Tasviriy san`at va muhandislik grafikasi yo`nalishi 3-kurs talabasi axmadjonova sevaraning


Kurs ishi mavzusining dolzarbligi


Download 1.06 Mb.
bet2/11
Sana22.04.2023
Hajmi1.06 Mb.
#1378337
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
AXMADJONOVA SEVARANING

Kurs ishi mavzusining dolzarbligi: Hozirgi zamon mashinalari, stanoklari, apparaturalari va asboblarining ko‘pchiligida mexanikaviy, pnevmatik hamda elektr konstruksiyalar mavjud. Mashinalarning ish prinsipini ularning yig‘ish chizmalariga va umumiy ko‘rinishlar chizmalariga qarab o‘rganish juda qiyin, shuning uchun ko‘pincha soddalashtirilgan maxsus tasvirlar bajariladi. Bunday sxemalar mashinalarning ish prinsipini tezda tushunib olishga imkon beradi. Hozirda muhandislik grafikasi fanlari doirasida sxemalarni chizishga kam e’tibor berilmoqda, sxemalar chizmalarini kam bajargan talaba uni o‘qiy olish ko‘nikmasiga ham ega bo‘lmay qoladi.
Kurs ishining maqsadi: Talabalarga boltli va shipilkali birikmalar va ularning ishlab chiqarishdagi o’rni bilan tanishrish, ular yordamida chizmalarni chizishni va uni o‘qiy olishni o‘rgatish va uning metodikasini
ishlab chiqish orqali talabalarni tasviriy san’atning o’qitish metodikasi faniga qiziqishlarini yanada oshirish.
Kurs ishining vazifasi:
- bo’lajak tasviriy san‘at muhandislik grafikasi o‘qituvchilarining - muhandislik grafikasi bo‘yicha kasbiy tayyorgarligi tizimi mazmunining nazariy va amaliy holatini o‘rganish va tahlil qilish;
- talabalarga boltli va shipilkali birikmalar va ularning ishlab chiqarishdagi o’rni haqida tushunchalar berish va takomillashtirish;
- talabalarning mavzu yuzasidan bilim, ko‘nikma va malakasini shakllantirish;
- talabalarni zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida muammoli darslarni tashkil eta olish ko‘nikmasini shakllantirish.
Kurs ishining ob’yekti: Oliy ta’lim tizimida “Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi” bakalavriyat ta’lim yo‘nalishi talabalariga grafikaviy ta’lim berish jarayoni.
Kurs ishining predmeti: Bo‘lajak chizmachilik o‘qituvchilarini tayyorlash bo‘yicha tahsil olayotgan talabalarning muhandislik grafikasi ilmini egallash jarayonidagi ta’lim mazmuni va texnologiyasi.
Kurs ishining tuzilishi va tarkibi: Kurs ishi kirish, ikki bob, to’rt paragraf, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat bo‘lib jami 34 sahifani tashkil etadi.
I. BOB. BOLTLI VA SHIPILKALI BIRIKMALAR VA ULARNING
ISHLAB CHIQARISHDAGI O’RNI
1.1 . Brıkmalar to`g`rısıda umumıy ma`lumotlar

Birikmalar ikkiga bo’linadi: ajraladigan va ajralmaydigan. Birikma tarkibidagi detallarni sindirmasdan, yormasdan, qayirmasdan ya'ni shikast yetkazmasdan bo’laklarga ajratilsa, ajraladigan birikma deyiladi. Birikmani tarkibidagi detallarni shikast yetkazmasdan bo’laklarga ajratish imkoni bo’lmasa, ajralmaydigan birikma deb ataladi. Ajraladigan birikma o’z navbatida ikkiga bo’ linadi: qo’zg’almaydigan birikma va qo’zg’aladigan birikma. qo’zg’almaydigan birikmaga barcha rezbali birikmalar (boltli, shpilkali, vintli, fitingli birikmalar) kiradi. Qo’zg’aladigan birikma esa shponkali, shlitsali va shtiftli birikma turlariga bolinadi.


Ajralmaydigan birikmaga payvand birikma mix parchin birikma va kavsharlash, kleylash yordamida hosil qilingan birikmalar kiradi.
Har bir mashina, stanok va asbob uskunalar, turli inshoat qismlari, turli detallarni brikmalaridan tashkil topgan bo’lib, qandaydir ish bajaradilar. Lekin detallarning tuzulishlari va bajaradigan vazifalariga qarab brikmalar turlicha bo`ladi. Ishlab chiqarishda yoki inshoat qismlarida ikki detalni bir – biri bilan ajraladigah va ajralmaydigan qilib biriktirish mumkin. Ma’lumot uchun ajralmas birikmalarni ko’rib chiqamiz. Bunday birikmalar ajralish vaqtida, brikma detallari buziladi, yoki sinadi. Bu birikmalarga ayvandlangan, kavsharlangan yoki parchinlangan detallar kiradi. Ajraluvchan birikmalar ajralish vaqtida, brikma qismlari uzulmaydi yoki sindirilmaydi.
Bu brikmalar ikki hil bo’ladi: qo’zg’aluvchi va o’zg’almaydigan brikmalar. Detallari bir – biriga nisbatan siljishi mumkin bo’lgan birikmalar-qo’zg’aluvchi brikma bo’lib, ularga quyidagilar kiradi: shponkali birikmalar va shlistli birikma.
Qo’zg’almaydigan lekin ajraladigan birikma detallarida rezbalar ishlatiladi va ularga quyidagilar kiradi:



  1. Boltli birikma.

  2. Shpilkali birikma.

  3. Vintli birikma.

  4. Fitinkali ( muftali ) birikma.

Ishlab chiqarishda ko’pgina standart detallar qatori rezbali birikmalardan ham ko’p foydalaniladi. Shuning uchun rezbali birikmalarni chizmasini puxta o’rganish talab qilinadi.
Rezbali brikmalar har –xil turdagi rezbalar yordamida bajariladi.
Rezbani tayyorlash quyidagicha bajariladi: tokarlik dastgohining qistirmasiga silindrik o’q o’rnatilib, unga tekis aylanma harakat beriladi. So’ngra rezba o’yuvchi asbob(kesgich)ni yaqinlashtirib, o’qqa (materialga) o’yib kiritiladi. Agar kesgichga tekis ilgarilanma xarakat berilsa, material sirtida rezba deb ataluvchi vint o’ramlari hosil bo’ladi.
Boltli birikmada birikuvchi detallar, bolt, shayba, gayka zaruriyat bo’lganda shplintdan foydalaniladi. Bolt va gaykalar bosh ko’rinishda ularning uchta yoklari ko’rinadigan qilib joylashtiriladi. GOST 2305-96
bo’yicha bolt, vint, shpilkalar bo’ylama qirqimda kesilmagan holda tasvirlanadi. Gayka va shaybalar ham yig’ma chizmada kesilmagan holda tasvirlanadi. Bitta detalning barcha tasvirlarda qirqim shtirixovkasi qiyaligi bir tomonga bo’lishi kerak.
Boltli birikmada mahkamlash detallari 3. 1 -shakl, a da ko’rsatilgandek shartli ravishda chiziladi. Bolt uzunligi uning oxirini gaykadan chiqib turgan qismi (K)ni hisobga olgan holda tanlanadi. Boltning uzunligini hisoblash formulasi: b =a+b+Ssh+H+K; bu erda a va b birikuvchi detallar qalinligi; H bolt kallagi balandligi, rezbaning uzunligi esa birikmani mustahkamlik shartidan kelib chiqib tanlanadi. Ehtiyoj chorasi hisobga olingan rezba N≥2Ssh. Boltli birikma chizmasiga faqat uchta o’lcham qo’yiladi: rezba diametri, bolt uzunligi va birikadigan detallar teshigining diametri.

Download 1.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling