Tasviriy san`at xonasini tashqil etish va jihozlash reja
Download 43.05 Kb.
|
1 2
Bog'liqAlamova Sabina
Tasviriy san`at xonasini tashqil etish va jihozlash. reja: 1. Kirish 2. Tasviriy san`atni o`qitishda maxsus xonani bo`lishligining zaruriyati. 3. Tasviriy san`at xonasida saqlanadigan jihozlar va o`quv qurollari. 4. Tasviriy san`at xonasining badiiy bezagi. 5. Xulosa 6. Adabiyotlar 7. Ilova Kirish
Tasviriy san`atdan olib boriladigan ishlarning hajmi va turlari ham xilma-xildir. Maxsus xonaning zaruriyati quyidagilar bilan izohlanadi: - tasviriy san`at va chizmachilik darslarini yuksak metodik saviyada olib borish: - tasviriy va amaliy san`atdan to`garak ishlarini o`tkazish; - tasviriy va amaliy san`atdan sinfdan tashqari ishlarni (uchrashuv, tanlov, ko`rgazma, suhbat, munozara, kecha v.b.) Tashkil etish; - o`quvchilarning darsdan tashqari mustaqil ishlarini o`tkazish; - jamoa bo`lib televidenie orqali beriladigan maxsus ko`rsatuvlarni tomosha va munozara qilish v.b. Ayniqsa, san`at asarlarini perspektiva, rangshunoslik, yorug`soya qonunlarini, rassomlarning hayoti va ijodini o`rganishda tasviriy san`at xonasining ahamiyati beqiyosdir. Tasviriy san`atdan ko`rgazmali qurollar hisoblangan gipsli geometrik shakllar, gipsli rozetkalar, uy-ro`zg`or buyumlari (lagan, choynak, piyola, guldon, kapkir, bidon, qumg`on, patnis, sabzi taxta v.b.) Musiqa asboblari (rubob, dutor, nay, childirma, surnay, skripka, v.b.) Meva va sabzavotlar (olma, nok, behi, qovun, tarvuz, qovoq, sabzi, piyoz, baqlajon, uzum, anor, v.b.)Ning modellari, qush va hayvonlarning (quyon, chumchuq, qaldirg`och, kabutar, qarg`a, bulbul, sa`va, to`ti, tipratikon, laylak, turna v.b.) Tulumlarini saqlash va ulardan foydalanish uchun maxsus xona talab etiladi. Tasviriy san`atdan o`zbek va chet el rassomlari, xalq amaliy san`ati va me`morchilik asarlarining reproduksiyalari, rangshunoslik, yorug`-soya va perspektiva qonunlariga oid chizish va bo`yash usullarini ko`rsatuvchi jadvallar borki, ulardan unumli foydalanish ko`p jihatdan maxsus xonaga bog`liqdir. Ma`lumki, tasviriy san`at mashg`ulotlarini dastur talablari darajasida o`tkazish, rasm chizish uchun molbert yoki moslamali parta, natura qo`yish uchun taglik, naturani sun`iy ravishda yorug`lantiruvchi asboblar kerak bo`ladi. Tasviriy san`at xonasi bo`lmagan taqdirda bu ko`rsatilgan ko`rgazma va texnika vositalarini (mavzuga taaluqli bo`lganlarini albatta) o`quvchi sinfdan-sinfga ko`tarib yurishiga to`g`ri keladi. Bu ishlar esa ma`lum qiyinchiliklar bilan bog`liq bo`lganligi sababli ularni amalga oshirib bo`lmaydi. Natijada, mashg`ulotlarning ko`pchiligi ko`rgazmaliliksiz o`tiladi va u dastur talablariga javob bermaydi. Hozirda, boshqa fanlar qatori tasviriy san`at darslarini texnika vositalarisiz tasavvur etib bo`lmaydi. Chunki, san`atshunoslik asoslari kursini o`tishda ko`plab slayda, diopozitiv, diafilm, kinofilmlar namoyish etish kerak. Maktablarni yoppasiga kompyuterlashtirish amalga oshirilayotgan bir davrda maxsus xonaning bo`lishi yanada oydinlashadi. Mana shuning uchun ham hozirda tasviriy san`at predmetining o`qitilishini talablar darajasiga ko`tarish uchun har bir maktabda bu fandan maxsus xona bo`lish shart. Hali ko`pchilik maktablarimizda maxsus xonalar tashkil etilmagan, tashkil etilganlari esa zamon talablari asosida jihozlanmagan. O`qituvchilar maxsus xonani tashkil etishda ota-onalar, faollar, jamoatchilik, hayriya tashkilotlar yordamiga tayanmaydilar, mehnat o`qituvchisi bilan hamkorlikni ravo ko`rmaydilar. Ma`lumki, maxsus xonalarda tasviriy san`at darslari, to`garak mashg`ulotlari asosiy o`rinni egallaydi. Shunga qaramasdan, ba`zi bir o`qituvchilar mashg`ulot jarayonini takomillashtirishda, uning samaradorligini oshirishda xonaning katta imkoniyatlaridan yaxshi foydalana olmaydilar. Masalan, o`quvchilar darsga kirganlarida qo`yiladigan natura, texnika vositalari orqali ko`rsatiladigan ko`rgazmalar, reproduksiyalar tayyor holda keltirib qo`yilmaydi, sinfni qorong`ilashtiruvchi shtorlar, texnika vositalari avtomatik ravishda emas, qo`l bilan boshqariladi. Ba`zi bir o`qituvchilar, ta`lim va tarbiyadagi imkoniyatlaridan samarali foydalanishda san`atga oid kitoblar, broshyura, albom, diafilm, diapozitiv, san`at asarlari reproduksiyalarining roli kattaligini tushunib etmaydilar yoki tushunib etsalar qam unga etarlicha e`tibor bermaydilar. Tajribali o`qituvchilar esa ko`rgazmali qurollar uchun shkaf va stol ostlarida alohida-alohida o`rinlar ajratadilar va ulardan maqsadga muvofiq foydalanadilar. Ko`rgazmalar xonada shunday joylashtiriladiki, o`qituvchi ishlatish vaqti kelganda har qanday sharoitda xohlagan ko`rgazmasini hech qiynalmasdan bir zumdayoq topa oladi. Yana shuni ham qayd qilish lozimki, bu ko`rgazmali qurollarning doimo toza va bejirim bo`lishiga harakat qiladilar. Ishdan chiqqan yoki shikastlangan ko`rgazmalar bolalar yordamida yaroqli holga keltirib qo`yiladi. Shuningdek, o`quvchilar tasviriy san`at mashg`ulotlarining qiziqarli va sermazmun bo`lishi uchun xonaning maxsus shkaflarida guash, akvarel bo`yoqlar, flomaster, pastel, ugol, sangina sous, rangli tushlar, plastilin, rangli qog`ozlar, gazlama parchalari, sabzavot va meva urug`lari, haykaltaroshlik uchun maxsus loy, tabiiy materiallarni saqlaydilar. Ko`rgazmali qurollarni yig`ishda (reproduksiyalar, otkritkalar, turmushda qo`llaniladigan buyumlar, uy-ro`zg`or buyumlari, musiqa asboblari, v.b. ) bolalar kuchidan unumli foydalanadilar. Xona jihozlari, ko`rgazmali qurollarni yig`ishda turli-tuman, tadbirlarni o`tkazishda bolalarning kuchidan etarlicha foydalana olmaslik olib borilayotgan ishlarning to`laqonli va sermazmun bo`lishiga imkon bermaydi. Shu narsa aniqki, bola qilgan mehnatining samarasidan zavqlansagina uning qadriga etadi. Shuning uchun ham xonadagi hamma ishlarga bolalarni jalb qilish va ularning sevimli joyiga aylanishiga erishish lozim. Bizda texnika vositalarining etarli miqdorda ishlab chiqarilmaganligi, qolaversa, ulardan foydalanishga oid o`zbek tilida aniq bir metodik qo`llanma va tavsiyalarning yo`qligi, ta`lim jarayoniga salbiy ta`sir ko`rsatmoqda.Tasviriy san`at xonasida to`garak ishlari mashg`ulotlarini oddiy stol yoki partada olib borish mumkin emas. Shunga qaramasdan, ko`pchilik tasviriy san`at xonalarida bunday jihozlar yo`q. Tasviriy san`at darslari molbert, planshet va tagliklar, yorug`lantiruvchi asboblar, safit, shkaf va boshqa shu kabi o`quv jihozlari bo`lishini talab etadi. Xonada ish joyini shunday tashkil etish kerakki, darsdan tashqari vaqtlarda mustaqil ravishda rasm ishlash maqsadida xonaga kirgan har bir o`quvchi, u erda o`zi uchun tegishli sharoitni his etsin. Yuqorida ta`kidlab aytganimizdek, tasviriy san`at xonasida darsdan tashqari ishlar katta o`rinni egallaydi. Bular tanlov va ko`rgazmalar, ma`ruza va suhbatlar, san`at haftaliklari va kechalar, uchrashuv va olimpiadalar o`tkazish, devoriy gazetalar chiqarish, albomlar tayyorlash, markalar yig`ish va boshqalardir. Bu ishlar xonada muntazam ravishda o`tkazilib turgan taqdirdagina samarali natijalarni kutish mumkin, xonani maktabda estetik tarbiya markaziga aylantirsa bo`ladi. Shunday ekan, tasviriy san`at xonalariga qanday talablar qo`yiladi, uning faoliyati qanday tashkil etiladi, degan savol tug`iladi. Xonani tashkil etish uchun avvalo, kengroq va oftob nuri tushmaydigan xona tanlanadi. Yuqorida qayd qilganimizdek, tasviriy san`at xonasini talablar darajasida jihozlash uchun kerak bo`ladigan o`quv qurollari va jihozlar etarli bo`lishiga erishish zarur. Masalan, texnika vositalari, natura uchun taglik, rasm chizish uchun maxsus molbert, loy va bo`yoqlar bilan ishlangan ishlarni quritish uchun etajerkalar, naturani yorug`lantiruvchi asboblar, suvni tez-tez tozalab turish uchun chelaklar shular jumlasidandir. Maxsus xona uchun joy tanlash yoki ajratish haqida gap borganda, natura va metodik fond uchun uning yonida kichik bir xona bo`lishiga e`tibor bermoq lozim. Shuningdek, xonada suv krani bo`lishi ham shart, chunki bolalar bo`yoq bilan ishlash darslarida ifloslangan suvni tez-tez tozalab turishlari kerak bo`ladi.Xonaning jihozlari haqida gap borganda shuni ham qayd qilish lozimki, derazalarga albatta oq pardalar tutilishi va ular derazaning butun yuzasini egallashi lozim. Pardalar sinf derazalaridan to`g`ri tushadigan quyosh yorug`ligini to`sadi. Bu esa chizish uchun qo`yilgan naturada yorug`soyani ish davomida kechgacha bir xil saqlanishiga imkon beradi.Xonada texnika vositalarining bor-yo`qligidan qat`iy nazar, katta to`q rangdagi pardalarning (shtor) bo`lishi ham shart. U naturaga qarab rasm chizish mashg`ulotlarida juda zarur bo`ladi. Chunki, darsda naturaga yorug`lik faqat birgina manbadan tushishi talab etiladi. Yorug`lik ikki va undan ortiq manbadan tushgan taqdirda soyalar soni ham shuncha bo`ladi. Natijada birinchi manba yorug`ligiga qarashli soyani ikkinchi manba yorug`ligi yo`qotib, yorug`lantirib yuboradi va soyalar butunlay ko`rinmay qoladi.Naturaning o`ziga qarab rasm ishlashda iloji boricha uni tabiiy kunduzgi yorug`likda ishlash lozim. Kechki payt chizish lozim bo`lib qolgan taqdirda natura lyuminetsentli lampalar orqali yorug`lantiriladi. Oddiy lampochkalar orqali yorug`lantirilganda u natura ranglariga ta`sir ko`rsatib, ularni o`zgartirib yuboradi, ya`ni naturaning haqiqiy rangi buziladi.Naturaning o`ziga qarab rasm chizish mashg`ulotlarida sinfni normal yorug`lantirish imkoni bo`lmagan taqdirda (ayniqsa havo bulutli paytlar yoki kechqurun) naturani yorug`lantirish maqsadida maxsus yorug`lantiruvchi asboblardan foydalaniladi. U safit deb yuritiladi. Naturani to`g`ri yorug`lantirish orqali undagi yorug`, soya, yarimsoya, refleks, blik kabilar bolalarda aniq va ravshan ko`rinadi. Bunday yorug`lantiruvchi asboblar lampochka, yorug`lik qaytaruvchi va oyoqlardan tashkil topgan bo`lib, ularning oyog`ini yog`ochdan, shuningdek, metalldan oson tayyorlash mumkin. Bunday asboblarni usta yoki o`qituvchilarning o`zlari tayyorlaganlarida, uning lampochka o`rnatiladigan qismining rasmda ko`rsatilganidek vertikal va gorizontal bo`yicha bemalol harakat qiladigan bo`lishiga e`tibor berish lozim.Narsaning o`ziga qarab rasm chizish darslari uchun tagliklar kerak bo`ladi. Odatda ularning bir necha xillari ishlatiladi. Ko`p tarqalgan turlari bu oyoqli va devorga osiladiganlari hisoblanadi. U ikki gorizontal va vertikal holatdagi planshetlardan iborat bo`lib, ular o`zaro oshiq-moshiq bilan mahkamlanadilar. Bunday tagliklar, asosan doska oldiga natura qo`yish uchun mo`ljallanadi. Bunday tagliklarning gorizontal qismi naturani qo`yish, vertikal qismi esa fonga mo`ljallangan drapirovkalarga xizmat qiladi.Ma`lumki, naturani bir erga qo`yish etarli emas. Natura o`quvchining ufq chizig`idan pastga o`rnatilishi sababli hammaga bir xil ko`rinmaydi. Shuning uchun natura partalar orasiga ham qo`yiladi. Bunday sharoitda oyoqli tagliklarni ishlatish lozim bo`ladi. Oyoqli tagliklar polga qo`yish uchun mo`ljallab yasaladi. Yasalish jihatdan juda sodda bo`lgan oyoqli taglik oddiy taburetkaning oyog`ini 20-25 sm.ga uzaytirish va fon uchun vertikal planshetni uning ustki tomoniga mahkamlash orqali hosil qilinadi. Bunday tagliklardan faqat partalararo natura qo`yishda foydalaniladi. Darslar maxsus xonada o`tkazilmaydigan maktablarda bunday tagliklardan foydalanib bo`lmaydi. Ikkala turdagi tagliklarni ham yog`ochdan, shuningdek, metalldan maktab ustaxonalarida osonlik bilan yasash mumkin. Quyidagi jihozlarni tasviriy san`at xonasida bo`lishi maqsadga muvofiq deb hisoblanadi. 1.Maxsus sinf doskasi (oddiy, magnitli v.b.) ko`rgazmali qurollar uchun shkaflar. 3.O`qituvchi va o`quvchilar uchun maxsus mebellar. 4.Bolalar ishlangan rasm va haykallarni quritish uchun stelajlar. 5.Ioydan ishlangan haykallarni pishirish uchun mufel pechi. 6.Dioproektor, filmoskop, epidiaskop, televizor, video, magnitafon, kompyuter, fotoapparat v.b. 7. Diapozitiv, epipproeksiya, diafilmlarni namoyish etish uchun ekran. 8. Texnika vositalarini o`rnatish uchun taglik. 9.Sinf xonasini qorong`ilatish uchun kerak bo`ladigan pardalar. 10.Naturani yorug`lantiruvchi safitlar. 11. Haykal ishlash uchun tagiga linoleum qoplangan planshetlar. 12. Toza suv uchun chelak. 13. Mo`yqalamni bo`yoqdan tozalash uchun ishlatiladigan chelak. 14. Har bir o`quvchi uchun suv idish. 15. Oq va rangli bo`rlar. 16. Haykaltaroshlik ishlari uchun katta hajmli idishda loy. Xona uchun natura fondi va san`at asarlari reproduksiyalarini to`plashga o`quvchilarni, molbert natura uchun tagliklar, yorug`lantiruvchi asboblar, shkaf va stend tayyorlashga, texnika vositalarini sotib olishga esa hayriya tashkilotlar va ota-onalarni jalb qilish yaxshi natijalar beradi. Natura fondida turmushda qo`llaniladigan asbob va uskunalar katta o`rinni egallaydi. Ular lagan, tovoq, qoshiq, choynak, piyola, kosa, kapkir, sabzi taxta, cho`mich, kastryul, guldon, tarelka, patnis, musiqa asboblaridan-doira, childirma, rubob, dutor, g`ijjak, tor, skripka, nay, sport buyumlaridan - futbol to`pi, tennis raketkasi, ko`tariladigan toshlar-gantel, shaxmat doskasi v.b. Shular jumlasidandir.Turmushga yaroqsiz (singan yoki chekkasi uchgan) buyumlardan natura sifatida foydalanish mumkin. Bu buyumlar bolalar yordamida natura fondi uchun yig`iladi. Ular ishlatilmay yotganligi sababli iflos va ko`rimsiz bo`ladi. Natura uchun ularni bunday holda qo`yish yaramaydi. Iflos buyumlarni tozalattirish va ishga yaroqli ko`rinishga keltirib qo`yish lozim.Tasviriy san`at asarlarining reproduksiyalari va otkritkalari haqida ham ana shunday fikrlarni bildirish mumkin.Ma`lumki, ko`plab jurnallarda tasviriy san`atga oid rangli reproduksiyalar beriladi. Ularni yig`ishga o`quvchilar kuchidan dars va darsdan tashqari vaqtlarda foydalanish mumkin. San`at asarlari reproduksiyalari va otkritkalarini yig`ishga o`qituvchi jiddiy va maqsadga muvofiq holda yondoshgandagina yaxshi natijalar olishi mumkin. Bunday namunalarni ma`lum mavzu asosida yig`dirish va ularni albomga yopishtirish, unga baho qo`yish, olib borilayotgan (surat tagiga uning muallifi nomini yozib qo`yiladi) tadbirning samarali bo`lishiga olib keladi.Tasviriy san`at xonasini maqsadga muvofiq tashkil etishda uning badiiy bezagi alohida ahamiyat kasb etadi. Xonaning badiiy bezagi deganda avvalo, xona jihozlarini joy-joyiga qo`yish, buyumlarni, xona devorlarini tegishli ranglarga bo`yash ham nazarda tutiladi. Shuningdek, xonaning badiiy bezagi uning to`g`ri yorug`lantirilishi bilan ham bog`liqdir. Badiiy jihatdan to`g`ri bezalgan xona o`quvchilarning ruhiyatiga ta`sir etib, ularda iliq kayfiyat hosil qiladi, tez toliqtirmaydi, tasviriy faoliyatlarga samarali ta`sir ko`rsatadi. Ba`zi o`qituvchilar tasviriy san`at xonasini jihozlashda unga ortiqcha e`tibor berib yuboradilar. Hattoki, o`quvchilarning chizmachilikdan chizmalarini, bolalar rasmlarining ko`rgazmalarini, turli ko`rgazmali qurollarni, san`at asarlari reproduksiyalarini devorlarga osib qo`yishadi. Geometrik va gipsli shakllar, qush tulumlari va meva sabzavotlarning mulyajlarini ochiq saqlashadi, turli lozung va chaqiriqlar ham bo`ladi. Xonaning yuqori qismini buyuk rassomlarning portretlari bilan to`lg`azib tashlash hollari ham tez-tez uchrab turadi. Hattoki shunday hollar ham bo`ladiki, xona devorlarida bo`sh joy qolmaydi. Bu yo`sinda bezatishning zarari shundaki, xonada turli-tuman qurollar, ko`rgazmali materiallarning ko`pligi, ularning ranglari xonaga kirgan o`quvchi ruhiyatiga salbiy ta`sir ko`rsatadi. Natijada, o`quvchi o`zini sinfda siqilib qolayotgandek his qiladi va xonadan tezroq chiqib ketishga harakat qiladi.Ba`zan, xonalar uning jihozi va badiiy bezagi yillab o`zgarmay turaveradi. Natijada, ular o`quvchilarni me`dasiga tegadi va ularni mutlaqo qiziqtirmay qo`yadi. Natijada bu erdan bolalar yangi ma`lumot va yangi taassurotlar ololmaydilar.Xonaning devorlarini tinch, sokin ranglar bilan bo`yash maqsadga muvofiqdir. Chunki, keskin va yorqin ranglar bolalarni tez toliqtiradi. Shuningdek, xonadagi eshik, deraza, pol, shift, doska kabilarning ranglarini ham xonaning umumiy rang gammasiga bo`ysundirish lozim. Ular bir-birlaridan och-to`qligi bilan, rang tusi, to`yimliligi bilan keskin farq qilmagani ma`qul. Xona devorlarida turli-tuman, umuman, rang-barang ko`rgazmalarning bo`lishi dars jarayonida ba`zi bolalarning e`tiborini o`ziga tortadi. Natijada, bola chalg`iydi, unga o`qituvchining nutqi e`tibordan qoladi. Bular hammasi xonada olib boriladigan ta`lim-tarbiyaviy ishlarga salbiy ta`sir ko`rsatadi.Shuning uchun ham tasviriy san`at xonasida ortiqcha narsalarning bo`lmasligi, sinfda mashhur rassomlardan birontasining portreti, texnika vositalari (u ham usti yopiq holda), tuvakli gullarni sinf burchagining bo`lishligi etarlidir. Ko`rgazmali qurollar esa maxsus shkaflarda (o`quvchilarni ko`zi tushmaydigan joyda) saqlanishi lozim. Turli xil ko`rgazma, fotostend va e`lonlar, diplom va yorliqlarni maktab yo`lagiga (tasviriy san`at xonasiga yaqin joyga) o`rnatish maqsadga muvofiqdir. Maktabda tasviriy san`at xonasi ko`rgazmali qurollar, texnika vositalari va boshqa jihozlar saqlanadigan, ta`lim-tarbiya ishlari olib boriladigan madaniyat o`chog`idir. Yuqorida qayd qilib o`tganimizdek, xonaning tashkiliy, o`quv-metodik, tarbiyaviy ishlari shunchalik ko`p va turli-tumanki, ularni faqat reja asosida olib borgandagina yaxshi natijalarga erishish mumkin. Rejada tadbirning mazmuni, o`tkaziladigan vaqti, unga javobgar shaxslar, tadbirning o`tkazilishi, ish tartibi uchun joylar ajratilgan bo`ladi. O`qituvchida bunday rejaning tayyorlanmaganligi tasviriy san`atdan xonada olib boriladigan ishlarining chala-chulpa, pala-partish, tartibsiz bo`lishiga olib keladi. Hattoki, ba`zi muhim ishlar o`qituvchining e`tiboridan butunlay tushib qolishi ham mumkin. Shuningdek, rejaning bo`lmasligi tadbirlarning epizodik xarakterda bo`lishiga olib keladi. Chunki, uni o`tkazishga ajratilgan vaqt ni hoyatda chegaralangan bo`ladi va natijada ish sifati pasayadi, ular bolalarda yaxshi taassurot qoldirmaydi. Quyida tasviriy san`at xonasida olib boriladigan ish rejaning namunasi berilgan. 1991 yilda e’lon qilingan Mustaqillik О‘zbekiston tarixida yangi sahifa ochdi. Qis-qa tarixiy davr ichida mamlakatimizda dav-lat va jamiyat kurilishining mutlako yangi siyosiy asoslari yaratilishi bilan birgalik-da ijtimoiy-iktisodiy va ma’navii sohalar rivojlanishining ustuvor yо‘nalishlari belgilab berildi. Ushbu tarixiy yillarda tasviriy san’atimiz, shuningdek, xalq amaliy san’atimizning rivojlanishi uchun muhim omil bo’lgan Prezidentimizning ko’plab farmon va qarorlari e’lon qilindi. Bulardan, “O’zbekiston Badiiy Akademiyasini tashkil etish haqida”gi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997 yil 23 yanvarlagi farmoni, “Xalq badiiy hunarmandchiliklari va amaliy san’atini yanada rivojlantirishni davlat yo’li bilan qo’llab-quvvatlash chora-tadbirlari to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997 yil 31martdagi farmonlari shular jumlasidandir. Bundan tashqari, ana shu kabi farmon va qarorlardan kelib chiqqan xalq ustalari va hunarmabdlari mehnat sharoitlarini yaxshilash, ularning ijodiy ishlari uchun to’lanadigan soliqlardan ozod qilinishi, ko’plab xalq uustalari ijodining respublikamiz va chet ellada namoyish etilishlari uchun imkoniyatlarning kengaytirilishi, ularni rag’batlantirish kabi ko’plab tadbirlar ,shubhasiz milliy san’atimiz rivojida benihoya o’rin tutadi. Ana shunday milliy uyg‘onish davrida О‘zbekiston Prezidenta I.Karimov Mustakillik bilan bog‘lik barcha ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy masalalar qatorida inson, ayniqsa yosh avlod ma’naviyati, erkin, ozod shaxe ma’rifatiga, madaniyat va san’atning rivojiga alo-hida e’tibor berdi. Zotan, takomil ma’navii madaniyat va san’atsiz, milliy qadriyat-larni yanada yukori boskichga kо‘tarmasdan tu-rib, yangi jamiyatni, yangi ijtimoiy-tarixiy munosabatlarni va yangi dunyoqarashni barpo etish mumkin emasligi ayon bо‘ldi. "Mustaqilligimizning dastlabki kunlaridayoq, — deb yozadi Prezident I.Karimov, ajdodlarimiz tomonidan kо‘p asrlar mobay-nida yaratib kelingan g‘oyat ulkan, bebaho ma’navii va madaniy merosni tiklash davlat siyo-sati darajasiga kо‘tarilgan nihoyatda muhim vazifa bо‘lib koldi. Biz ma’navii kadriyat-larni tiklashni milliy о‘zlikni anglashni о‘sishidan, xalqning ma’navii sarchashmalari-ga, uning ildizlariga kaytishdan iborat uzviy, tabiiy jarayon deb xisoblaymiz'" . ”.(I.Karimov. “O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida:xavfsizlikka taxdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari” T., ”Узбекистон,,) О‘zbekistonda yangi ma’naviy-g‘oyaviy yо‘na-lishlarning shakllanishi о‘z navbatida, zamonaviy san’atning barcha sohalariga samarali ta’sir etib, ijodiy izlanishlar doirasini kengaytirib, badiiy tafakkur rivojini yanada jadallashtirdi. Tarixiy, madaniy va ma’naviy-axloqiy qadriyatlarning keng qatlamlarini qayta idrok etish g‘oyalari, yangilanish tamoyillari me’morlik, tasviriy va amaliy bezak sohalarida ham yaqqol namoyon bо‘lmoqda. Milliy tafakkurdagi tub yangilanishlar san’atimizni qayta idrok etish va uni ijti-moiy ongning bugungi darajasiga muvofiq san’atshunoslik ilmining talablari asosida baholash zaruriyatini takozo etadi. O’zbek xalqining kо‘p asrlik tarixida xalq amaliy bezak san’ati boy va rang-barang madaniy merosimizning eng ajoyib va ommaviy qismini tashkil etadi. O’zbek diyorida vujudga kelib gullab-yashnagan san’at turlari bemisl va betakrorligi bilan dunyoga mashhur. Bunday kamolot va taraqqiyot bosqichlari haqida fikr yuritadigan bо‘lsak, o’zbek amaliy bezak san’ati turlarining shox ildizlari insoniyatning bolaligi, ya’ni ibtidoiy jamiyatga borib taqalishining guvohi bо‘lamiz. О’lkamiz zaminidagi tarix qatlamlarini qazishlar natijasida topilgan yodgorliklarning guvohlik berishicha, insonning jismga badiiy ishlov berish usulida buyum yaratish faoliyati tosh asridayoq boshlangan bо’lib, asrlar osha hozirgacha uzluksiz davom etib kelmoqda. Inson ongli faoliyatining ajralmas qismi bо‘lmish badiiy tafakkur va shunga muvofiq badiiy-ijodiy faoliyat insoniyatning tarixiy taraqqiyoti jarayonida juda katta ahamiyatga ega bо‘ldi. Bunday faoliyat natijasida kelib chiqadigan estetik-badiiy idrok qobiliyati kishilarda olamni, undagi mavjudotlar, narsalar va voqea-hodisalarni, atrof-muhitdagi shakllar va ranglarni turfa shakl-shamoilda qaytadan aks ettirishga havas uyg‘otadi. Shakl va ranglar-ning real hamda stillashtirilgan tasvirlarini yaratish shu tariqa kelib chiqdi va u о‘z navbatida, odamlarning kundalik turmushlaridan о‘rin ola boshladi. Natijada badiiy bezaklarning xilma-xil shakllari va turlari paydo bо‘ldi. Boshqa san’atlarga nisbatan bunday naqshli bezaklar kо‘pligining va takomil topganligining muayyan tarixiy sabablari bor. Ma’lumki, Islom mamlakatlarida mavjudotlar tasvirini ishlash keng odat tusiga kirmagan, zero, mavjudotni yarata olish faqatgina qodir Tangriga hosdir, insonlar esa bunday ishni bajarishga ojizdirlar, inchunin, bordiyu biror ishni yuqori takomil darajasida ijro etish imkoni yо‘qligi avvaldan ma’lum ekan, bunday ishga kirishmoqlikning о‘zi aqldan emasdur.Boshqacha aytganda, hech bir tasvir unda ifodalangan mavjudot darajasiga kо‘tarila olmaydi, shu bois tasvir soxta bо‘ladi. Tasviriy san’atga bu qadar chuqur, falsafiy yondoshish natijasida shartlilik, stillashtirish, ramziylikka asoslangan badiiy bezak asarlari yaratish kuchaygan. Ushbu tarixiy omil o’zbek milliy bezak san’atining gurkirab rivojlanishiga turtki bо‘lganki, xozirda jahonga mashhur me’morchilik yodgorliklarimiz ulardagi ganchkorlik, koshinkorlik, naqqoshlik, hattotlik, toshtaroshlik va boshqa turdagi san’atlarning ajoyib darajada uyg‘unlashgan mujassamligidan iboratdir. Samarqand, Buxoro, Xiva, Shahrisabz, Termiz, Toshkent, Qо‘qon va boshqa shaharlardagi me’morchilik va xalq amaliy bezak san’ati yodgorliklari о‘tmish avlodlarimiz yaratgan barkamol, takrorlanmas va tarixan bebaho san’at asarlarining namunalari bо‘lib, xalqimizning va shu bilan birga jahon madaniyati durdonalaridan bо‘lgan badiiy va madaniy merosni tashkil etadi. Xalq amaliy bezak san’ati kishilarning man’aviy olamini boyitadi, badiiy didini shakllantiradi, ruhiyatini tarbiyalaydi. Shuning uchun ham o’zbek xalq amaliy san’ati kishilarni axloqiy, umuminsoniy tarbiyalab, ularilmiy dunyoqarashlarini shakllantirishda hamda madaniy darajasini yuksaltirishda eng zarur manbalardan biri hisoblanadi. Diyorimizning qadimy tarixida bezak san’atining xilma-xil turlari mavjud bo’lib, shulardan biri ganchkorlik san’atridir. Ganchkorlik qadimiy san’at turlaridan biri bо‘lib, о‘z aksi husn-jamolini dunyo me’morchiligida, shu jumladan О‘rta Osiyo, Eron, Turkiya, Arabiston, Afg‘oniston va boshqa Sharq mamla-katlari me’morchiligida namoyon etib kelmoqda. Ayniqsa, О’rta Osiyoda yaratilgan asarlar о‘ziga xos badiiyligi kompozitsiyasi va ishlanish uslubi bilan farq qiladi. Ganchkorlik-sanatimiz faxri, beqiyos va bebaho xazina. Hech shubhasizki, uni chuqur о‘rganish ilmiy va amaliy ahamiyatga egadir. Ganch о‘ymakorligi san’ati asrlar davomida о‘ziga xos uslub bilan rivojlanib keldi. Bu san’atning eng qadimgi, о‘rta asrlardagi va XX asrdagi rivojlanishini kо‘zdan kechirib, о‘rganib chiqsak bu davrlardagi ganch о‘ymakorligi bir-biridan mutlaqo farq qiladi. Qadimgi ganch о‘ymakorligi hajmiy bо‘lib, realistik tasvirlar asosida ishlangan. Ularda kо‘pincha odamlar, hayvonlar, qushlar tasviri ishlatilgan. Eramizning birinchi asrlaridayoq kishilar ganchni ajoyib xususiyatga ega ekanligini bilib, qal’alar, karvonsaroy va boshqa joylarni bezay boshlaganlar. Bо‘lib о‘tgan janglar oqibatida ular vayronaga aylanib, faqat qoldiqlari saqlanib qolgan. III asrda Tuproqqal’aning serhasham saroy mehmonxonalari о‘yma ganch bilan bezatilgan. Varaxsha shaharchasida juda katta ahamiyatga ega bо‘lgan va eramizdan avvalgi III — IV asrlarda ishlangan ganch о‘ymakorligi namunasi topilgan. Unda о‘simliksimon naqshlar, geometrik shaklli naqshlar ganchdan ishlangan. Varaxshadagi topilmalardan VII—VIII asrlardagi Buxoro saroyi qoldiqlaridan namunalar topilgan. Bu topilmalarda qushlar, hayvonlar, baliqlarni, о‘simliksimon va geometrik shakllarning о‘yma namunalarini kо‘rish mumkin. О‘rta Osiyoni arablar bosib olgandan keyin islom dini hukmron bо‘lib qoldi, u tirik mavjudotni tasvirlashni ta’qiqladi. Buni О‘rta Osiyodagi arxitektura yodgorliklaridan kо‘rish mumkin. Xususan VII—VIII asrlardagi hukmdorlarning Varaxshadagi saroylarida bu san’atning xilma-xil namunalari saqlangan. Buxorodagi Ismoil Somoniylar maqbarasida ganch о‘ymakorligi namunalarida tо‘lqinsimon ishlangan naqshlar topilgan. Unda о‘simliksimon naqshning islimi turi kо‘p ishlatilgan. X—XI arslarda naqqoshlik, yog‘och, tosh va ganch о‘ymakorligi yanada rivojlandi. Murakkab abstrakt tasvirni aks ettiradigan naqshlar paydo bо‘ldi. Ganch о‘ymakorligi ishlari uyning ichki va namgarchilik tegmaydigan tashqi qismiga ham qо‘llanilgan. Har xil geometrik shaklli qilib ishlangan bezaklar nihoyatda jozibador bo’lgan. Xalq ustalari hayotdan olingan har-xil narsalar, gillar shakllarini stillashtirib, ganch о‘ymakorligida ishlatganlar. Shu devorlarda о‘ymaning chuqurligi 7 mm dan oshmagan. Uylarning tashqi qismiga namoyem, ustun va peshtoqlariga ganch uyma ishlatnlgan. Farg‘ona vodiysida XII asrda bezak sifatida har-xil plitkasimon о‘yma ganch namunalari ishlatnlgan. Bu binolarni ganch plitalari bilan bezatish keng avj olganligini kо‘rsatadi. Termiz maqbaralaridagi ganch о‘ymanorlik san’atini о‘sha davrning yuqori chо‘qqisi desa bо‘ladi. XII asrda muqarnaslar ■ (stalaktitg.ar) hosil bо‘ladi va kо‘pgina binolarda qо‘llannla boshlanadi. Muqarnaslar oddiy ganch о‘ymakorli-gidan farq qilib, ancha murakkabdir. U taxmon va boshqa joylarda bezak sifatida qо‘llanmla boshlandi. Binolarning ichki qismlariga ishlangan muqarnaslar ayniqsa ajralib turadi. XIII asrda ganchkorlik san’ati yanada yuksaldi. Bunga Afrosiyobdv topilgan ajoyib ganch о‘ymakorligi ishlari misol bо‘la oladi. XIV—XVIII asrlarda ham binolarning ichki tomonlarini bezatishda ganchkorlik san’atidan foydalanilgan. Bu davrlarda yangiyangi naqshlar yaratildi. Binolarda ganch о‘ymvkorlign, uzviy boglaigan koshinlar va toshdan yasalgan bezaklar keng ishlatila boshlandi. Uning tashqari qismida esa juda kam qо‘llanildi. Ganch о‘ymakorligida mashhur bо‘lgan XVIII asr ustasi Usta Mulla Obid, uning farzandi Muhammad Muso otasining kasbini qunt bilan egallab, о‘sha vaqtda xalqqa tanilganlardan. Muqammad Muso о‘g‘illari Mad-usmon, Isoxon va Yusufalilar ganchkorlikda bir qancha vaqt ishlashgan, g‘isht terishda ham obrо‘ qozonishgan. Afrosiyobda arxeo-LOGik qazishmalar natijasida X—XI asrlarda ISHLANGAN saroylarning qoldiqlori topilgan (6-rasm). Ayniqsa izora (panel) gachchi topilgan bо‘lib, unda geometrik va о‘simliksimon naqshning chuqur о‘ymalari ishlatilgan. О‘yma chuqurligi 2— 3 sm gacha borgan, naqshdagi qoramtir soya hisobiga u aniq oppoq bо‘lib kо‘rinib turibdi. О‘rta Osiyo naqqoshlik san’ati ham qadimdan dunyoga mashhur. О‘tmishda ota-bobolarimiz qurgan muhtasham binolar hozirgi kungacha maftunkor jilvasini yо‘qotmagan. Yuksak did bilan ishlangan naqshlar bizny hayratga solib kelmoqda. Naqsh — arabcha tasvir, gul degan ma’noni anglatadi. Qush, hayvon, о‘silllik, geometrik va boshqa elementlarni ma’lum tartibda takror-lanishidan hosil qilingan bezakdir. Ganchkorlik, kandakorlik, kashtadо‘zlikda, zar-dо‘zlik, kulolchilik, zargarlik, gilam tо‘qish, tо‘qimachilik, inkurustatsiya', panjaralar va hokazolarda har xil yо‘llar bilan naqshlar ishlanadi. О‘zbekiston territoriyasidagi arxeologik qa-zilmalardan Xorazm, Sо‘g‘d, Baqtriya va boshqa viloyatlarda naqsh san’atining rivojlanganligi ma’lum. Olimlarimiz Surxondaryo viloyatidagi Fayoztepa (I-II asr), Dalvarzintepa (I asr) budda ibodatxonalari qazilmalaridan topilgan rasm, naqsh qoldiqlari orqali isbotlab berganlar. Xorazmdagi Tuproqqal’a zallari monumenttal naqshlar bilan bezatilganligi bizga ma’lum. VI—VII asrlarda ibodatxonalar, qasrlar va boylarning uylari о‘yma naqshlar hamda tasvirlar bilan bezatilgan. Tantanali marosimlarga mо‘ljallangan xonalardagi dabdabali ajoyib naqsh, rasmlarni kо‘rib hayron bо‘ladi kishi. IX—X asrlarda О‘rta Osiyoda naqqoshlik san’ati avj olib rivojlandi. Arxitekturada g‘isht qalab naqsh solish yuksak darajada rivojlandi, binolarning ichki tomoniga ganch, yog‘och о‘ymakorligini qо‘llash yuksak rivoj topdi. Ayniqsa maqbaralarning peshtoqlari devor va ravoqlar ganch-naqshlar bilan juda nafis bezatiladi. Naqshlar murakkablashib bordi. Ularning yangi nusxalarida ramz, tasvirlar, timsol, duo-af-sunlar, tasbih va boshqalar naqadar mо‘lligini kо‘ramiz. Ramziy naqshlar dunyoda sodir bо‘layot-gan voqeliklar, tilaklarni aks ettirgan. Har bir chizilgan naqshda о‘ziga xos ma’no bо‘lgan. Chunonchi, о‘simliksimon naqsh gulsapsarni olaylik, u osoyishtalik va umr uzoqlik timsoli, «pechak islimiy» naqshi boylik va farovonlikni, novda va yaproqlar esa tо‘kinchilik hamda bahor chog‘ida uyg‘onishni bildiradi. Musavvirning tasvirlari bu uning ona tabiatga bо‘lgan muhabbatini bildiradi. Uning ranglari о‘ziga xos ma’no va xarakterga ega. Har bir naqsh negizida ma’lum ramziy ma’no singdirilgan. XI—XII asrlarda О‘zbekiston territoriyasida arxeologik topilmalar shuni kо‘rsatadiki, naqshlar ichida geometrik naqsh kо‘p ishlatilgan. XIV—XV asrlarda koshinkorlik rivojlandi, qurilgan binolarni koshin va parchinlar bilan bezatish avj oldi.Yog‘och о‘ymakorligi ham o’zbek xalq amaliy bezak san’atining keng tarqalgan bir turi. Bunda biror naqsh yoki tasvir taxta yoki yog‘och buyumlarga chizib, kesib, о‘yib, ishlanadi. Badiiy san’atning bu turi deyarli barcha xalqlarda bо‘lib, qadimgi Sharqda antik dunyo mamlakatlari arxitekturasida keng ishlatilgan. Asrlar davomida Yevropa va Osiyo mamlakatlarida yog‘och о‘ymakorligining rivojlanib о‘ziga xos badiiy uslublari kelib chiqqan. Shu singari О‘rta Osiyoda ham yog‘och о‘ymakorligi qadimdan rivojlanib kishilarning uy-rо‘zg‘or buyumlarida va arxitekturasida juda keng qо‘llanilgan. Bu о‘ymakorlik qadimiy arxitekturaning eshik, dar-voza, ustunlar, har xil tо‘sin, stol, xontaxta, quticha, ramka, qalamdon va boshqa buyumlarni bezashda ishlatilib kelingan. Arxeolog olimlarimizning izlanishlaridan О‘rta Osiyoda gorelyefli, ya’ni juda burtik (1 mm dan 20 mm gacha) relyeflar bilan har xil narsalarni yog‘ochdan о‘yib ish-langanligi ma’lum bо‘ldi. Xalq yaratgan asar-lar о‘zining nafosati, murakkabligi, tabiiyligi bilan kishi aqlini lol qoldiradi. Afsuski, yog‘ochdan ishlangan ajoyib yog‘och о‘ymakorligiga har qancha sifatli ishlov berilishiga qaramay asrlar о‘tishi bilan ular namga dosh beraolmay deyarli kо‘pchiligi chirib, yо‘q bо‘lib ketgan. Bularni arxeologik qazilmalarda topilgan va topilayotgan namunalar isbotlab bermoqda. V—VI asrlarda yog‘och о‘ymakorligi namunalari Surxondaryo vohasidagi Yumaloq tepa tubidan topilgan. Olimlarimizning aniqlashicha bundan 1—1,5 ming yil muqaddam mazkur joyda naqsh о‘ymakorligi san’ati bо‘lib, u juda yaxshi rivoj-langanligi isbotlangan. Bunday noyob topilmalar Samarqand, Buxoro, Xiva, Shahrisabz va boshqa shaharlardagi arxeologik qazilmalardan topilmoqda. VII asrning oxirigacha mahalliy uzbek xalqi ichida yog‘och о‘ymakorlik juda tez sur’atlar bilan rivojlangan edi. IX—X asrlarda О‘rta Osiyoda, shuningdek jumhuriyatimiz territoriyasida madaniyat о‘sa boshlaydi. IX asrda Samarqand mustaqil davlat bо‘lib qoldi. Xalq madaniyatida yangi burilish bо‘ladi. Shu asrlarda buyuk olimlar, faylasuflar, yozuvchilar yetishib chiqdilar. Ular Abu Ali ibn Sino, Rо‘daki, Firdovsi, Beruniy va boshqalardir. Ajoyib arxitektura yodgor-liklari yaratildi. Masalan, jahonga mashhur Ismoil Somoxiy maqbarasidir. Madaniyatning rivojlanishi yog‘och о‘ymakorligining yanada rivojlanishiga olib keldi. Yog‘och о‘ymakorligi bilan eshiklar, binolar, ustun, ravoq har xil xontax-talar bezatildi. О‘ymakor ustalar о‘zi yaratgan san’at asarlarida timsol va duo-afsunlar, tasbih va tanosiblarning naqadar kо‘pligini kо‘rish mumkin. Har bir о‘yma naqsh zaminida qandaydir ramziy ma’no yashiringan bо‘ladi. Ular bu murakkab naqshlar orqali voqe’lik-dagi eng gо‘zal tilaklarni aks ettirib kelganlar. XI—XII asrlarda xalq amaliy san’ati yanada gurkirab rivojlandi. Murakkab naqsh turi bо‘lgan geometrik naqsh, ya’ni girih naqshi bezakda yetakchi о‘rinni egalladi. Arxitektura uy rо‘zg‘or buyumlari yanada badiiy, nafis qilib bezatildi. Girih naqshi yanada rivojlandi. Masalan, XII asrga oid yog‘och о‘ymakorligi namunasi Samar-qanddagi Shohi-Zinda devorining orasidan topilgan bо‘lib, u о‘zining badiiy nafis va tabiiy ishlanganligi bilan kishini lol qoldiradi. XIII asrda Chingizxon bosqinchiligi tufayli madaniy hayot izdan chiqdi. 1219—1221 yillarda mug‘ul hukmdorligi ostida О‘rta Osiyodagi Buxoro, Samarqand, Urganch, Balx, Mavr shaharlari ostin-ustun qilib tashlandi. XIV asrning ikkinchi yarmida О‘rta Osiyo Temur boshchiligida biriktirildi. Temur va temuriy-lar davrida san’atning barcha turlari qatori xalq amaliy san’ati juda tez sur’atlar bilan rivojlandi. Ayniqsa yog‘och о‘ymakorligi ham yuqori chо‘qqiga kо‘tarildi. Amir Temur О‘rta Osiyo madaniyati va san’atini rivojlantirish-da katta hissa qо‘shdi. «Amir Temur о‘z poytaxti (Samarqand)ning qurilish va obodonligi uchun harakat qilish bilan bir qatorda Xuroson (Afg‘oniston), Eron, Movarounnahr singari о‘lkalardan eng mashhur hunarmandlarni, san’atkorlarni poy-taxtga tо‘pladi, nafis tasviriy san’atning naqqoshlik, me’morchilik, arxitektura, hattot-lik kabi san’at turlarini rivojlantirishda ulardan unumli foydalandi. Xulosa: Natura fondida turmushda qo`llaniladigan asbob va uskunalar katta o`rinni egallaydi. Ular lagan, tovoq, qoshiq, choynak, piyola, kosa, kapkir, sabzi taxta, cho`mich, kastryul, guldon, tarelka, patnis, musiqa asboblaridan-doira, childirma, rubob, dutor, g`ijjak, tor, skripka, nay, sport buyumlaridan - futbol to`pi, tennis raketkasi, ko`tariladigan toshlar-gantel, shaxmat doskasi v.b. Shular jumlasidandir.Turmushga yaroqsiz (singan yoki chekkasi uchgan) buyumlardan natura sifatida foydalanish mumkin. Bu buyumlar bolalar yordamida natura fondi uchun yig`iladi. Ular ishlatilmay yotganligi sababli iflos va ko`rimsiz bo`ladi. Natura uchun ularni bunday holda qo`yish yaramaydi. Iflos buyumlarni tozalattirish va ishga yaroqli ko`rinishga keltirib qo`yish lozim.Tasviriy san`at asarlarining reproduksiyalari va otkritkalari haqida ham ana shunday fikrlarni bildirish mumkin.Ma`lumki, ko`plab jurnallarda tasviriy san`atga oid rangli reproduksiyalar beriladi. Ularni yig`ishga o`quvchilar kuchidan dars va darsdan tashqari vaqtlarda foydalanish mumkin. San`at asarlari reproduksiyalari va otkritkalarini yig`ishga o`qituvchi jiddiy va maqsadga muvofiq holda yondoshgandagina yaxshi natijalar olishi mumkin. Bunday namunalarni ma`lum mavzu asosida yig`dirish va ularni albomga yopishtirish, unga baho qo`yish, olib borilayotgan (surat tagiga uning muallifi nomini yozib qo`yiladi) tadbirning samarali bo`lishiga olib keladi.Tasviriy san`at xonasini maqsadga muvofiq tashkil etishda uning badiiy bezagi alohida ahamiyat kasb etadi. Xonaning badiiy bezagi deganda avvalo, xona jihozlarini joy-joyiga qo`yish, buyumlarni, xona devorlarini tegishli ranglarga bo`yash ham nazarda tutiladi. Shuningdek, xonaning badiiy bezagi uning to`g`ri yorug`lantirilishi bilan ham bog`liqdir. Badiiy jihatdan to`g`ri bezalgan xona o`quvchilarning ruhiyatiga ta`sir etib, ularda iliq kayfiyat hosil qiladi, tez toliqtirmaydi, tasviriy faoliyatlarga samarali ta`sir ko`rsatadi. Ba`zi o`qituvchilar tasviriy san`at xonasini jihozlashda unga ortiqcha e`tibor berib yuboradilar. Hattoki, o`quvchilarning chizmachilikdan chizmalarini, bolalar rasmlarining ko`rgazmalarini, turli ko`rgazmali qurollarni, san`at asarlari reproduksiyalarini devorlarga osib qo`yishadi. Geometrik va gipsli shakllar, qush tulumlari va meva sabzavotlarning mulyajlarini ochiq saqlashadi, turli lozung va chaqiriqlar ham bo`ladi. Xonaning yuqori qismini buyuk rassomlarning portretlari bilan to`lg`azib tashlash hollari ham tez-tez uchrab turadi. Hattoki shunday hollar ham bo`ladiki, xona devorlarida bo`sh joy qolmaydi. Bu yo`sinda bezatishning zarari shundaki, xonada turli-tuman qurollar, ko`rgazmali materiallarning ko`pligi, ularning ranglari xonaga kirgan o`quvchi ruhiyatiga salbiy ta`sir ko`rsatadi. Natijada, o`quvchi o`zini sinfda siqilib qolayotgandek his qiladi va xonadan tezroq chiqib ketishga harakat qiladi.Ba`zan, xonalar uning jihozi va badiiy bezagi yillab o`zgarmay turaveradi. Natijada, ular o`quvchilarni me`dasiga tegadi va ularni mutlaqo qiziqtirmay qo`yadi. Natijada bu erdan bolalar yangi ma`lumot va yangi taassurotlar ololmaydilar.Xonaning devorlarini tinch, sokin ranglar bilan bo`yash maqsadga muvofiqdir. Adabiyotlar: Download 43.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling