«Tasviriy san`at va chizmachilik.» kafedrasi plastik anatomiya fani buyicha Ma`ruza matnlari


Download 140.73 Kb.
Pdf ko'rish
Sana01.04.2018
Hajmi140.73 Kb.

O’zbekston respublikasi Xalq ta’lim 

vazirligi 

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat 

pedagogika instituti 



 

«Tasviriy san`at va chizmachilik.» kafedrasi 

PLASTIK ANATOMIYa  fani buyicha  

  

Ma`ruza matnlari. 

 

 

 



Lektor:                             A. Aldabergenov. 

 

  



 

 

 



 

 

 



 

 

Nukus 2012-yil. 



 

 

 

 

1-mavzu.  Plastik anatomiya va haykaltaroshlik san`ati asoslari. 

 

 

1. Plastik anatomiya fanining asosiy vazifalari. 



2. Plastik anato miya fanining boshqa fanlar bilan 

aloqasi. 

3. Plastik anatomiya fanining tasviriy san`atning bir turi 

sifatida. 

 

2-mavzu.  Haykaltaroshlikda ishlatiladigan asbob-uskunalar. 



 

 

1. Haykaltaroshlikda ishlatiladigan yumshoq va qattiq 



materiallar. 

2. Haykaltaroshlikda ishlatiladigan dastgohlar, asbob-

uskunalar. 

 

3-mavzu.  Odam gavdasi nisbatlari, og`irlik markazi va 



muvozanat. 

 

 



1. Inson muskullar tilimini tasvirlash. 

2. Elka kamari muskullari va ularning harakatlanishi. 

3. Bosh va bwyin muskullari, uning bwlaklari 

 

 



 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

1-MAVZU : PLASTIK ANATOMIYa VA  HAYKALTOROShLIK 

SAN`ATI ASOSLARI  

 

 

ReJA : 

 

1.Plastik anatomiya fanining asosiy vazifalari  

2.Plastik anatomiya fanining boshqa fanlar bilan aloqasi  

3.Plastik anatomiya fanining tasviriy san`atning bir turi sifatida   

 

Tayanch tushunuchalar : 

 

Plastik  anatomiya  haqida  tushuncha,  haykaltoroshlik,    vazifalari, 

boshqa fanlar bilan aloqasi, materiallar, loy, plastilin,  tosh, barele`f, gorel`ef. 

Haykaltaroshlik  va  plastik  anatomiya  kursining  asosiy  vazifalari 

kuyidagilardan  iborat:  badiiy  tafakkur,  ijodiy  qobilyat,  ko`rib  eslab  qolish, 

fazoviy  tasavvurni  shakllantirish;    haykaltaroshlik  san`at  asarlariga  nisbatan 

estetik munosabatni, go`zallikka bo`lgan muhabbatni rivojlantirish;  milliy va 

jahon san`ati tarixiga oid ma`lumotlarni berish; borliq ob`ektlarini loy va turli 

boshqa materiallar vositasida yasash jarayonida plastik anatomiyaga tayanish;  

talabalarni  inson,  qush  va  hayvonlar  plastik  anatomiyasi  asoslari  bilan 

tanishtirish;    plastik  anatomiya  o`qitish  metodikasining  nazariy  va  metodik 

asoslari  mazmun  va  moµiyatini  o`rganish;    tasviriy  vositalar  (chiziq,  siluet, 

kompozitsiya, 

dinamik 


v.b.)ni 

plastik 


anatomiyaning 

nazariyasiga 

tayanishdan iborat. 

 

Talabalar  bilimiga  qo`yiladigan  talablar.  Bo`lajak  bakalavrlar  plastik 



anatomiya  bo`yicha  to`liq  kursni  tugatgandan  so`ng  quyidagilarga  ega 

bo`lmoqliklari  lozim:  Haykaltaroshlik  va  plastik  anatomiyaning  Tasviriy 

san`atda  tutgan  o`rni,  ushbu  fanlarni  o`tishda  kompozitsiya  qonuniyatlari, 

odam  va  hayvonlar  plastik  anatomiyasining  o`ziga  xosligi,  muskullar  tizimi 

va  ularning  tasviriy  san`atda  tutgan  o`rni,  inson  qiyofasini  tasvirlashda 

mimika  muskullarining  aµamiyati,  plastik  anatomiyaning  inson  tasvirini 

chizishda  dinamik  hamda  statik  holatlari,  qush  va  hayvonlarning  plastik 


anatomiyasi  va  uning  tasviriy  faoliyatga  aloqasi  -  milliy  va  jahon 

haykaltaroshlik tarixiga oid ma`lumotni bilish, borliq ob`ektlarini loy va turli 

boshqa materiallar vositasida yasash qobilyaitlariga ega bo`lish,  inson, qush 

va  hayvonlar  plastik  anatomiyasi  asoslari  bo`yicha  bilimlarga  ega  bo`lish, 

haykaltaroshlik  va  plastik  anatomiya  o`qitish  metodikasining  nazariy  va 

metodik  asoslari  mazmun  va  mohiyatini  o`rganish,  haykaltaroshlikda 

dumoloq kompozitsiya, rel`ef, barel`ef,gorel`ef kabilar haqida tasavvurga ega 

bo`lish; 

Fanning  boshqa  fanlar  bilan  aloqasi.  Plastik  anatomiya  fani  tasviriy 

san`atning  asoslaridan  biri  sifatida  quyidagi  fanlar  bilan  keng  alqoda.  Ular 

quyidagilar:  qalamtasvir,  kompozitsiya,  dastgohli,  monumental,  dekorativ 

rangtasvir, tasviriy san`at tarixi va nazariyasi, tasviriy san`at texnologiyasi va 

ayniqsa haykaltaroshlik fani bilan keng aloqadordir. 

Haykaltoroshlik  tosh,  bronza,  yog`och,  gips  va  shunga  o`xshash 

materiallardan  qirqib  o`yib  jasaladi  va  voqealikni  belgili  bilan  hajmga  ega 

bo`lgan  (uch o`lchamli) ko`rinishlar yordamida  tasvirlanadi. Haykaltoroshlar 

tasvirlanish usuliga qarab ikki turga : har tomonlama ko`rishga mo`ljallangan  

hamda  rel`efli  skul`pturaga  bo`linadi.  Hamma  tomonidan  ko`rishga 

mo`ljallangan  skul`pturalar  odamning  boshi  (portret)  ko`krakgacha  (byust), 

tizzagacha  (tors)  umumiy  bo`yin  ko`rsatib  ishlangan    (statuya  )  hamda  bir 

necha  kishilarning    haykalolari  (guruh)  bo`lishi  mumkin.  Agarda  bu  

haykallarga  belgili  bir  odam  yoki    bir  necha  odamlar  portretlari  ishlansa  bu 

portret  haykal yoki guruh portret haykallar deb ataladi. 

Rel`efli    haykallar-  tekislik  yuziga  bo`rttirib  ishlanadi  va  tekislik  fon 

vazifasini  bajaradi.  Rel`ef  skul`pturalarning  ko`rinishi  va    hajmi 

o`rnatiladigan o`rni hamda qanday maqsadda xizmat bajarishiga qarab tanlab 

olinadi. Ularni ko`pincha bezash ishlarida ionika rozetkalar, frizlar ishlaganda 

foydalanadi. Rel`eflarning  xalq bo`rttirib hamda yupqa bo`rttirib ishlaydigan 

turlari  ham  bor.  Qalin  qilib  bo`rttirib  ishlanganlar  (Gorel`ef)  bo`rttirib 

ishlanganlari  (barel`ef)  deb  ataladi.  Mazmuni  va  bajaradigan  vazifasiga  

haykallar  :  monumental  bezash,  dastgohli  kichik  asarlar  bo`lib  bo`linadi. 

Monumental    haykallar    asosan    jamoat  joylariga  o`rnatilib  hajmi  kengdan 

olinib asosiy g`oyani ochib berishga xizmat qiladi. Ularning qatoriga chiroyli  


monumentallar.  Hajmli  haykallar:  esdaliklar  va  material  komplekslari kiradi. 

Monumental  bezash    haykallarning  hajmi  har  xil  bo`lib,  ular    imoratlar,  

bog`lar,  maydonlar  va  boshqa  joylarga  asosan  bezash  sifatida  o`rnatiladi.  

Dastgohli  haykallar  ko`rgazma  zallarga,    muzeylarga,  imoratlarning 

inter`erlariga   qo`yiladi.  Ularning  hajmi  asosiy  nusxaga   yaqin yoki  kattaroq 

bo`lib tasvirlangan obrazlardi ichki dunyosini, xarakterini ta`sirli qilib bayon 

etadi. 

Haykallarning  qaysi  materiallardan  ishlanishi  ularning  hajmi, 



mazmuni,  mavzusi  qanday  maqsadda  bajarilishi  hamda  qaysi  erga 

o`rnatilishiga  bog`liq  bo`ladi.  Agarda    haykal  katta  hajmda  jamoat  joylarida  

o`rnatilishi  mo`ljallangan  bo`lsa,  masalan  :  yoki  monumental  bezash  

haykallar  bo`lsa  metall,  bronza,  qalayi,  cho`yon  va  beton,  mis,  marmar, 

granit,  bazal`t, diorit va boshqalar ishlanadi.  Dastgohli haykallar  yoki kichik 

haykal  asarlari  metall  tosh  yoki  suya  yog`och  materiallardan  ishlanishi 

mumkin.  O`rganish uchun    haykallar  loy  yoki plastilindan  yasaladi.  Plastilin 

zarur bo`lganda qotmaydi, shuning uchun u katta  hajmdagi  haykallar yasash 

uchun yaramaydi. Haykal yasash uchun quyidagi ishlar bajariladi. Kesak loy 

toshlar  maydalanib  vannaga  yoki  suvi  oqib  ketmaydigan  bir  idishga  solinadi 

va  kesaklarning  ustiga  to`ldirib  suv  quyiladi.    Bir  tekis  erishi  uchun  loyning 

tayyor  erining  suvini  olishi  kerak,  shundan  so`ng  qo`l  bilan  aralashtiriladi. 

Agar  loy  qo`lga  yopishmaydigan  bo`lsa  loy  tayyor  deb  hisoblashga  bo`ladi. 

Moyli loylar o`zida namlikni uzoq saqlaydi va  elastik bo`ladi. Moysiz loylar 

skul`ptura  yasash  uchun  bajarilmaydi  hamda  qattiq  bo`ladi.  Ishni 

boshlamasdan oldin loyning namligini tekshirib olish kerak, agar qurib qotib 

qolgan bo`lsa suv sepish kerak bo`ladi. 

Tasviriy  san`at  turlaridan  biri  bo`lgan  haykaltoroshlik  asarlari 

borliqdagi  hajmga  ega  bo`lgan  shakllar  asosida  tasvirlanadi.  Mayda 

bo`lakchalardan  tortib,  park  va  bog`larga  o`rnatilgan  turli  mahobatli 

haykallar,  esdaliklar,  binolarning    devorlariga  ishlanadigan  rel`eflar,  tanga, 

nishon,  medal`  kabilarning  yuzasidagi  bo`rtma  rasmlar  haykaltoroshlik  

san`atining turli ko`rinishlari.   


Haykaltoroshlik asarlari o`zaro ishlatilish joyi, bajaradigan vazifasi va 

tayyorlanish  usuliga  qarab  turlicha  ataladi.  Ular  odatda  dumaloq  va  qabariq 

ko`rinishda bo`ladi. 

Do`maloq    haykallarni  hamma  tomonidan  aylanib  ko`rish  mumkin 

bo`lsa.  qabariq  haykallarni  yuzaga  bo`rttirib  ishlaganligi  sababli  fakat  bir 

tomondan  ko`riladi. Qabariq  haykallar  rel`ef  deb  ataladi.    Rel`ef  frantsuzcha 

so`z bo`lib, «yuza»degan ma`noni anlatadi. 

Rel`efli  haykallarda asosiy  obrazlar bilan  bir qatorda   kenglik,  tabiat 

ko`rinishlari    ham  ifoda  etilgan  bo`ladi.  Shuning  uchun  bunday  rel`eflarni 

ba`zan perspektivali rel`ef  deb xam yuritiladi.  

    

Rel`ef  o`z  navbatida  ikki  turga  bo`lingadi.  Ular  barel`ef  va 



gorel`ef.Barel`ef ham frantsuzcha so`zdan olingan bo`lib, «past» rel`ef degan 

ma`noni  bildiradi.Barel`efda  haykal  tekis  yuzaga  qaraganda  bir  oz  qabargan 

bo`lib, uning qalinligi o`zining haqiqiy  hajmining yarmidan oshmaydi. 

Tanga,  nishon,  orden  va  medal`  yuzasidagi  bo`rtma  tasvirlash  bunga 

misol  bo`la  oladi.  Barel`eflar  alohida  amaliy  san`at  buyumlarini,  arxitektura 

binolarini  bezashda  juda  qo`l  keladi.  Qadimda  turmushda  ishlatiladigan  turli 

xil buyumlar : ko`za, guldon. 

Qurol-yaroqlarning  yuzalirini  barel`eflar  bilan  bezaganlar,  binolarning 

devorlariga turli haytiy voqealarni tasvirlab bo`rtma rasmlar ishlaganlar. 

Gorel`ef  so`zi  frantsuzcha  bo`lib,  «baland»  rel`ef  ma`nosini  bildiradi. 

Haykaltoroshlikning  bu  turida  tasviriy  yuzasidan  sezilarli  darajada  bo`rtib 

chiqqan bo`lib. Uning qalinligi haqiqiy  hajmining yarmidan oshgan bo`lishi 

shart.  Gorel`efga  ko`pchilik  tarixiy  voqealarga    bag`ishlab  ishlangan 

esdaliklar misol bo`lishi mumkin.  

Bu esdalikdagi ayrim haykallar, masalan, oldinda tasvirlangan obrazlar 

yuzaga  qaraganda  juda  bo`rtib  chiqqan  bo`lsa  va  biroq  ular  asosiy 

kompozitsiya yuzasiga yopishgan holda ishlangan. Bu esdaliklarda rel`efning 



ikki  turi    xam  uchrashishi  mumkin.  Biroq  gorel`ef  unda  etakchi  o`rinni 

egallaydi. 

Haykaltoroshlikda rel`efning yana bir turi bor bo`lib, u o`yib ishlangan 

rel`ef.  Bunday  rel`eflar  odatda  tekis  yuzaga  o`yib  ishlanadi.  Yuzani  o`yish 

natijasida  paydo  bo`ladigan  yorug`-soya  o`yini  hisobiga  rasm  ko`zga 

tashlanadi.  Bunday  rel`eflarning  imkoniyati  chegaralangan  bo`lganidan  ular 

amalda juda oz qo`llaeniladi. Ular Qadimgi Misrda ko`pincha ishlatilgan. 

Haykaltoroshlik  asarlarini  yaratish  uchun  har  xil  materiallardan 

foydalaniladi.  Bu  materiallar  haykalga  turli  xarakter  va  mazmun  berishda 

xizmat  qiladi.  Masalan,  tosh-granitda    ishlangan  haykallar  kishida  buyuklik, 

abadiylik bag`ishlaydi, aksincha marmardan ishlangan haykallar nozik, badiiy 

ko`rinadi . 

Shuning uchun haykallar o`zining mazmuni va o`rnatilgan joyiga qarab 

har  xil  materiallardan  ishlanishi  mumkin.  Haykaltoroshlik  materiallari 

quyidagilardan  iborat  :  plastilin,  yog`och,  metall,  marmar,  granit,  suyak, 

tsement, gips va boshqalar. Qimmatbaho metallar-oltin, kumush, pikallar ham 

haykaltoroshlikda qo`llaniladi. 

Haykaltoroshlikda 

deyarli 

rang 


ishlatilmaydi, 

biroq 


xalq 

haykaltoroshligida  haykallarni bo`yash yo`llari uchraydi. Bunga O`zbekiston  

hududida topilgan qator haykaltoroshlik asarlari misol bo`la oladi. 

Haykaltoroshlik  asarlari  va  tasviriy  san`atning  boshqa  turlari  kabi 

o`zining  bajaradigan  vazifasi,  mamzuniga  qarab  qator  tur  va  janrlarga 

bo`linadi. 

 

Haykaltaroshlik turlari deganda biz monumental, dekorativ va dastgoh 



haykaltaroshligini tushunamiz. Monumental haykaltaroshlikka muhim tarixiy 

voqealar,  atoqli  shaxslar  xotirasini    abadiylashtirish  maqsadida  o’rnatilgan 

yirik  o’lchovdagi,  turli  xildagi  yodgorliklar,  haykaltaroshlik  ansambllari 


kiradi.  Bunga  misol  qilib  Ona  Vatanimizning  ko’plab  shaharlarida  davlat  va 

jamoat arboblari, yozuvchi-shoirlarning haykallarini keltirishimiz mumkin. 

Amir  Temur,  Alisher  Navoiy,  Mirzo  Ulug’bek,  Abu  Rayhon  Beruniy  va 

boshqalar.  Odatda  monumental  haykaltaroshlik  asarlari  o’zida  katta 

mazmunni anglatib, mustaqil xarakterga ega bo’ladi. Lekin shu bilan birga u 

bevosita muhit bilan bog’liq bo’lib, me'morchilik binolari hamda tabiat bilan 

uyg’unlikda  bo’lishi  mumkin.  Bu  unga  yanada  ulug’vorlik  va  ta'sirchanlik 

baxsh etadi 15, 15a-rasmlar.  

Monumental  haykaltaroshlik  asarlariga  hos  bo’lgan  xususiyatlardan 

biri  bu  asar  qahramonlarini  ko’tarinki  ruhda  tasvirlashdir.  Monumental 

haykaltaroshlik  asarlari  doim  ochiq  havoda  turish  uchun  mo’ljallangan 

bo’lganligi sababli ular uzok vaqt turadigan qattiq materialdan, masalan, tosh, 

bronza,  granit  va  betonlardan  ishlanadi.  Bulardan  tashqari  monumental 

haykaltaroshlik  asarlari  uzoqdan  ko’rishga  mo’ljallanganligi  sababli,  ularda 

katta-katta, yaxlit shakllardan keng foydalaniladi.  

1.Haykaltaroshlik  asarlari  ham  tasviriy  san'atning  boshqa  turlari  kabi 

o’zining bajaradigan vazifasi, mazmuniga qarab Istirohat bog’lari, hiyobonlar, 

ko’chalar,  shuningdek,  me'morchilik  binolarining  devorlarini  bezash  uchun 

ishlatiladigan haykallarning hamma turlari dekorativ haykaltaroshlik san'atiga 

kiradi.  Haykaltaroshlik  san'atining  bu  turi  monumental  haykaltaroshlikdan 

shu  bilan  farq  qiladiki,  agar  monumental  haykaltaroshlik  asarlari  o’zida 

mustaqil  mazmunni  anglatib  me'morchilik  va  tevarak-atrofga  bog’liq 

bo’lmagan  holda  kishiga  mustaqil  fikrni  bera  olsa,  dekorativ  haykaltaroshlik 

asarlari  esa  bevosita  me'morchilik  kompozitsiyasi  bilan  bog’liq  bo’ladi. 

Bundan  tashqari  agar  monumental  haykaltaroshlik  asarlarida  obrazlar 

ko’tarinki ruhda ishlansa, dekorativ haykaltaroshlik asarlarida  

2.Bunga  xalq  badiiy  ijodiyoti  haykalchalarini  misol  qilish  mumkin. 

Haykaltaroshlikning bu turida turli hayvon va qushlar shakli keng ishlatiladi. 

Binolarning  devorlariga  ishlanadigan  turli  bo’rtma  tasvirlar,  amaliy  san'at 


buyumlarining  yuzasiga  ishlangan  tasvirlar  ham  dekorativ  haykaltaroshlikka 

kiradi. Turli favvoralar, panjaralar, darvozalarga ishlangan badiiy bezaklarga 

ham  dekorativ  haykaltaroshlik  namunalari  sifatida  qaraladi.  Chinnidan 

yasalgan 

haykalchalar, 

loydan 


ishlangan 

o’yinchoqlar 

ham 

shu 


haykaltaroshlikning ko’rinishi hisoblanadi 16-rasm. 

Dastgoh  haykaltaroshligiga  o’zida  mustaqil  mazmunni  anglatadigan 

asarlar  kiradi.  Bunday  asarlar  ko’rgazmalarga,  intererlarga  qo’yish  uchun 

mo’ljallab  ishlanadi.  Haykaltaroshlikning  bu  turida  voqelik  o’zining  butun 

borlig’i  bilan  aks  etadi.  Haykaltaroshlik  san'atining  bu  turida  inson 

psixologiyasidagi  nozik  o’zgarishlar,  uning  ichki  ruhiy  kechinmalari, 

kayfiyati  hamda  xarakterini  ochib  berish  imkoniyatiga  ega.  Dastgoh 

haykaltaroshligining ko’rinishlaridan biri byustdir. U odam portretini gavdasi 

bilan  aks  ettiruvchi  dumaloq  haykallar  gruppasiga  kiradi.  Haykaltaroshlik 

san'atining  yana  bir  ko’rinishi-terrakota  hisoblanadi.  (terrakota-italyancha 

so’z  bo’lib  pishrilgan  loy  ma'nosini    bildiradi).  Terrakota  keng  ma'noda 

loydan 


yasalib, 

xumdonda 

pishrilgan 

haykaltaroshlik 

asarlaridir. 

Haykaltaroshlik  asarlarida  insonning  faqat  tashqi  ko’rinishi,  tinch  turgan 

holati  yoki  harakatdagi  paytini  aks  ettirish  bilan  kifoyalanmay,  undagi  ichki 

kechinmalar,  his-hayajon  va  g’amginlik,  kelajakka  intilish  kabi  holatlar  ham 

o’z  ifodasini  topadi.  Haykaltarosh  asarida  insonning  tevarak-atrofga  bo’lgan 

munosabati,  qalbidagi  iztirob  ishonarli  talqin  etiladi.  Bunda,  albatta,  eng 

avvalo  haykaltaroshning  o’ta  ziyrakligi,  tasvirlash  qoidalarini  puxta 

egallaganligi odam gavdasi va mimik o’zgarishlari borasida plastik anatomiya 

sohasidagi  yuqori  bilimlarga  ega  bo’lishini  taqazo  etadi.  To’g’ri  topilgan 

harakat, yuzdagi mimik holat haykalni ta'sirli ifodalash uchun zamin yaratadi. 

 

 

 



2-MAVZU : HAYKALTOROShLIKDA IShLATILADIGAN ASBOB-

USKUNALAR  

 

 

ReJA : 



 

1.Haykaltoroshlikda ishlatiladigan yumshoq va qattiq materiallar  

 2.Haykaltoroshlikda ishlatiladigan dastgohlar, asbob-uskunalar 

 

 



Tayanch tushunuchalar : 

 

Dastgohlar,  asbob  uskunalar,  yumshoq,  qattiq,  yog`och,  loy,  marmar, 

steklar , xalqalar.  

 

Loydan  haykallar  yasashda  bir  qator  asbob-uskunalar  kerak  bo`ladi.  



Katta  hajmdagi  haykallar  yasashda  loyni  yopishtirish  uchun  yog`och  bo`lsa, 

qattiq yog`ochdan yoki metalldan  yasalgan pichoqlar (stek )hamda turli katta-

kichik qalqon kabi pichoqlar zarur bo`ladi. 

Steklar    suyakdan,  yog`ochdan      va  metalldan  tayyorlanadi.  Asosan 

ishning  oxirida    asarning  nozik    alohida  ishlashda  qo`llaniladi.  Qalqon  kabi 

steklar  metalldan  yog`ochli  sofli  qilib  ishlanadi.  Undan    haykal    yuzasidagi 

ortiqcha loyni qirqib tashlash yoki yuzalarni tekislash uchun foydalaniladi. 

Vaterpas  yordamida  haykalning  gorizontal    sharoiti  tekshirilib 

ko`riladi.  Chizg`ich  orqali  tik  ekanligi  aniqlanadi.  Tsirkul`ning  ko`zdan  

taxminan  olingan  erlarining  qanchalik  to`g`ri  ekanligini    tekshirishda 

foydalaniladi.  Ish  ishlashda  bir  bo`lak  mato  kerak  bo`ladi,  qo`lni  tozalab   

artish  uchun.  Material  va  asbob-uskunalardan  foydalanishning  qoidalarini 

bilishi zarur. 

Uy 


sharoitida 

yuqorida 

aytilgan 

asbob-uskunalarni 

boshqa 

qulaylikliklarini  yaratib  olishga  bo`ladi.  Shunday    dastgohlar  o`rniga  yanada 



sportda  qo`llaniladigan  podshivnikli  gratsiyalardan  foydalansak  bo`ladi. 

Bunda   gratsiya ustiga taxtaycha o`rnatiladi. 



Haykallar  yasash  sirlarini  o`rganish  uchun  oddiy  miniatyura 

ko`rinishlarini  ishlashdan  boshlanadi.  Ishni  boshlashdan  oldin  yasalgan 

ko`rishining asosiy nusxasini ko`z oldimizda turishi kerak. 

Mashg`ulot  vaqtida  ko`rinishni  ko`z  bilan    taxminiy  qo`lda 

asboblarimiz  yasashga  odatlansa,  shunda  barmoqlarning  sezuvchanligi, 

epchilligi  orta  boradi.  Arxitektura  bezash  ko`rinishlar  yasash  o`quvchida 

tekislik,  faza to`g`risidagi  bilimlarini, tushunchalarini boyitadi. 4 

Hozirda  pedagogika  oliy  o`quv  yurtlari  tasviriy  san`at  yo`nalishi 

bo`yicha  o`quv  rejasi  asosida  dars  sifatida  kiritilgan  plastik  anatomiya  fani 

shu  sohada  ta`lim  talabalar  uchun  boshqa  maxsus  kasbiy  ta`lim  fanlari 

qatorida  muhim  ahamiyatga  egadir.  Bu  fan  bo`yicha  mashg`ulotlar    olib 

borilishi  jarayonida  pedagoglar  tomonidan  talabalarga  haykaltoroshlikning 

asosiy  xususiyatlari  to`g`risida  amaliy  bilimlar  bilan  bir  qatorda  atroflicha 

nazariy  bilimlar  ham  berip  borilishi  kerak.  Ularga  eng  oddiy  narsalardan 

boshlab  shaklni  yasashda  malakaviy  ko`nikmalarni  ko`rgazmali  tarzda 

o`rgatib  borish  kerak  bo`ladi.  Bu,  albatta,    ramziy  ko`rgazmali  shakllardan  

(meva,  sabzavot  va  h.k.)    boshlanadi.  Turli  ko`rinishdagi  rel`efli  rozetkalar 

ko`rinishini  namunadan  qarab  yasashni  o`rganish  dastlabki  amaliy  bosqich 

bo`ladi.  Keyingi  bosqich    murakkabligi    ko`proq  bo`lgan  turli    tabiat 

ne`matlarining  ko`rinishi  aks  etgan  rel`efli  namunalar  ishlash  maqsadga 

muvofiqdir.    Me`morchilik  bo`laklari  (kapitel`,  olma  ko`rinishli  rel`efli 

shakllar, so`ngra esa odam, hayvonlar gavdasi etyudlarini ishlashga o`tiladi). 

Bu  jarayonda    (plastilin,  loyda)  ishlaganda  ularga  karkas  yasashga  ko`proq 

e`tibor beriladi. Shu tarzda vazifa murakkablashtirilib boriladi. Bosh tanasini 

ishlashdan oldin David bosh bo`laklari (ko`z bo`laklari, burun, lab, quloq) har 

biri alohida ishlanadi. 

Maqsad  va  mazmuniga  qarab  haykaltoroshlik  asarlarini  yaratishda 

avvalo  uning  anatomik  tuzilishi,  holati    va  boshqa  xarakterli  tomonlari 

aniqlanadi.  Bu  jarayonda  juda  ko`plab  qoralamalar,  eskizlar    chiziladi  va 

materialda  etyudlar  bajariladi.  Shunga  qarab  shakl  yoki  kompozitsiya  ushun 

ishlatiladigan  material  tanlanadi.  Materialni  tanlashda  uning  tabiiy 

xususiyatlari va ishlab berish texnikasiga  katta e`tibor  beriladi. 



Yumshoq  materiallar  bilan  ishlaganda  (loy,  mum,  plastilin  va  h.k.) 

xom  ashyo  parchalari,  bo`laklarini  bir-biriga  yopishtirib,  undirib-o`stirib 

ishlash  (lepka)  usuli  bilan  asarlar  ishlaniladi.  Qattiq  materiallar  (har  xil 

toshlar,  marmar,  yog`och  va  h.k.)  ni  o`yish,  tesish.  Keraksiz  joylarini  olib 

tashlash yo`li bilan ishlov beriladi. 

Ba`zan  aniq nusxa olish uchun metallarga elektroximik ishlov berish, 

gohida    esa  eritilmagan  metalni  o`yish,  chekasiga  payvandlash,  jilvirlash  va 

kesish yo`li bilan ham haykaltoroshlik asarlari yaratiladi. 

Haykaltoroshlik  darslarida  talabalar,  asosan,  plastilin  va  loydan 

mevalar yoki geometrik  jismlar shakllari, naqshli rozetkalar, maskalar,  inson   

portretlari, 

inson 


va 

hayvonlar 

shaklidan 

kompozitsiya 

tuzishdan 

foydalaniladi. 

Plastilin:  yumshoq  material  bo`lib,  loy,  mum,  chuchqa  yoki  

aralashtirilib  sun`iy  ravishda  tayyorlanadi.  U  judayam  yumshoq  egiluvchan, 

uzoq vaqt ko`rib qolmaydi. Plastilinda yasalgan shakllar yorilib  yoki to`kilib 

ketmaydi,  shaklni  o`zgartirmaydi.  Yana  bir  asosiy  ishlatish  uchun    qulayligi 

uni  har  doim  ishlatish  mumkin,  buning  uchun  qo`lda  yaxshilab    ezib 

aralashtirilsa ishga tayyor holga keladi. Ishlatishdan oldin  uzoq vaqt issiqlik 

manbalariga yakin qilib qo`yilsa, u ancha yumshaydi. 

Plastilin  ishlaganda    qo`lga  yopishib  qolmaydi.  Olib  yurish  oson, 

talabalar yoki maktab o`quvchilar ishlashi uchun juda qulay. 

Plastilin qutilarda har xil ranglarda ishlab chiqariladi.  

Talabalar bu ranglarni bir-biriga aralashtirib bir xil rangga  keltiradilar 

va  ishlatadilar.  Shu  bilan  birgalikda  bir  xil  rangli  plastilin  haykaltoroshlar 

uchun maxsus ishlab chiqariladi. Rangli plastilinlarga nisbatan ancha sifatli va 

ishlashga juda ham qulay. 

Sopol  haykalchalar  uchun  maxsus  loylar  ishlatiladi,  keyin  ularga 

bezak  berilib,  ustidan  sirlanadi  (glazur)  yoki  oson  surtiladi.  Oxirgi  paytlarda 

taniqli  va  buyuk  shaxslar    (siyosiy  arboblar,  artistlar,  sportchilar)    haykalini 

bo`y  basti  bilan  haqqoniy  aks  ettirish  uchun  mumdan  foydalanilmoqda. 

Bunda  asarlarning  kerakli  joylari  bo`yaladi,  soch,  kiprik  hatto  ko`zlar  ham 

boshqa materiallardan yasalib unga o`rnatiladi. Unga kiyimlar kiygiziladi. Bu 



asarlar  muzey  va  ko`rgazma  zallarida  namoyish  etilib  keng  ommani  o`ziga 

jalb etmoqda. 

Darslar  maxsus  dastgohlar  bilan  jihozlangan  ustaxonalarda  olib 

boriladi. Bu ustaxonalarda ozodalikka qat`iy rioya qilinishi va  xonani tez-tez 

tozalab  turish  talab  qilinadi,  buning  uchun  albatta    qo`l  yuvish  uchun  issiq 

suv,  loy  tayyorlash  uchun    vanna  bo`lishi  lozim.  Bundan  tashqari      stollarni 

iflos bo`lib ketishdan saqlash uchun polietilin plyonkalar bilan qoplash  zarur 

bo`ladi.  Bu plyonkalar bilan loy qotib  qolmasligi, namligini saqlab, har doim  

ishga tayyor turishi  uchun loyni o`rab qo`yiladi.  

 Qisqacha  qilib  aytganda    haykaltoroshlikni  o`rgatish  jarayonida 

nazariy va amaliy bilimlarni olib borish naturadan qarab ishlash orqali amalga 

oshiriladi  va  oxirida  pirovard  natija  odamning  to`liq  qomatini  yumaloq  

haykalni  ishlashgacha  bo`lgan  o`quv  mashq  jarayonlarini  bosib  o`tishga 

to`g`ri  keladi.  Bunda  albatta    barcha  mashg`ulotlar  qiyofachalar  ishtirokida 

naturadan qarab, tahlil qilib olib boriladi. 

O`rgatishning  so`nggi  bosqichida  esa  talabalar  rel`efli    portretlar, 

byust`,  yarim  gavda  (tors)  va  odamning  to`liq  qomatini  turli    qomat  va 

rakurslarda  ifoda  eta  oladigan  bo`lishadi.  Bularning  barchasi  o`quv  mashq 

jarayoni  bo`lib  keyingi  bosqichda  monumental  haykal  kompozitsiyasi 

borasida ham talabalar eskiz  loyihasini bajarishi  mashk qilish mumkin. 

Xulosa qilib aytganda,  haykaltoroshlik   turini  mukammal  o`rganishni 

maqsad qilib qo`yilar ekan. Dastlabki berilgan barcha talablar bekami-ko`sat 

bajirilishi maqsadga muvofiq bo`ladi. Bu esa o`z navbatida talabalar orasidan 

qobiliyatni    haykaltoroshlar  etishib  chiqishini  ham  ta`minlash  omili  bo`lib 

xizmat qiladi.  

 

Foydalanilgan adabiyotlar : 



 

1.Axmedov N.K. «Odam anatomiyasi» Atlas. Toshkent, 1996. 

2.Boymetov B.B. Haykaltaroshlik. Toshkent,2003. 

3.Boymetov B.B. Haykaltaroshlik.(Qayta nashr) Toshkent,2005 

4.Boymetov  B.B.Tolipov  M.S.  Plastik  anatomiya.  Kasb  hunar     

kollejlari uchun o`quv  qo`llanma. Toshkent,2005 



3- MAVZU: ODAM GAVDASI NISBATLARI,  OG`IRLIK MARKAZI VA 

MUVOZANAT 

 

ReJA : 

 

1. Inson muskullar tizimini tasvirlash  

2. elka  kamari muskullari va ularning harakatlanishi.    

3.Bosh va bo`yin muskullari, uning bo`laklari. 

 

 

Tayanch tushunuchalar : 



 

Muskullar  haqida  tushuncha,    elka  kamari,  bosh,  qo`l,  oyoq,  bo`yin  

muskullari,  gavda  muskullari,  m

 



 

   


 

Talabalarga    plastik  anatomiyani  puxta  o`rganish  kelajakda  ularning 

odam  tasvirini  chizish  mashg`ulotlarida  juda  qo`l  keladi.  Chunki  yuqori 

kurslarda  inson  qiyofasi  chizib o`rganiladi.  Buning uchun  talabalar  avvaldan 

bu boradagi  nazariy bilimlarini mustahkamlab borishlari kerak. Keyinchalik 

esa naturani chizish jarayoni amaliy paytida oladigan ko`nikma va tajribalari 

ham shunga  bog`liq ekanligi sir emas.  

Plastik  anatomiyada  kalla  suyagi  umuman  yaxlit  va  «monolit»  deb 

qaraladi  hamda  uning  faqat  shakli  bilan  yuzasi  o`rganiladi.      Bosh  skeleti  

suyaklarini  yaxlit  bir  butun  narsaning  ajralmas  qismlari,    uning  yuzasiga 

chamalab  mo`ljallashga  yordam  beruvchi  o`ziga  xos  belgili  nuqtalar  sifatida 

o`rganish  kerak.  Bosh  chanog`ining  ichkarisida  yotadigan    suyaklar  ham, 

bosh  skeleti  suyaklarining  ichki  yuzasi  ham  tasvirlab  o`tirilmaydi.  Chunki 

uning  hamma  suyaklari,  pastki  jag`ni  hisobga  olmaganda  bir-biri  bilan 

qo`zg`almaydigan bo`lib birikkan bo`ladi. 

Ma`lumki  kalla  suyagi  2  qismdan  tashkil  topgan.  Ular  asosan  miya 

qismi va yuz qismiga bo`linadi. Bosh suyagining miya qismi bosh miyasi va 


eshituv  organini  o`ziga  sig`dirgan    joy  bo`lib,  kalla  suyagining    yuqori  orqa 

qismini hosil qiladi. 

Kalla  suyagining  yuz  qismida  ko`zlar,  burun,  og`iz  joylashgandir. 

Bosh  skeletini  hosil  qiluvchi  suyaklar  choqlari  yordamida  bir-biri  bilan 

qo`zg`almas bo`lib birikkan. Pastki jag` suyagi esa tabiatan  bunga kirmaydi. 

Bu  suyak  o`ng  va  chap  tomonidagi  pastki  jag`  suyaklari  yordamida    kalla 

suyagi  bilan harakatchan ravishda birikkandir.  

Bosh  suyagini  tasvirlashda  uni  tuxumga  o`xshash  shaklda  yaxlit  aks 

ettirib,  bir-biri  bilan  kesishadigan  va  «krestovina»  deb  ataladigan  chiziqlar 

chizib  olinadi.  Mana  shu  ikkita  chiziq  boshning    qay  darajada    burilgani  va 

boshidanoq  manna  shu  chiziqlarni  aniq  belgilab  olish  va  bosh  skeleti  suyak 

nuqtalarini    yonoq  suyaklari  va  yonoq  ravoqlari  chakka  chiziqlari,  pastki 

jag`ning  o`ng  va  chap  tomonlari,  peshona  suyagining  qosh  usti  ravoqlari 

hamda ko`z kosasi cheti va boshqalarini o`sha chiziqlarga qarab o`ng va chap, 

yuqori  va past tomonda ko`rinishga mos qilib, ifoda qilib borishi kerak. Bosh 

skeletini  chizishda  yonoq  ravog`i,  pastki  jag`ni  ko`z  kosasi  cheti,  peshona 

chegarasi    tepa  suyak    dumboqlarini  sinchkovlik  bilan  belgilab  chiqish 

muhimdir. 

Kala  suyagining  o`lcham  nisbatlari  odam  o`sib  ulg`ayib  boradigan 

davrda  yoshiga  muvofiq  o`sib,  o`zgarib  boradi.  Chaqaloq  bola  kala 

suyangining balandligi katta yoshli odam kala suyagi balandligiga qaraganda 

ikki barabar kam bo`lishi tabiiy holdir. Bolalar  kala suyagining yuqori qismi 

(bosh  tepasidan  to  ko`z    qorachiklarigacha)  balandligi  pastki  yuz  qismidan  

ko`ra ancha katta bo`ladi, chunki bolalarning go`djakligida jag`lar juda kichik 

bo`ladi: bola o`sgan sayin esa bu tafovut kamayib boradi.  

Bolaning peshona dumboqlari ham oldinga ancha turtib chiqib turadi.  

Qosh usti ravoqlari esa yassiligi sabab kam seziladigan bo`ladi. 

Erkak  kishining  kalla  suyagi  ayol  kishining  bosh  suyagidan 

kattaroqdir  (bu  umumiy  nisbatlarga  mos  keladigan    xususiyatdir).  Chunki 

erkak    kishining  o`rtacha  bo`yi  ayol  kishining  o`rtacha  bo`yidan  ko`ra 

balandroq  bo`ladi.  Qalamtasvir  chizish  jarayonida,  o`rganuvchilar  bosh 

suyagining  barcha o`ziga xos tomon va xususiyatlarini  e`tiborga olib tasvir 

yaratsalar, rasm sifatli va o`ziga o`xshab chiqishi ta`minlanadi.  


        Haykaltaroshlikda  odam  qomatini  o’ziga  qarab  haykalini  ishlash 

ta'lim  bosqichlarida  eng  murakkab,  shuning  bilan  bir  qatorda  eng  qiziqarli 

mashg’ulot  turlaridan  biri  bo’lib,  talabadan  nafaqat  amaliy  ko’nikmalarni 

balki plastik anatomiya bo’yicha chuqur nazariy bilimlarni talab etadi. 

       Odam  haykalini  ishlashni  oldingi  vazifalardagidek  ish  joyini  va 

haykal  asosini  bajarishdan  boshlash  kerak.  Asosni  to’g’ri  qurib  olish  uchun 

model shaklini o’rganib olinadi. U bo’lajak tananing skeleti hisoblanib, model 

harakati  asosning  o’zidayoq  to’g’ri  topilgan    bo’lishi  lozim.  Asos  o’qlari 

odam tanasi asosiy o’qlariga mos qilib olinadi. 

Avvaliga  qalinligi  20-30  mm.  taxtachalardan  bir  20x25  sm  hajmda 

tekislik  yasab  olinadi.  Unga  diametri  10-16  mm  simdan  asos  yasab 

o’rnatiladi. 

Haykal 

yasaladigan 



“G” 

shaklidagi 

karkas 

asosga 


mahkamlannadi.  Shundan keyin simdan qomatning asosi yasab olinadi.  

Qomat  karkasi  uchun  simning  yumshog’i  olinadi,  (kerak  bo’lgan 

xollarda  uning  shaklini  o’zgartirish  uchun)  shu  bilan  birga  u  mustahkam 

bo’lishi ham kerak. Chunki u loy og’irligini ko’tarib tura olishi kerak. 

Oyoq  va  qo’llar  uchun  karkasni  alohida  yasaladi,  aks  holda  bir  qo’lni 

qimirlatganda ikkinchisi ham burilib ketishi mumkin. 

Karkas  gavda  qismidan  boshlanadi.  U  uchburchak  shaklidagi  xalqa 

shaklida bo’ladi. Xalqaning asosi yuqoriga, bo’sh uchlarini esa kichik vertikal 

ustun  uchidan  o’tkazilib  gorizontal  elkaga  mahkamlanadi.  Kichik  vertikal 

ustun va gorizontal qismida simni asosiy ustunga mahkamlanadi. 

 

 

Gavda qismi xalqasini shunday qilib olish kerakki, uning yuqori qirrasi 



elka  suyagidan  bir  oz  pastda  joylashsin.  Gavda  xalqasi  yuqori  burchaklari 

ko’krak qismi suyaklaridan oldinga chiqib ketmasin. 

Bosh va bo’yin uchun sim gavda xalqsidan o’tib (xuddi umurtqa suyagi 

kabi)  yuqori  qismi  kesishishida  mahkamlanadi,  keyin  u  kichik  vertikal 



ustunga  boradi  va  so’ngra  gorizontal  elkaga  qayriladi.  Ana  shunda,  bosh 

joylashadigan  erda  ustun  xalqaga  o’tadi.  Uning  balandligi  etyud  shaklining 

butun balandligida olinadi. Qo’l uchun simni gavda xalqasiga uch-to’rt joydan 

mahkamlanadi. Qo’lni yasash uchun simning uzunligini hisobga  olish kerak. 

Agarda  u  pastga  tushirilgan  holatda  bo’lsa  barmoqlarning  uchi  belning 

taxminan o’rtalariga to’g’ri keladi. 

Oyoqlar  uchun  simlar  kichik  vertikal  ustunga  mahkamlanib,  taxta 

tekisligiga  uchlari  burib qo’yiladi.  Shu  erda  u tekislikka deyarli tegib  turadi, 

lekin  unga  maxkamlanmaydi.  Chunki  kerak  bo’lganda  ularni  bemalol 

qimirlatish mumkin bo’lsin.  

Karkas  asoslari  tayyor  bo’lganidan  keyin,  elka,  bel  va  son 

joylashadigan nuqtalariga bir oz simlar o’rab chiqish kerak. 

Bu  ish  simga  loy  quyilganida  og’irlik  qilib  tushib  ketmasligi,  sim 

atrofida aylanmasligi va yaxshi yopishib turishi uchun kerak. 

Haykalni  yasash  loyni  gavda  asosiga  surib  chiqishdan  boshlanadi, 

uning  qalinligi  yasab  bo’lingan  karkasga  qarab  olinadi.  Shundan  keyin 

shaklni  yasashga,  harakatlarini  aniqlashga  nisbatlarini  belgilashga  va  ularni 

umumiy yaxlitlikka keltirishga kirishiladi.  

Haykalni  yasashda  tirik  modelning  harakatini  his  etish,  uning 

nisbatlarini  to’g’ri  belgilash  va  shakllar  plastikasi  orqali  etkazib  berish  juda 

muhim. 

Umumiy  hajmni  ko’rsatib  olib  va  nisbatlarini  aniqlangandan  so’ng 



haykalning umumiy hajmi bilan keltirishga o’tiladi. Tirik odamning haykalini 

yasashda  eng  asosiysi  umumiy  hajmni  ko’rsatib  olib  va  nisbatlarini 

aniqlagandan so’ng, haykalning umumiy hajmi bilan solishtirishga o’tiladi. 

Tirik odamning haykalini yasashda eng asosiysi bu insonning anatomik 

jihatdan tuzilishini va  muskullarining xaqiqiyligini ko’rsatib berishdir. Lekin 

bu  hamma    muskullarni  aniq  tasvirlash  degani  emas:  faqatgina  eng  katta  va 

ko’rinadigan muskullarni aniqlash va ishlash kerak. 


Ko’pincha  bunda  model  bir  oyog’iga  tayanib  turgan,  ikkinchisi  esa 

hiyol  taxtaga  tegib  turgan  holat  tanlanadi.  Asimmetrik  turish  holatida  bo’sh 

oyoq  son  qismi  yuqoriga  ko’tarilib,  tayanch  oyoq  tomonga  qiya  bo’ladi(  bir 

elkka esa ikkinchisidan balandroq turadi. Shu bilan birga umurtqa pog’onasi 

va  asosiy  oldingi  o’q  chizig’i  tayanch  oyoqdan  og’irligi  holi  tomonga  egilib 

turadi.  Etyudning  shakli  butun  balandligini  bilgan  holda  darhol  bo’yin 

chuqurchasini  va  og’irlik  markazini  belgilab  olish  kerak.  Shundan  keyin 

tayanch oyoq bilan bo’yin chuqurchasidan vertikal bo’yicha o’tuvchi chiziqni 

aniqlab  olish  kerak:  buni  orqasidan  ham(  oldidan  ham,  yonidan  ham  ko’rib 

aniqlandi.  

Agarda  bo’yin  chuqurchasidan  tikka  chiziq  tortilsa  u  tayanch  oyoq 

tovonidan o’tadi. 

Etyud  harakatlarni  to’g’riligini  vaqti-vaqti  bilan  tekshirib  turish  kerak 

(bunda chap va o’ng tomon qovurg’a suyaklari va erkin turgan oyoqning ichki 

muskullari o’zaro qanday moslashishlari aniqlanadi). 

Tananing  katta  qismlari  nisbatlarini  oldindan  to’g’ri  olishga  harakat 

qilish kerak( masalan oyoqning gavda va boshga nisbatan uzunligini aniqlash 

va  hokazo.  Katta  o’lchamlarning  nisbatlarini  aniqlab  olgandan  keyin  

kichiklarini( doim bir biriga tez - tez taqqoslab borish lozim. 

Modelning  xarakteristikasini  aniqlashga  o’tishda  (boshqacha  aytganda 

o’xshashligini  etkazib  berish)  tana  qismlari  xarakterli  xususiyatlarini 

tushunish(  belga  nisbatan  elkaning  va  ko’krak  qismining  holati  qandayligini 

bilib  olish(  bo’yinning  bosh  burilishi  va  egilishiga  nisbatan  harakatlarini 

ko’rib chiqish muhimdir. 

Hajmli  shaklni  qurishda  o’q  chizig’i  yoki  butun  tananing  old  o’rta 

chizig’i  mo’ljal  bo’lishi  kerak(  old  o’qi  burun  suyagidan  dahanga(  bo’yin 

chuqurchasiga(  ko’krakdan  oyoq  tomonga  va  tayanch  oyoqning  ichiga 

tushadi; orqa o’qi esa kalla orqa suyagi do’ngligidan ettinchi bo’yin umurtqa 

suyagiga  va  shundan  keyin  umurtqa  bo’ylab  ketadi.  Sinchga  loyni  surtib 


oldingi  va  orqa  o’qlarini  belgilab  olinadi.  Masalan  bo’yindagi  chuqurchani 

topib olib darhol bo’yin ettinchi umurtqa suyagini aniqlab olish kerak( oldingi 

yuqori  va  orqa  yuqori  yon  suyaklari  bir  xil  qiyalik(  egilishlarini  qurib  olish 

lozim.  Shu  bilan  birga  tovondan  tizza  ko’zining  uchigacha(  undan  esa  o’sha 

oyoq suyagining beligacha bo’lgan masofani topish, bo’yin chuqurchasigacha 

o’lchash va ularning bir - biriga nisbatlarini aniqlash kerak.  

Shaklni  qurish(  balandligini  aniqlash  va  nisbatlarini  belgilashda  juft 

tayanch  nuqtalardan  foydalanish  lozim.  Ularni  to’g’ri  aniqlash  modelning 

asosiy harakatlari etkazib berishga yordam beradi. 

Bu  nuqtalar  quyidagilardir:  bo’yin  chuqurchasi(  orqadan  esa  ettinchi 

bo’yin  umurtqa  suyagi:  elkaning  juft  suyaklari  (ular  orqali  elka  kengligi 

aniqlanadi),  katta  burilish  yon  tomon  suyaklari  yuqori  oldingi  qirrasi  va 

burulish  chuqurchasi(  tizza  ko’zlari(  tovon  suyaklari(  ichki  to’piq  va  tashqi 

to’piq(  oyoqlar  katta  barmoqlari,  tirsaklar(  tirsak  suyaklari  do’nglik 

o’simtalari( qo’llar o’rta barmog’i uchlari( quloq supralari va shu kabilar. 

Shu  bilan  birga  har  bir  alohida  qismni  aniqlashda  ularning  markaziy 

tayanch  nuqtalarini  ham  bilish  kerak.  Bu  burun  suyagi  boshlanishi(  burun 

suyagi( dahan aylanasi( elka chuqurligi( ko’krakdagi o’simtasidir. 

Haykal  yasashda  shaklarning  har  bir  alohida  qismlari  o’q  chizig’ining 

yo’nallishlarini aniqlashga katta axamiyat beriladi.  

Harakatlarni aniqlash to’laligicha shularga bog’liq bo’ladi. 

Bu bosqichda gavdaning bo’laklarini bir vaqtning o’zida chap va o’ng 

tomonlarini  simmetrikligini  esdan  chiqarmasdan  ishni  olib  borish  kerak. 

Shaklning  simmetrikligi  faqatgina  alohida  qismlardagina  bo’lmasligi  kerak. 

Masalan, ko’krak qafasining tomonlari orqadan ham oldindan ham bir-biriga 

mos kelishi kerak. 

Ko’pincha  talabalarda  shunday  xatolar  uchrab  turadi:  belga  nisbatan 

elka    kengligi  og’ishi  to’g’ri  olingan  bo’lsa  ham  o’mrov  suyagi  va  ko’krak 

burchaklaridan o’tadigan chiziqlar qiyaligi noto’g’ri olingan bo’ladi. 


Haykalning boshlanish davridayoq hali bosh tuxum( bo’yin esa silindr  

shaklidaligidayoq 

boshning 

umumiy 


kengligini 

uning 


bo’yinda 

joylashtirilishi,  enining  balandligiga  nisbatlarini  to’g’ri  olish  kerak.  Aynan 

ana  shu  bosqichda  bosh  va  bo’yinning  xarakatini  aniqlash  kerak(  uning 

holatini ifoda etuvchi omillar ana shunga bog’liq bo’ladi. 

Ko’krak  –  elka  muskullari  harakatlari  va  plastikasiga  e'tibor  berish 

lozim  va  bo’yining  burilishi  va  boshning  unga  ulanishi,  birlashishini  aniq 

ifoda etish kerak. 

Shundan so’ng boshning o’rta va ko’ndalang o’q chiziqlari belgilanadi: 

ko’ndalang  o’q  chizig’i  ko’z  kosasi  o’rtasidan  quloq  teshiklari  orqali 

o’tkaziladi. 

Bu  esa  boshning  fazodagi  xolatini  darhol  aniqlash  imkonini  beradi 

hamda  boshga  keyingi  ishlovlar  berish  va  umuman  shaklga  ishlov  berishda 

yordam  beruvchi  o’rta  chiziq  va  ko’ndalang  chiziq  kesishishi  nuqtasi  burun 

suyagi  yuqori  nuqtasini  belgilab  beradi.  Јo’llarni  yasashda  elka(  kuraklar 

hamda  ularni  gavda  bilan  bog’lab  turuvchi  muskullarga  e'tibor  berish  kerak 

(ko’krak katta va kichik muskullari( trapetsiya ko’rinishidagi muskullar( orqa 

tomon keng muskullari va shu kabilar). 

Shundan  keyin  elka  kamari  kengligi  va  qo’llarini  ko’rsatuvchi 

nuqtalarni yana bir bor tekshirib chiqish kerak( aynan: old tomonidan o’mrov 

suyagi  va  akromial  -  o’mrov  suyagi  asoslarini(  ilgaksimon  o’simtani(  elka 

suyagi  boshchasini(  elka  suyagi  qo’ltiq  to’qimalarini,  bilak  suyaklar 

boshlarini(  orqa  tomondan  kurakning  umurtqa  yonlarini(  kurak  suyaklari( 

kurakning pastki va yuqori burchaklarini va hokazolar. 

Haykal 


yasashni 

yakunlashda 

ushbu 

namunada 



aniqlangan 

xususiyatlarni  etkazib  berishning  yaxlitligiga  katta  e'tibor  berish  kerak  45-

rasm. 


Shakllarni  modellashtirishda  etyuddan  bir  oz  uzoqlashish  tavsiya 

etiladi(  shunda  haddan  tashqari  ortiqcha  batafsillikka  yo’l    qo’yilmaydi  va 

haykalni yaxlit ko’rish imkoni bo’ladi. 

Shu  sabab  plastik  anatomiyani  ana  shu  bosh  chanog`i  qismlari  va 

o`ziga xosliklari tushuntirilgan bo`lishini sinchkovlik bilan ham nazariy, ham 

amaliy  jihatdan  puxta,  atroflicha  o`rganilishi  kerak.  Bunda  ayniqsa,  amaliy 

mashq-rasmlarni  ko`p  martalab  bajarish  katta  samara  beradi.    Talabalar  

bilimini oshirishning omili bo`ladi. 

 

Foydalanilgan adabiyotlar : 

 

1.Axmedov N.K. «Odam anatomiyasi» Atlas. Toshkent, 1996. 

2.Boymetov B.B. Haykaltaroshlik. Toshkent,2003. 

3.Boymetov B.B. Haykaltaroshlik.(Qayta nashr) Toshkent,2005 

4.Boymetov  B.B.Tolipov  M.S.  Plastik  anatomiya.  Kasb  hunar     

kollejlari uchun o`quv  qo`llanma. Toshkent,2005 

5.Shobaratov P. Haykaltaroshlik. Ma`ruzalar matni. 2001. 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

Каталог: lektions -> suwretlew%20oneri%20ham%20siziw -> plastikalik%20anatomiya
lektions -> O`zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogika instituti
lektions -> O`zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogika instituti
lektions -> O`zbekistan Respublikasi Xalk Bilimlendiriu minstrligi Ajiniyaz atindag`i Nokis mamletlik pedagogikalik institut
plastikalik%20anatomiya -> «Su`wretlew o`neri ha`m siziw kafedrasi.» «plastik anatomiya» pa`ni boyinsha
suwretlew%20oneri%20ham%20siziw -> «Su`wretlew o`neri ha`m siziw kafedrasi.» Kompyuter grafikasi pa`ni boyinsha
suwretlew%20oneri%20ham%20siziw -> «Tasviriy san`at va chizmachilik.» kafedrasi
suwretlew%20oneri%20ham%20siziw -> O`ZBekiston respublikasi xalq ta`lim
suwretlew%20oneri%20ham%20siziw -> Ajiniyoz nomidagi nukus davlat
suwretlew%20oneri%20ham%20siziw -> «Tasviriy san`at va chizmachilik.» kafedrasi Akademik qalamtasvir asoslari va kompozitsiya fani buyicha


Do'stlaringiz bilan baham:


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling