va u bolalar xotirasida uzoq saqlanadi. Bunga erishish uchun o'quvchilarning faolligi diqqati va mustaqil ishlari muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, o'ziga qarab rasm chizish darslarida naturani sinchiklab o'rganish ularning tuzilishi, hajmi, shakli, o'lchov va ranglaridagi xarakterli xususiyatlarini bilish kerak boladi.

Boshqa fanlarda bo'lganidek, tasviriy sanat darslarida Ham materiallarni muntazam va ketma-ket bayon etish prinsipi muhim ahamiyatga ega. Bu prinsip butun kurs davomida o'quv materiallarini mantiqan izchil joylashishini va har bir mavzu oldindan olingan bilim, malaka va tajribalarga suyangan holda, yangi materiallarni o'tilganlar bilan bog'lab bayon etilishi lozimligini nazarda tutadi.


Amaldagi tasviriy sanatdan davlat talim standarti materiallarni bayon etishning faqat malum ketma-ketlikda amalga oshirishnigina emas, balki uning muntazam bo`lishligini ham nazarda tutadi.

O'qitishning o'quvchilar yoshiga va kuchiga mos bolishi prinsipi berilayotgan bilimlar yoki ular o'zlashtirilishi lozim bolgan materiallarni murakkablik darajasini bolalar yoshiga va kuchiga mos bolishini nazarda tutadi.



Kuzatishlar shuni korsatadiki, ayrim o'qituvchilar 5-7 sinflarda ham to'rtburchak, doira shaklidagi naqshlar ishlashni davom ettiradilar. Bu topshiriqlar 3-4 sinflardagi vazifalardan deyarli farq qilmaydi. Bulardan tashqari, o'quvchilarga doskaga chizilgan tayyor naqshdan nusxa ko'chirish tavsiya etiladi. Bundan, ular beriladigan topshiriqlarning bolalarga oson bolishiligini nazarda tutadilar. Lekin, topshiriqlarning ota jon bo'lishi ham yaxshi emas, ular birinchidan bolalarning mustaqil fikrlashlarini susaytirsa, ikkinchi tomondan ulardagi rivojlanishni toxtatadi.
Download 16.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling