«Tasviriy san`at va chizmachilik.» kafedrasi Akademik qalamtasvir asoslari va kompozitsiya fani buyicha


Download 68.22 Kb.
Pdf ko'rish
Sana08.07.2018
Hajmi68.22 Kb.

 

O’zbekston respublikasi Xalq ta’lim vazirligi 

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti 

 

«Tasviriy san`at va chizmachilik.» kafedrasi 

Akademik qalamtasvir asoslari va kompozitsiya 

fani buyicha  

  

 

 

Ma`ruza matnlari. 

 

 

 



 

Lektor.                              J.Abatov 

  

 

 



 

  

                                    NUKUS-2012 jil. 



 

MA`RUZA MATNLARI MAZMUNI  

 

 



1- Ma`ruza 

 

akademik qalamtasvir tarixi va uning maqsad vazifalari. badiy 

talimda qalamchizgilarning ahamiyati.

 



 

1. 


Akademik 

qalamtasvir 

to`g`risidagi 

 

eng 



muhim 

tushunchalar. 

2. Zarur  nazariy  mashg`ulotlar orqali bilim berish. 

Kelajak amaliy mashg`ulotlar uchun zamin tayerlash. 

 

 

2- Ma`ruza 



 

inson  qomatining  cnizgilari.inson  qiyofasini  akademik 

qalamtasvir  usulda  tasvirlashda  metodik  izchizlikka  rioya 

qilish.  buyuk  tasviriy  sanat  ustalarining  ijodi,akademik 

qalamtasvir sohasida johan sanatiga qushgan hissalari. 

 



 

1. Odamning to`liq gavdasi tasvirini chizishdan avvalgi  bosqichni 

nazariy 

tomonlari 

bilan 

tanishtirish. 



Chizgilarning, 

ayniqsa  

qalamlavhalarning  oroli  haqida  uning  o`ziga    xosliklari  to`g`risida  zarur 

ma`lumlotlarni berish. 

2.  Inson    a`zolarining  o`zaro  mutanosibliklarini  tasvirlash 

yo`llarini tushuntirish. 



 

 

 



 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

1- MA`RUZA.  

 

 

 

1-Mavzu. AKADEMIK QALAMTASVIR TARIXI VA UNING MAQSAD 

VAZIFALARI. BADIY TALIMDA QALAMCHIZGILARNING AHAMIYATI. 



 

Reja. 

1. Akademik qalamtasvir to`g`risidagi  eng muhim tushunchalar. 

2. Zarur  nazariy  mashg`ulotlar orqali bilim berish. 

 

1. Akademik qalamtasvir to`g`risidagi  eng muhim tushunchalar. 



 

Tasviriy san`at har bir ijodkor  shaxs uchun  juda  keng foaliyatlar maydonidir.  Rasm 

chizishni puxta  egallash barcha san`at turlarida muhim o`rinni  egallaydi. Shu sababli  akademik 

surat  ishlab      bilimi tasviriy  faoliyatning  barchasida    qo`l  keladi,    muvaffaqqiyatni  ta`minlaydi. 

Qalamtasvir  ishlashga  va    uni  o`z    ma`naviy  haetida  foydalanishgam  odamlar    qadimgi 

paytlardanoq  intilib kelganlar.  Shu sababdan   ham rasm chizishning ma`lum qonun

qoidalari 



ishlab  chiqilgan  va    yillar,  asrlar  mobaynida  takomillashtirilib  kelingan.  Qalamtasvir  barcha 

tasviriy san`at turlarining asosiy, negizi desak xato bo`lmaydi. O`quv 

mashq  vazifalarni puxta, 



ifoadali  qilib tasvirlay olish akademik rasm, qonun 

qoidalarni  atroflicha     ham nazariy , ham 



amaliy jihatdan o`rganishni taqozo etadi.  Ular ish faoliyatini sifatli tashkil  etilishiga  ham ko`p 

tomondan bog`liqdir.   Bundan tashqari, chizishda ishlatiladigan asbob

anjomlar sifatli, talabga  



javob beradigan  bo`lishi kerak. 

Qalamtasvir ishlashning eng asosiy talabi  chizish   ob`ektini har tomonlama   o`xshatib 

aks  ettirishdan  iborat  faoliyatni  ta`minlashdir.  Buning  uchun  tasvirni    qog`oz  sathida  to`g`ri 

joylashtirish,  nisbatlarini  to`g`ri  aniqlash,  buyumlarning    o`zaro  masofasini    va  perspektiva  

holatlarini  aniq  topish  talab  etiladi.    Ishning    maqsadga  muvofiq      chiqishida  albatta  bilim,  

tajriba  va  mahorat  etarli        darajada  bo`ladi.  Bilim  o`qish,  o`rganish,  mutolaa  qilish  orqali 

orttirilsa,  tajriba  va    mahorat    ko`p    ishlash,  tinmay    mashq  qilish,  intilish    evaziga    orttirilishi  

ma`lum. 


 

 

2. Zarur  nazariy  mashg`ulotlar orqali bilim berish. 



 

 

Ta`lim  olishning  yana  bir  muhim  sharti  har  bir  tasvir  etiladigan  narsa,  hodisa,  lavhani  



aslidan, ya`ni naturadan qarab aks ettirilishiga juda bog`liq  ekanligi sir emas. Chunki chizishda    

haet  haqiqatni ko`rsata olish sifati  eng muhimdir desak aslo   yanglishmaymiz. 

Tasvir chizishni  o`rganish oddiy natyurmortlarni, shuningdek alohida 

alohida  turgan 



buyumlarni      aks  ettirish  orqali  amalga  oshiriladi.  Ish  tasvirni    qog`ozga    to`g`ri  va  chiroyli  

tarzda      joylashtirishdan  boshlanadi,  so`ng  har  bir  narsani        o`zaro  joylashishi,  ular  orasidagi 

masofalar  nisbatlar  aniqlanadi.  Bunda  qalam  engil,  qlog`ozga  ortiq  darajada  bosmasdan 

ishlatilishi kerak. Aks holda noto`g`ri  chiqqan joylar  va  erdamchi chiziqlarni  o`chirg`ich bilan 

ketkazish      qiyin  bo`ladi.  Shuning  uchun  o`rtacha      yumshoqlik      darajasidagi    «TM»,  «M», 

«2M»  rusumli qalamlardan foydalanish ancha qulay.  

Tasvirlarni ishlashda  perspektiva qoidalariga   amal qilipnishi zarur. 

Ma`lumki,  har  bir  narsa    boshqa  narsadan    uzoqroqda  turgan  bo`lsa,  u    ko`zimizga 

kichrayib ko`rinadi, tarxlari ham xiraroq bo`ladi, unga tushaetgan erug`lik,   soyalar ham birinchi 

plandagi  buyumnikidan  farqlanib    turadi.    Bularning  hammasi  chiziqli  va  havo  perspektivasi  

hodisasining  tabiatda  namoen  bo`lishidir.      Ana  shu  jihatdan        to`g`ri    aks  ettirilsa    tasvir 


haqqoniy  chiqishi ta`minlanadi. Har bir narsa  qog`ozda tasvirlanar ekan, albatta uning turishiga 

nisbatan ufq chizig`i topib olinishi kerak. U chizuvchi  kishining ko`zi balandligidan  o`tquvchi 

tasavvur etiladigan gorizontal  to`g`ri chiziqni tashkil etadi. 

Natyumrortlarda  uni to`g`ri  aniqlab olib tasvir yaratishda foydalanish zarur shartlardan 

asosiysi  bo`lib,  tasvirning  haqqoniy    chiqishni  ta`minlaydi.    Narsaning  tasvirini    gorizontal 

sathga    va  vertikal    kartina  sathiga    nisbatan  holati  ham  perspektiva      ko`rinishiga  muvofiq   

topiladi.  Bunda  tomonlarning  qisqarib,  uzoqlashib  borgan  sari  qisqarib    ko`rinishi  ufqning 

tutashish nuqtasiga asosan topib chiziladi. 

Tasvir yaratishda fazoviy perspektivaga  ham ahamiyat berilishi zarur. Chunki yaqinda 

joylashib  turgan  buyum  uzoqroqdagisidan  tusi,  rangi,  to`q

ochligi    bilan  ajralib  turadi.  Soya 



 

erug`liklarnitasvir  tarxlariga  monand      o`xshatib      aks  ettirish  ular  o`rnini  to`g`ri    mutanosib  



topishga  ham bog`liqligini unutmasligimiz kerak. 

Natyurmortlarda  manzara  tasvirlariga  nisbatan  perspektiva  qoidalarini    qo`llash 

murakkabroq,  chunki  buyumlar,  narsalar  orasidagi  farq,  masofalar  kamroq  bo`lib,  ular  diqqat 

bilan  kuzatilib  aniqlanadi.  Manzara,  tabiatdagi    perspektiva    esa  yaqqolroq    seziladi.  Masalan, 

tekis yo`nalgan temir yo`lni kuzatsak bu hodisa aniq ko`rinadi. Undagi rel`slar uzoqlashgan sari 

bir


biriga yaqinlashib, ufqqa borib birlashib, nuqta bo`lib ikki tomondagi sim eg`ochlar  tobora 

kaltalashib  boraetgandek  tuyulishi  fikrimizni  tasdiqlaydi.  Bu  hodisani  kuzatib  perspektiva 

qonuniyatlarini anglab olish, tahlil qilish, tegishli bilimlarni olish mumkin. 

Rasm  chizish      jaraenini  bosqichma

bosqich  tashkil    etilishi  tasvir  yaratishning  eng 



muhim  pedagogik    shartlaridan  biridir.  Buning  uchun  rasm  chizganda  uning  hajmiga,  ifodasiga 

ham,  har    bir  narsaning      o`zi  mavjud  bo`lib  turgan  atrof  muhitiga  ham  ob`ektiv  tarzda  

endoshshilishi haqqoniy tasvirlanishi kerak. 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Tekshirish savollar 

 

 

1. Qalamtasvir nima 

?

 

2. Tasvirlashning asosiy qonun



qoidalari nimalardan iborat 

?

 

3. Rasm chizishda  qanday jihozlardan foydalaniladi 



?

 

 



 

 

 

Tayanch tushunchalari. 

    


O`quv qalamtasviri 

chizishni o`rganish maqsadida, uzoq vaqt mobaynida  ishlanadigan  



qalamtasvir. 

Chiziqli  perspektiva 

  qarab  turgan  odamga  nisbatan  tomonlari  kichrayiyu  (o`lchash) 



ko`rinaetgan  predmetni fazoviy holatini  chiziqlarda perspektiva qonun

qoidalariga   asoslanib 



tasvirlash. 

Fazoviy  perspektiva 

  narsalarning  bir



biriga  nisbatan    uzoq  yaqinligiga  qarab  rang 

tussiz, tarxining tiniq  eki   xira bo`lib ko`rinishi. 



Ko`mir 

  eg`och    taeqchalarini  kuydirish  yo`li  bilan  tayerlanadigan,  tasvirlar  chizish 



uchun mo`ljallangan qalamchalar. 

Pastel` 


  bo`eq      kukuniga  elim  aralashtirib    tayerlangan  rangli  qalamlar  (g`ilof 

qoplamasiz). 

Sangina 


  mineral      bo`eq  kukunidan  zichlab      tayerlangan  g`ilofsiz    qalam,  rangli   

jigarrang    va  qizg`imtirlari  bo`ladi,  tasvirlar  ishlaganda  ba`zan    bo`r  bilan  qo`shib    (erqin    erni 

aks ettirish uchun) foydalaniladi. 

Sous 



  zichlangan  bo`eq  kukunidan  tayerlanadi,  rangi  qora  bo`ladi,  quruq  holda      va 



suvda eritib  ham ishlatish mumkin, oq

qora tasvirlar ishlashda  qo`llanadi. 



Akademik rasm 

  o`rganish niyatida bajariladigan  mukammal qalam tasvir. 



Natura 

 narsaning asli. 



Adabietlar. 

1. Risunok . Izdatel`stvo «Iskusstvo». Moskva. 1965. (3

24 betlar). 



2. K.N.Aksenov. Risunok. Moskva «Panorma» 1990. (13

20 betlar). 



3.  V.A.Yablonskiy.  Prepodovanie  predmetov  «Risunok»  i  «Osnovi  kompozitsii». 

Moskva. «Visshaya shkola» 1983. (6

26 betlar). 



4.  B.Boymetov.  Qalamtasvir.  Pedagogika  institutlari  va  universitet  talabalari    uchun  

o`quv 


qo`llanma. Toshkent. 1997. (2

9 betlar). 



5.  B.Tojiev.  Qalamtasvir  asoslarini  o`rganish  (dastlabki  saboqlar).  Toshkent.  1994. 

(4



20 betlar). 

    


 

 

2- MA`RUZA. 2  SOAT. 

 

 

 

2- 

MAVZU 

INSON QOMATINING CNIZGILARI.INSON QIYOFASINI 

AKADEMIK QALAMTASVIR USULDA TASVIRLASHDA METODIK 

IZCHIZLIKKA RIOYA QILISH. BUYUK TASVIRIY SANAT 

USTALARINING IJODI,AKADEMIK QALAMTASVIR SOHASIDA JOHAN 

SANATIGA QUSHGAN HISSALARI. 



 

 

 

REJA 

::::


 

1. Odamning to`liq gavdasi tasvirini chizishdan avvalgi  bosqichni nazariy tomonlari bilan 

tanishtirish.  Chizgilarning,  ayniqsa    qalamlavhalarning  oroli  haqida  uning  o`ziga    xosliklari 

to`g`risida zarur ma`lumlotlarni berish. 

2. Inson  a`zolarining o`zaro mutanosibliklarini tasvirlash yo`llarini tushuntirish. 

 

 

 



 

 

1. Odamning to`liq gavdasi tasvirini chizishdan avvalgi  bosqichni nazariy tomonlari bilan 



tanishtirish.  Chizgilarning,  ayniqsa    qalamlavhalarning  oroli  haqida  uning  o`ziga    xosliklari 

to`g`risida zarur ma`lumlotlarni berish. 



 

 

 



Odamning    qiefasini  chizish  va  haqqoniy  tasvirlash    masalasi  o`quv    jaraenidagi  eng 

murakkab mavzulardandir  desak aslo yanglishmaymiz. Chunki bu turkumdagi vazifalarni  bajarish    

uchun avvalgi mashg`ulotlarda orttirilgan ko`pdan 

ko`p  bilimlar ham qo`l keladi. Agar ular etarli 



darajada      o`rganilmagan  bo`lsa  har  qanday    kishi  oldida  engib  o`tish  qiyin  bo`lgan  masalalar 

ko`ndalang bo`ladi, ish rivojini susaytiradi.Odam qomatining  eng muhim qismlari boy, bo`yin,  elka, 

gavdaning ko`krak sohasi,   bel tos   hamda  yuqori va   pastki tayanch harakat a`zolariga bo`linadi. 

Ularning birgalikda  yaxlit ko`rinishini   chizishdan avval  har birining tuzilishi , shakliga    e`tibor 

berishi, alohida  tezkor chizmalarni chizib mashqlar qilinishi zarur.  Bunday tayergarlik  bosqichidagi   

ishlar turli vositalarda aks ettirilishi  mumkin. Odatda qalamchizgilar  uchun yumshoq  materilalar, 

ayniqsa  ko`mir qalamchalari, retush`  qalami va sanginalardan foydalanish maqsadga muvofiq. Ular 

bilan  ishlaganda    iloji  boricha    o`chirgichdan  foydalanmagan    ma`qul.  Shunga  mashq    qilinsa  aniq  

ishlashdagi mas`uliyat ancha ortadi, natijada  ishonch bilan bexato  ishlashga o`rganib boriladi. 

Odam tasirini chizish dastlabki  kuzatuvchlardan, ya`ni  chizilajak  ob`ektni har tomonlama 

tahlil  qilib    o`rganishdan  boshlanadi.    Gavda  tuzilishidagi    o`ziga  xosliklar,  masalan,    bo`y,  qaddi 

qomatning    past  eki  balandligi,  balki  o`rtacha  me`zonlarga  mosligi  aniqlanadi.  Shunga    muvofiq 



bosh  o`lchamini  mezon  qilib  olib  tanaga  nisbatan  beriladi.  Gavdaning  egilgan    bukilgan  qismlari, 

odam  tanasining  o`tirgan  eki  tik  turganligi,  harakatda  ekanligi  masalalari    kuzatilib    o`rganiladi. 

Shundan keyin oldinga  qo`yilgan talab vazifaga ko`ra tasvirni qog`ozda  joylashtirish  hal  etiladi. 

Tasvir  boshlang`ich  bosqichda  engil

elpi    chiziqlar  erdamida  chiziladi.  Unda  butun  tana 



bo`yicha  o`tkaziladigan  ish  rivojiga    erdam  beradigan      o`q  erdamchi,  simmetrik  chiziqlardan 

foydalaniladi.  Asta

sekin    tananing  turli    qismlarining  o`lchamlari  aniqlashtiriladi.  Shuni  ham 



unutmaslik  kerakki,  odam  qiefasini  chizishda  tananing  statik    eki  dinamik    holatda  ekanligini  

ko`rsatib bera olish muhim   jihatlardan biri hisoblanadi. Buni ijobiy hal   etish  tasvish ishlashning 

boshlang`ich bosqichidanoq nazorat qilinishi kerak. 

 

 



 

2. Inson  a`zolarining o`zaro mutanosibliklarini tasvirlash yo`llarini tushuntirish. 



 

 

 



Harakat  holatini  kuchayib  aks  etishi  tananing  barcha    a`zolarini    o`z  o`rnida    topib  to`g`ri 

tasvirlay  olishda  namoen    etiladi.  Inson  tanasining  umumiy  holatidan    qat`iy  nazar    uning  alohida 

bo`laklarining tasviriga   ham e`tibor berilishi  yaxlitlikni ta`minlovchi omildir.  Shuni ham alohida 

ta`kidlab  o`tmoq  kerakki,    tez  chiziladigan    chizmatasvirlar  bitta  qog`oz  sathida  bir  nechtalab 

ishlanishi  mumkin.  bunday    yo`l  tutish        har  bir  holatni      o`zaro  solishtirib  ko`rish,  tahlil  etish  

imkonini  tug`diradi.  Ma`lumki,  odam  tik  turgani,  o`tirgani  eki  etgani  holatlarida  uning  tanasi  

a`zolarini  o`lchamlari, o`zaro holati  har turli  xususiyatlarga ega bo`ladi. 

Yuqorida  aytilgan  vazifalardagi  qiefani  tasvirlash  murakkabligi  darajasi  ham  turlichadir. 

Shuning uchun har xil vaziyat   va holatlardagi odamlar tasvirini iloji boricha  ko`proq ishlab mashq 

qilinishi 

maqsadga 

muvfoiq. 

Ularda 

konstruktiv 



qurilish 

masalalariga 

rioya 

qilinsa, 



soya

erug`liklarni  ko`rsatishga  ortiqcha    berilmasdan,  chiziqlar  qalin,    ingichkaligi,  plastiklligiga,  



ifodaligiga    e`tibor  berilsa  yaxshi  natijalarga      erishish  mumkin.  Eng  muhimi  erinmasdan    mehnat 

qilishni har bir talaba o`zsh odatiga aylantirishi kerak. 

 

 

Tekshirish savollar. 

    


1. O`quv qalamtasviri va ijodiy qamlamtasvir nimalar bilan farq qiladi 

?

 



2.Odam qiefasini chizishda, uning tana skeletini bilishning  ahamiyati nimada

?

 



3. «Ekorshe» nima uchun chiziladi 

?

 



 

 

TAYaNCh TUShUNChALAR 



Chizgilar 

 qisqa muddatlarda ishlanadigan qalamtasvirlar. 



Chiziqli  konstruktiv 

  chizilaetgan  narsaning  ko`rinmaydigan  ichki  qismlairni  ham  shartli 



qilib  chiziqlapr  erdamida  ifoda  qilish,  ular  orqali  hajmli  tasvir  taassurotini  berish  (soya

erugni 



belgilanmagan  holda). 

Simmetrik 

narsa eki tasvirning ikki qismining bir



biriga aynan  o`xshashi, mutanosibligi  

(muvozonatda ekanligi). 

Statik 


 harakatsiz, turg`un (holat). 

Dinamik



 harakatdagi, tez o`rgaruvchan (holat). 



 

 

                                                    ADABIETLAR 

::::


 

1. Risunok . Izdatel`stvo «Iskusstvo». Moskva. 1965. (144

165 betlar). 



2.A.P. Barishnikov. Perspektiva. «Iskusstvo». Moskva. 1955 (77

80 betlar). 



3. K.N.Aksenov. Risunok. Moskva «Panorma» 1990. (158



168 betlar). 



 

 

Каталог: lektions -> suwretlew%20oneri%20ham%20siziw
lektions -> O`zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogika instituti
lektions -> O`zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogika instituti
lektions -> O`zbekistan Respublikasi Xalk Bilimlendiriu minstrligi Ajiniyaz atindag`i Nokis mamletlik pedagogikalik institut
suwretlew%20oneri%20ham%20siziw -> «Su`wretlew o`neri ha`m siziw kafedrasi.» «plastik anatomiya» pa`ni boyinsha
suwretlew%20oneri%20ham%20siziw -> «Su`wretlew o`neri ha`m siziw kafedrasi.» Kompyuter grafikasi pa`ni boyinsha
suwretlew%20oneri%20ham%20siziw -> «Tasviriy san`at va chizmachilik.» kafedrasi
suwretlew%20oneri%20ham%20siziw -> O`ZBekiston respublikasi xalq ta`lim
suwretlew%20oneri%20ham%20siziw -> Ajiniyoz nomidagi nukus davlat
suwretlew%20oneri%20ham%20siziw -> «Tasviriy san`at va chizmachilik.» kafedrasi plastik anatomiya fani buyicha Ma`ruza matnlari


Do'stlaringiz bilan baham:


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling