Tasviriy san’at o’quv predmetining maqsadi barkamol, komil insonni uning badiiy madaniyatini shakllantirishga qaratiladi


Download 4.97 Mb.
Sana15.09.2023
Hajmi4.97 Mb.
#1679143
Bog'liq
tasviriy san


tasviriy san’at o’quv predmetining maqsadi barkamol, komil insonni uning badiiy madaniyatini shakllantirishga qaratiladi. Tasviriy san’at o’quv predmeti har har bir inson uchun zarur bo’lgan badiiy madaniyatga doir elementar bilim va malakalar beradi. Chunki har bir o’quvchi kelajakda qaysi sohada ishlashidan qat’iy nazar u ishdan tashqari vaqtlarida dam olishi, hordiq chiqarishi, ish vaqtida sarflangan quvvatini tiklashi kerak boladi. Bunga u yuksak badiiy saviyada ishlangan san’at asarlari bilan muzey, ko’rgazmalar va boshqa joylarda tanishish, ularni idrok etish, ulardan zavqlanish orqali erishadi. O’quvchilar o’zlarining kelajak hayotlarida ma’lum miqdorda rasm ishlashlariga to’g’ri keladi. Maktabda tasviriy san’at mashg’ulotlarining vazifalari haqida to’xtalganda ularni shartli ravishda ikki qismga bolish mumkin.
1.Tasviriy san’at darslarining o’ziga xos,maxsus vazifalari hisoblanib ular: borliqdagi va san’atdagi go’zalliklarni ko’ra bilish, idrok etish, tushinish va qadrlashga o’rgatish; estetik va badiiy didni o’stirish; bolalar badiiy fikr doirasini kengaytirish; badiiy ijodiy qobiliyat va fantaziyani rivojlantirish; tasviriy san’atning nazariy asoslari (yorug’,soya,rangshunoslik, perspektiva, kompazitsiya) bilan tanishtirish; rasm ishlash, haykal yasash, badiiy qurishyasash yuzasidan elementlar, malakalar hosil qilish; kuzatuvchanlik, ko’rish xotirasi, chamalash qobiliyati, fazoviy va obrazli tasavvurlarini, abstrakt va mantiqiy tafakkurni rivojlantirish; tasviriy, amaliy me’morchilik san’at asarlarini tushungan holda o’qiy olishga o’rgatish; san’atga nisbatan qiziqish uyg’otish uni qadrlashga, sevishga o’rgatish. 2.Tasviriy san’at darslarining qo’shimcha vazifalari,ular; borliqni, hayotni bilishga ko’maklashish; milliy g’urur va milliy istiqlol mafkurasini amalga oshirish; bolalarga axloqiy (vatanparvarlik, baynalminnal); mehnat, jismoniy tarbiyani amalga oshirish; bolalarni turli kasb va hunarga yo’llash. Tasviriy san’at o’quv predmetining maqsadi va vazifalari haqida to’xtalganda yana shuni qayd qilish lozimki, u maktabda o’qitiladigan deyarli barcha o’quv predmetlari bilan bog’lanadi va ular yuzasidan materiallarni o’zlashtirishga samarali ta’sir korsatadi. Ayniqsa u o’qish, adabiyot, geografiya, tabiatshunoslik, biologiya, tarix, matematika, mehnat darslarida alohida ahamiyat kasb etadi. Tasviriy san’at, hattoki, jismoniy tarbiya, kimyo, musiqa darslari uchun ham foydalidir. Shuni ham qayd qilish lozimki, tasviriy san’at estetik tarbiyani amalga oshirishga qaratilgan bo’lsada u axloqiy, mehnat, ekologik, jismoniy tarbiya darslari samaradorligini oshirishga ham xizmat qiladi. Maktabda tasviriy san’at estetik tarbiyani amalga oshirishga yonaltirilgan asosiy o’quv predmeti hisoblanib, u quyidagi yonalishlarda amalga oshiriladi: O’quvchilarning tabiat, sanat va hayotdagi go’zalliklarni idrok etishga o’rgatish: O’quvchilarning estetik didini tarbiyalash, go’zallikni baholay olish qobiliyati, haqiqiy go’zallikni xunuk voqea va narsalardan farqlay bilishga o’rgatish;
Shaxsning tasviriy-ijodiy faoliyatida o’zini ko’rsata bilishga, hatti-harakatini qo’llabquvvatlash va hayotga go’zallik kiritish malakalarini o’stirish: Bolalarning badiiy fikr doirasini kengaytirish va boshqalar. Tasviriy sanat oquv predmetining muhim vazifalaridan biri u bolalarda kuzatuvchanlikni o’stirish, borliqni ko’ra bilish, qolaversa shu orqali xotirani rivijlantirish hisoblanadi. Ma’lumki, odamzod tevarak-atrofdan olayotgan axborotlarning deyarli 90% dan ortig’ini ko’z orqali oladi, qolgan 10% ni quloq, burun, og’iz v.b. a’zolar orqali o’zlashtiradi. Bundan ko’rinib turibdiki, kishilar faoliyatida ko’z va xotirani rivojlantirish nihoyatda katta ahamiyat kasb etadi. Bu sifatlar bolalar tomonidan borliqni idrok etish mashg’ulotlarida, shuningdek, naturadan tasvirlash, san’atshunoslik asoslari mashg’ulotlarida alohida ahamiyatlidir. Bunday darslarda o’quvchilar narsalar va hodisalarning tuzilishi, shakli , rangi, o’lchovlari, fazoviy joylashishi, harakat go’zalligini kuzatadilar hamda ularni o’z xotiralarida saqlab qolishga harakat qiladilar. Kuzatuvchanlikni mohiyati shundaki, bunda bolalar narsa va hodisalar haqida keng va chuqur tasavvurga ega bo’ladilar. Masalan, kuzatuvchanligi rivojlanmagan kishilar gulni kuzatar ekanlar, unga nisbatan yuzaki yondoshadilar,ya’ni gul bandi, guli, yaproqlari, gul rangiga o’z e’tiborlarini qaratadilar. Kuzatuvchanligi rivojlangan kishilar esa gullarning gul bandi, guli, yap-roqlari va boshqalarning o’lchovlari, o’lchov nisbatlari, har bir qismning rangi, yaproq va gulbarglarning joylashuvini bir ko’rishdayoq eslab qoladilar. Bolalarning kuzatuvchanligi va sinchkovligi, o’z o’rnida narsalar haqidagi ma’lumotlarni xotirada yaxshi saqlanib qolishga ta’sir ko’rsatadi. Shuning uchun ham xotirani ayniqsa, ko’z xotirasini rivojlantirishda tasviriy san’at o’quv predmetining qanchalik ahamiyatli ekanligi oydinlashadi. Tasviriy san’at darslarining eng muhim vazifalaridan biri tasviriy, amaliy va me’morchilik san’atlari asarlarini o’qishga o’rgatishdir. Tasviriy san’at asarlari ertak, hikoya, doston, roman kabi ma’lum bir mazmunni aks ettiradi. Biroq uni kitob o’qigandek oqib bo’lmaydi. Tasviriy san’at asarlarini o’ziga xos tili bor. Ularni bilgan kishilargina o’qiy oladilar.
Xususan rassomlar, chiziqlar, ranglar, o’lchovlar, kompazitsiya, proportsiya, ritm, simmetriya shakl kabi ifodalilik vositalari yordamida asar mazmunini ochib beradilar. Tasviriy san’at o’quv predmeti yoshlarning estetik tarbiyasida ahamiyatli bolibgina qolmay balki, axloqiy tarbiyada ham salmoqli o’rinni egallaydi. Ayniqsa, tasviriy san’at darslari yoshlarda milliy istiqlol mafkurasini shakllantirishda, vatanparvarlik va baynalbinnal tarbiyada, do’stlik va o’zaro yordam g’oyalarini tashkil toptirishda katta kuchga ega. Maktab tasviriy san’at dasturiga nazar solar ekanmiz unda Vatanimizning buyuk o’tmishi, vatandoshlarimizning mustaqillik uchun olib borgan kurashlari, O’zbekistonning nafosatga to’la tabiati, xalqlar do’stligi g’oyalarini ifoda etuvchi tasviriy san’at asarlari bilan tolib toshganligining shohidi bo’lamiz. Masalan ona tuproq uchun kurash olib borgan, Amir Temur, Jaloliddin Man- guberdi, Spitamen, Muqnna kabi buyuk vatandoshlarimiz hayoti va obrazlarini, O’zbekistonning rango-rang go’zal manzaralarini, o’zbek xalqining Respublikamizda yashayotgan boshqa millat vakillari bilan tinch-totuv mehnat qilayotganligini tasvirlovchi tasviriy san’at asarlari mavjud. Ularni o’rganish jarayonida bolalar san`atning qonun va qoidalari bilan tanishadilar, yuqorida qayd qilingan mazmunda rasmlar ishlaydilar. Xulosa o’rnida aytish mumkinki, inson uchun zarur bilimlar miqyosi tobora kеngayib borayotgan hozirgi sharoitda muayyan faktlar yig’indisini o’zlashtirish bilan chеklanib bo’lmaydi. Shuning uchun o’quvchilarga oz bilimlarini mustaqil ravishda toldirib va boyitib borishni, ozining diqqat-e'tiborini ilmiy va siyosiy axborotlarning eng muhimlariga qaratishni o’rgatish kеrak. Bu vazifa o’quvchilarning tasviriy san’at darslar ini ta'lim-tarbiya jarayoni bilan uzviy bog`liq holda kеngaytirish va rivojlantirishni taqozo etadi.

  1. B.Z.Azimova ,R.Rajabov,S.F.Abdirasulov,Tasviriy sanatga oid atamalarning izohli lugati.Toshkent -1994.

  2. S. Abdiraulov Tasviriy sanat atamalari. Toshkent- 2003

  3. X.Egamov.Boyoqlar bilan ishlash. –Toshkent . “Oqituvchi”1981.

  4. .R.Hasanov.”Maktabda tasviriy sanat oqitish metodikasi”Toshkent.-“Fan”.2004

Kirish
Bugungi kunda yosh avlodga ta’lim tarbiya berishda o‘quvchilar ongiga milliy g‘oyaning asosiy yo‘nalishlarini singdirishda badiiy ta’lim vositalaridan samarali foydalanish, o‘quvchilarning ma’naviy siyosiy dunyoqarashlarini shakllantirish bilan birga ularda ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirishga xizmat qiladi. Shuning uchun ham mamlakatimizda ta’lim tizimini takomillashtirish borasida maqsadli tadbirlarni amalga oshirish muhim ahamiyat kasb etadi. Bu borada ayniqsa, mustaqillikdan keyin hukumatimiz tomonidan katta e’tibor berib kelinmoqda. Birinchi prezidentimiz I.A.Karimovning “Shuni unutmaslik kerakki, kelajagimiz poydevori bilim dargohlarida yaratiladi, boshqacha aytganda, xalqimizning ertangi kuni qanday bo‘lishi farzandlarimizning bugun qanday ta’lim va tarbiya olishiga bog‘liq”– degan fikrlari so‘zimizning isbotidir. Hozirda barcha ta’lim, fan sohalariga yuksak e’tibor qaratilishi barobarida tasviriy san’at fanining ta’lim muassalalarida o‘qitilishi, o‘rganilishida ham ko‘plab ishlar olib borilmoqda. Hozirgi kunda talim jarayonida interfaol uslublar (innovatsion pedagogik va axborot texnologiyalari) dan foydalanib, talimning samaradorligini ko‘tarishga bo‘lgan qiziqish, etibor kundan-kunga kuchayib bormoqda. O‘quv tarbiya jarayoida pedagogik texnologiyalarning to‘g‘ri joriy etilishi o‘qituvchining bu jarayonda asosiy tashkilotchi yoki maslahatchi sifatida faoliyat yuritishiga olib keladi. Bu esa o‘quvchidan ko‘proq mustaqillikni, ijodni va irodaviy sifatlarni talab etadi. Har bir tasviriy san’at fani o‘qituvchisining vazifasi mana shu texnologiyani topish, uni amalda qo‘llashdan iborat. Buning uchun o‘qituvchi o‘z bilimi ustida ko‘proq ishlashi, kompyuter texnologiyalaridan foydalana olishni bilishi, ta’lim sohasida zamonaviy texnologiyalarning qo‘llanilishi, uning imkoniyatlari va chet el jurnallarida chop etilayotgan dolzarb maqolalar bilan tanishib borishi, yangi g‘oyalar ustida ishlashi, o‘z fikrini bayon qila olish imkoniyatiga ega bo‘lishi lozim. Buning uchun o‘qituvchi chet tilini bilishi, shu tildagi axbortlarni bemalol o‘qiy olishi, chet ellik hamkasblari bilan internet orqali muloqot qila olishi zarur. O’sib kelayotgan yosh avlodni barkamol inson darajasida tarbiyalash borasidagi mavjud muommolarni xal etish ta'lim va tarbiya samaradorligini zamon talablari asosida ta'minlash, uni dunyo talablari darajasiga olib chihishga erishish murakkab jarayon bo'lib, qadim zamonlardan buyon ushbu faoliyatga jamiyatning yetuk vakillari jalb etiladi. Mazkur holat yosh avlod tarbiyasi, uning tashkil etilishi mazmuni nafaqat shaxs kamoloti, balki jamiyat taraqqiyotini ham belgilashda muhim ahamiyatga ega ekanligini anglatadi. Bu sohani chuqur o‘rganish, zamonaviy yangi pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda dars o‘tish, uni shakllantirish, takomillashtirishni amalga tatbiq etish jarayonining rivojlanishi yuqori darajada deb bo‘lmaydi. Bu muammoning ijobiy hal qilinishi uchun tasviriy san’at o‘qituvchilaridan dars o‘tish jarayonida yangi pedagogik texnologiyani qo‘llanilishi talab qilinayotgan ekan, dars o‘tish jarayonida qanday texnologiyalardan foydalanishimiz mumkin degan savol tug‘iladi. Bu haqda biz o‘qituvchilar chuqur va jiddiy o‘ylab ko‘rishimizga to‘g‘ri keladi. Tasviriy san’at darslari amaliy mashg‘ulot jarayoni bo‘lib, berilgan mavzuni to‘laqonli tasvirlash uchun qisqa vaqt (xaftasiga 1 o‘quv soati ya’ni 45 daqiqa) sarflanadi. Agar biz tasviriy san’at darslarda boshqa asosiy vaqti nazariy bilimlarga ajratilgan fanlarda bo‘lgani kabi o‘yin texnologiyasini qo‘llasak, bunda juda ko‘p vaqtimizni bu mashg‘ulotga sarflab amaliy ishni bajarishga vaqtimiz yetmaydi. Shuning uchun hamma texnologiyalar ham tasviriy san’at darslariga to‘g‘ri kelavermaydi. Tasviriy san’at darslarida shunday texnologiyani qo‘llashimiz kerakki, bu texnologiya darsga xalaqit bermasin, balki uning samaradorligini oshirib, o‘quvchilarning fanga bo‘lgan qiziqishlarini kuchaytirib, bilim olish jarayonini tezlashtirishga ko‘mak bersin. Avvaldan dars jarayonida mavzuga oid ko‘rgazmali qurollar, reproduksiyalar va doskaga chizib ko‘rsatish orqali o‘quvchilarga uning ishlash texnikasi, undagi ranglar uyg‘unligi va h.k. to‘g‘risida ma’lumotlar berib borilar edi. Hozirda faqatgina bu usullardan foydalanish juda kamlik qiladi. Bizning fikrimizcha, hozirgi zamonaviy texnologiyalar imkoniyatidan foydalanib tasviriy san’at darslarida taniqli rassomlarning ijod qilish jarayoni (mahorat darslari) yozib olingan videotasmalarni namoyish etib dars olib borishni o‘quv jarayoni tarkibiga kiritsak yaxshi natijalarga ega bo‘lishimiz mumkin. Buning uchun, albatta, kompyuterdan foydalanishimizga to‘g‘ri keladi. Hozirda auditoriyalarda bunga yetarli imkoniyat bor. Kompyuter mashg‘ulot o‘tiladigan auditoriyaga olib kiriladi, bu unchalik muammo tug‘dirmaydi. Bunda o‘qituvchi mashg‘ulotga oldinroq kelib kerakli asbob - anjomlarni tayyorlab qo‘yishiga to‘g‘ri keladi. Bundan tashqari hozirda juda ko‘p o‘qituvchilar shaxsiy kompyuter noutbuklariga ham ega bo‘lib, bu usulni qo‘llash uchun juda qulaylik tug‘diradi. Ko‘rsatilayotgan videotasmalardagi mahorat darslarida natyurmort ishlash jarayonining bajarilish bosqichiga qarab (joylashtirish, qurish, shakl, rang tus nisbatlarini topish va h.) aynan shu darsda bajarishlari kerak bo‘lgan vazifaga oid qisminigina namoyish etilsa, bu jarayon ko‘p vaqtni olmaydi. Keyingi darslarda mavzuga oid vidiotasmalarni yuqoridagi tartibda namoyish etiladi va h. Bundan tashqari buyuk rassomlar ijodidagi dars jarayoniga tegishli asarlarning reproduksiyalari ham ko‘rsatib boriladi. Dars jarayonida o‘qituvchi har bir o‘quvchi bilan individual ishlab, ularga yutuq va kamchiliklari haqida tushuncha berib boradi. Agar o‘qituvchi o‘zi chizgan asarlarini ko‘rgazmali qurol sifatida ko‘rsatishi yoki doskaga berilgan mavzuni amalda bajarib ko‘rsatishi, bu o‘quvchidagi tasviriy san’atga bo‘lgan qiziqishni oshirishda juda katta ta’sir ko‘rsatadi.
O‘quvchilar tasviriy san’at darslariga qiziqishlari tufayli, ko‘rsatilgan mahorat daslaridan ilhomlanib, ranglar bilan qanday ishlash, ularni o‘z o‘rnida qo‘llash, ranglarning o‘zaro uyg‘unligi, qarama-qarshiligi (kontrastlik) xususiyatlaridan to‘g‘ri foydalanish kabi tushunchalarga ega bo‘ladilar va chizishni yaxshi o‘zlashtirgan bolada boshqa fanlarni o‘zlashtirishi ham yengil kechadi, chunki rasm chizish orqali bola katta ma’naviy ozuqa oladi, ayniqsa uning mantiqiy fikrlashi rivojlanadi. Bu jarayonda boladagi harakat, ko‘rish, sezish kabi miyaning tashqi taasurotlarni qabul qilib oluvchi va tahlil qiluvchi tizimlari (analizatorlar) ham faol ishlay boshlaydi. Bundan tashqari rasm chizish boladagi diqqatini jamlay olish, vaziyatni tahlil qilish va to‘g‘ri baholash, o‘ylab topish va tasavvur qilish, ko‘rish xotirasi, kabi xislatlarini shakllantiradi. Ijod barcha moddiy va ma’naviy ne’matlar o‘chog‘i - inson hayotining asosi hisoblanadi. Atrofimizni qurshab turgan tabiatdagi buyumlarning turli shakllari, ko‘rinishlari va nozik rang tuslanishlarining xilma – xilligini vidiotasmalar orqali ko‘rish bolaning ichki dunyosining boyishi va rivojlanishiga ta’siri kuchli bo‘ladi. Bu kabi tasviriy san’at darslarini olib borish orqali o‘quvchilarda rasm ishlashga bo‘lgan qiziqish va ishtiyoq ortadi. Ulardagi tasviriy san’atga bo‘lgan mehr-muhabbati oshadi, natijada ularning ijodiy faoliyatining faollashishiga olib keladi. Videotasvir orqali Vatanimizning buyuk rassomlari ijodini o‘rganish bilan birga o‘quvchilarda ularga bo‘lgan cheksiz hurmat hissi paydo bo‘ladi. O‘quvchilar orasida chizishni qiyin deb, uni boshlashga cho‘chib turuvchilari ham uchraydi. Ammo professionallik darajasida tezkorlik bilan ishlash videotasvirini ko‘rganlaridan so‘ng, ulardagi o‘z-o‘zidan qo‘rqish va cho‘chish hissi yo‘qoladi. Videotasvirlarning namoyish etilishi o‘quvchilarga vaqtdan unumli foydalanishni, tezkorlikni, o‘zaro fikr almashishni o‘rgatadi, qolaversa, o‘quvchilarning bir-biridan ajoyib san’at asarlarini yaratishlariga zamin hozirlaydi.

Tasviriy san’at o’qitish metodikasi, didaktik printsiplar, ta’lim va tarbiya birligi printsipi, ilmiylik printsipi, ko’rgazmalilik printsipi, onglilik va faollik printsipi, bolalar yoshiga va kuchiga moslik printsipi, muntazamlik va ketma-ketlik printsipi. Umumiy o’rta ta’lim maktablarida tasviriy san’at darslarini didaktik printsiplarsiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Faqat amaliyot bilan nazariyani uzviy bog’lagan holdagina dars va darsdan tashqari ishlarda ta’lim va tarbiyaning samarali bo’lishiga erishish mumkin. Didaktik printsiplar va ularning asosiy masalalari Yevropaning buyuk pedagog-olimlari Ya.A.Komenskiy, J.J.Russo, I.G.Pestalotstsilar tomonidan ishlab chiqilgan. SHuningdek, didaktik printsiplarni ishlab chiqishda F.A.Disterveg va K.D.Ushinskiylar ham katta hissa qo’shganlar. Ular tomonidan ilgari surilgan g’oya hozirgi zamon didaktikasining asosini tashkil etadi. Didaktik printsiplar hisoblangan ta’lim va tarbiyaning birligi, ko’rgazmalilik, ilmiylik, onglilik va faollik, muntazamlik va ketma-ketlilik, ta’lim mazmunini bolalarning kuchi va yoshiga mos bo’lishi maktabda tasviriy san’atni o’qitishda alohida ahamiyat kasb etadi. Maktabda tasviriy san’atni o’qitishda didaktik printsiplar professorlar N.N.Rostovtsev, V.S.Kuzin, R.Hasanovlar tomonidan ishlab chiqilgan. Ta’lim va tarbiya birligi printsipi didaktik printsiplarning eng asosiylaridan hisoblanadi va bu tasviriy san’atni o’qitish jarayonida alohida ahamiyat kasb etadi. Ma’lumki, bugungi kunda ta’lim-tarbiyaning asosiy qismlaridan biri o’quvchilarni milliy istiqlol mafkurasi ruhida tarbiyalash hisoblanadi. O’.Tansiqboevning „Jonajon o’lka”, X.Rahmonovning „May tongi”, N.Karaxanning „Oltin kuz”, Z.Inog’omovning „CHoyga”, Yu.Elizarovning „Natyurmot” kabi asarlarida O’zbekiston ko’rk-jamoli yorqin aks ettirilgan. O’quvchilarni bunday asarlar bilan tanishtirishda bolalarda ona-Vatanimizga bo’lgan ilk muhabbat paydo bo’ladi, shu zaylda ularda ona-Vatanga, o’lkaga nisbatan mehr-muhabbat tuyg’ulari yanada kuchayadi. Tasviriy san’at darslarida millatlararo totuvlik va baynalminal tarbiyani amalga oshirish imkoniyatlari ham katta va u turli mavzularda kompozitsiya ishlash, boshqa millat va xalqlar hayotini ifodalovchi suratlarning reproduktsiyalarini, xalq ertaklariga ishlangan illyustratsiyalarni namoyish etish orqali amalga oshiriladi. „Mehmonlarimiz”, „CHet el delegatsiyasini kutib olish”, „Turistlar” mavzularida rasm chizdirish yuzasidan o’tkaziladigan suhbatlarda o’quvchilar ongiga millatlararo totuvlik, do’stlik tushunchalarini singdirishga harakat qilinadi. Asar mazmunini ochishga yordamlashuvchi suhbatlar, turli millat va xalqlarning qiyofalarini tasavvur etish, bolalar ijodining takomillashuviga, tasavvurlarining boyishiga olib keladi. Turli millat yozuvchilarining asarlari va xalqlarining og’zaki ijodiga xos illyustratsiyalar o’quvchilarga boshqa millatlarning hayoti, orzusi, g’oyalari bilan tanishish, sevish va tushunish imkonini beradi. Tasviriy san’at darslarida millatlararo do’stlik, totuvlik Respublikamiz va chet el rassomlari tomonidan yaratilgan asarlar orqali ham amalga oshirildi. Respublikamiz rassomlari tomonidan yaratilgan asarlar orasida o’zbek xalqining hayoti va mehnati, uning boshqa xalqlar va millatlar bilan totuvligi, ba’zi chet xalqlarining hayoti va mehnati aks ettirilgan suratlarni ko’rish mumkin. P.P.Benьkov („Dugonalar”), A.Abdullaev („SHomahmudovlar oilasi”), L.Abdullaev („Demobilizatsiya qilinganlarni kutib olish”), Q.Husniddinxo’jaev („Navoiy va Jomiy”), A.TSiglintsev („Mening uyim, sizning ham uyingiz”), O’.Tansiqboev („Issiqko’l oqshomi”) va boshqalarning bir qator asarlari millatlararo totuvlik, do’stlik g’oyalarini aks ettirganligi bilan ajralib turadi. SHuningdek, tasviriy san’at dasturiga bir qator SHarq va G’arb mamlakatlari rassomlarining ijodini o’rganish ham kiritilgan. Leonardo da Vinchi, Rafaelь, Mikelanjelo, Rembrant, Rubens, Kent, Pikisso, Matiss va boshqa chet el rassomlarining asarlari do’stlik va hamkorlik g’oyalarini amalga oshirishda boy material bo’lib xizmat qiladi. SHuningdek, dasturda Misr, Hindiston, Xitoy, Eron, Yaponiya kabi mamlakatlarning me’morchiligini o’rgatish ham nazarda tutilgan. O’qituvchi bunday san’at asarlarini tahlil qilar ekan, ularning o’ziga xos hamda umumiy belgilarini ta’kidlab o’tishi maqsadga muvofiq. O’quvchilar tasviriy san’at asarlarini o’rganish orqali chet el mamlakatlari xalqlarining mehati va mehnatdagi jasoratlari, an’analari, odatlari, turmush tarzi hamda tabiati bilan oshno bo’ladilar. Jamiyat qurilishining muaffaqiyati har bir kishining mehnat qilish darajasiga bog’liq. SHuning uchun kishilarning jamiyat uchun nafi bo’lgan mehnatga nisbatan hatti-harakati asosiy ko’rsatkich sanaladi. Bu sifat mehnat tarbiyasi jarayonida vujudga keladi. Tasviriy san’at darslarini o’quvchilar mehnat tarbiyasini amalga oshirishdagi imkoniyatlari katta. Bu masala tasviriy san’at darslarining barcha turlari — naturaga qarab tasvirlash, kompozitsiya, san’atshunoslik asoslari mashg’ulotlari mazmunida ko’zda tutilgan. Naturani o’ziga qarab tasvirlash jarayonida o’quvchilar turmushda qo’llaniladigan turli buyumlar, sabzavot va mevalar tasvirini ishlaydilar. O’qituvchi dars jarayonida o’quvchilar mustaqil ish boshlamaslaridan oldin naturani qisqacha tahlil qilib, faqat buyumlar shakli, proportsiyasi, rangi va tuzilishi haqidagina emas, balki ularni yaratish uchun sarflangan katta mehnat haqida ham gapirib beradi. Masalan, turmushga qo’llaniladigan ayrim san’at buyumlarining o’ziga qarab rasmini chizdirishda o’qituvchi o’quvchilarga buyumlarning vazifasi, shakli, ularning qanday materiallardan yasalgani, buning uchun qancha mehnat sarflangani va hokazolar haqida to’xtaladi. SHuningdek, o’zbek xalq amaliy san’ati haqidagi suhbat darslarida o’qituvchi ularning turlari va ustalarning mehnat shijoatining o’ziga xos jihatlari haqida gapiradi. „Paxta terimi”, „Fermada”, „Hosilni yig’ib-terib olish”, „Maktab yer uchastkasida”, „Qurilishda” kabi ishlar o’quvchilarni kattalar mehnati bilan tanishtiradi. Ishlab chiqarish korxonalariga qilingan sayohat bu masalada muhim ahamiyat kasb etadi. Sayohatda bolalar kishilarning qanday mehnat qilayotganlarini kuzatadilar, mehnat sharoitlari va uni tashkil etish yo’llari bilan tanishadilar, kattalar mehnatining natijalarini ko’radilar. Sayohat chog’ida ular kattalar mehnatining ahloqiy tomonini, ularning mehnatga bo’lgan munosabatini, mehnatning jamoaviy harakterini o’rganadilar. Bolalarni sayohat jarayonida olgan taassurotlari ularning rasmlarida aks etadi, natijada o’quvchilarning mehnat haqidagi tasavvurlari yanada kengayadi. Tasviriy san’at dasturida xalqimizning fidokarona mehnati va uning go’zalligni aks ettiruvchi asarlarini o’rganish ham ko’zda tutilgan. O’.Tansiqboevning „Paxtani sug’orish”, „CHorovoq qurilishida”, Z.Inog’omovning „CHoyga” va boshqa asarlari shular jumlasiga kiradi. Bolalar o’zbek rassomlari asarlarining qahramonlari bo’lmish artist A.Hidoyatov, xalq hofizi Mulla To’ycha Toshmuxammedov, amaliy san’at ustasi U.Jo’raqulov va boshqa o’z baxtini mehnatdan topgan kishilar bilan suvratlar orqali uchrashar ekanlar, ular, mehnat jamiyat hayotining, har bir shaxsining asosiy qonuni ekanligiga ishonch hosil qiladilar. Bunday darslarda o’quvchilarni turli kasblarga yo’llash imkoniyatlari ham paydo bo’ladi. Natijada, o’quvchilar mehnat inson baxt-saodatining ma’naviy va axloqiy manbai, har qanday inson mehnat qilmog’i va mehnatni sevmog’i lozim, degan xulosaga keladilar. SHuningdek, bolalar odamlar faqat o’zi uchun emas, jamiyat uchun mehnat qilishlari kerak, mehnat kishilariga va ular yaratgan buyumlarga nisbatan hurmat bilan qarash lozimligi haqida tasavvurga ega bo’ladilar. Maktabda tasviriy san’at estetik turkumdagi o’quv predmeti xisoblanib, o’quvchilarda badiiy va estetik didning rivojlanishida muhim rolь o’ynaydi, ya’ni tasviriy san’at darslarida san’atdagi va borliqdagi go’zallikni ko’rish, tushunish va qadrlay olish hissi takomillashadi. Naturani tahlil qilish jarayonida o’qituvchi o’quvchilarning diqqatini buyumlar shaklining nafisligi, qismlarning proportsionalligi, shakl va rang uyg’unligi, mazmun, shakl va vazifaning mosligi kabilarga jalb etadi. Natijada, o’quvchilarda naturaga nisbatan emotsional — estetik munosabatlar oshadi. O’quvchilar naqsh chizishda, dekorativ — bezak ishlarida tabiat elementlaridan foydalanadilar. Bunga tabiat mahsulotlari yaxshi material bo’lib xizmat qiladi. O’quvchilar tabiat materiallari va hayvonot dunyosini stilizatsiyalashtirib, takrorlanmas va chiroyli naqshlar tuzadilar. Borliqni idrok etish va kompozitsiya darslarida tabiatni kuzatish va uni rasmlarda aks ettirish bolalar tarbiyasiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. O’quvchilar dars jarayonida tabiatni kuzatar ekanlar, ular daraxtlarning tuzilishini, shoh-shabalarning shakl va yo’nalishini turli-tumanligi, barglarning rangi va shakli, nafisligi va yoqimliligini bilib oladilar. SHuningdek, gullarning rangi va shakli, xilma-xilligi, bahor va kuz manzarasining go’zalligi, ninachi, kapalak, qushlarning yengil va nafis parvozi ham o’quvchilarni hayajonlantiradi. Yuqori badiiy saviyada yaratilgan tasvriy san’at asarlarini o’rganishda o’quvchilar ulardan estetik zavq olishadi. Suvrat kompozitsiyasining muvaffaqiyatli yechilishi, ranglarning hamohangligi, borliqning haqqoniy tasviri bolalarni hayajonlantiradi. Bu faqat estetik tarbiyaga taalluqligina bo’lmay, balki, bolalarning tasviriy ijodiga, ularning san’atga bo’lgan qiziqishlarini tarbiyalashga bevosita aloqadordir. Bu borada manzara va natyurmort janrlarining roli kattadir.



Download 4.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling