Tasviriy san’at va amaliy bezak san’ati


Download 18.38 Kb.
Sana30.04.2023
Hajmi18.38 Kb.
#1407562
Bog'liq
misha


Musiqa va Tasviriy san’at kafedrasi “Tasviriy san’at va amaliy bezak san’ati” mutaxasisligi II bosqich magistri Jabborova Shaxzodaning ochiq darsiga (Fikr mulohazalar)
TAQRIZ
Jabborova Shaxzodaning ochiq darsida ishtirok etib quyidagilar aniqlandi. Ochiq dars “Tasviriy san’at o’qitish metodikasi” fanidan o’tkazilib “umumta’lim maktablarda tasviriy san’at ta’limining maqsad va vazifalari, darslarning mazmuni” mavzusiga bag’ishlangan.
Tasviriy san’at mashg’ulotlari o’quvchilarning ko’rish orqali idrok etishini o’stiradi. Ko’z orqali idrok etishni rivojlantirish deganda, biz maqsadga muvofiq kuzatish qobilyatini tushunamiz, ya’ni narsa va hodisalarni solishtirish ularning farqi va umumiy tomonlari aniqlash, narsalarni shakl va tashqi ko’rinish jihatidan klassifikatsiyalashni anglaymiz. Olib borilgan ilmiy tadqiqotlar shuni ko’rsatmoqdaki, odamlar tashqaridan olayotgan har qanday ma’lumotlarning 90%dan ortig’rog’I ko’z orqali oladi. Bu kishilar hayotida ko’zning roli beqiyos ekanligini ko’rsatib turibdi va ko’zning imkoniyatlari o’rganishni talab etadi. Maktabda esa ko’z xotirasini, uning imkoniyatlarini rivojlantirishda boshqa fanlarga qaraganda tasviriy san’at fani ancha ustun turadi. Shu nuqtai nazardan qaraganda tasviriy san’atninh insonlar hayotidagi roli yanada oydinlashadi.
Umumiy ta’lim maktablarida tasviriy san’at darslari estetik tarbiyaning asosiy vositalaridan hisoblanib, o’quvchilari ma’naviy barkamol etib tarbiyashda katta ahamiyatga egadir. Tasviriy san’at darslarida o’quvchilar ilmiy bilim asoslarini egallaydilar, borliqni o’zlashtiadilar, bu esa ularni g’oyaviy, aqliy, axloqiy, estetik jihatdan tarbiyalashda samarali ta’sir ko’rsatadi. Umumta’lim maktablarda tasviriy san’at darslari o’quvchilar ijodiy fikrlash qobilyatini rivojlantirish asosi bo’lib, yildan yilga yangicha ko’rinish kasb etmoqda. Tasviriy san’at darslariga nisbatan yangicha qarash shakllanmoqda. Tasviriy san’at darslarida dekorativ rangtasvir elementlaridan foydalanish, yuqorida keltirilgan fikrlarimizning yaqqol dalilidir. Bundan maqsad albatta dars samaradorligini oshirish bilan bir qatorda, o’zbek amaliy san’ati va albatta milliy dekorativ san’at turlari va buyumlari bilan tanishtirishdir.
Yuqorida keltirilgan ma’lumotlar axborot komunikatsion texnologiyasidan va bajarilgan animatsion taqdimotdan foydalanib tushuntirildi. Bu jarayonda talabalar ham faol ishtirok etdi. Talabalar bilimi interfaol metodlar yordamida sinab ko’rildi. Talabalar o’zlari tushunmagan savollarga kerakli darajada, individual tarzda javoblar oldi.
Ochiq das matni ilmiy-metodik jihatdan to’g’ri tuzilgan va tashkil qilingan . dars o’z maqsadiga erishdi, o’tilgan ochiq darsga ijobiy baho beraman.
Taqrizchi ekspert
BPI “Musiqa va tasviriy san’at”
kafedrasi o’qituvchisi Sh. U. Sobirova
Download 18.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling