Tasvirli axborotlar bilan ish yuritish texnologiyasi


Download 24.29 Kb.
Sana05.01.2022
Hajmi24.29 Kb.
#212244
Bog'liq
oralq akt


Tema

Tasvirli axborotlar bilan ish yuritish texnologiyasi

Shaxsiy kompyuterlardan foydalanishda eng koʻp tarqalgan yoʻnalishlardan biri — bu kompyuterda turli loyihalar, tasviriy va grafik maʼlumotlarni tayyorlash, yaʼni kompyuter grafikasidan foydalanishdir. Bu yoʻnalishda faqatgina professional loyihachilar, dizayner yoki rassomlar emas, balki oddiy foydalanuvchilar ham ishlashi mumkin. Buning uchun maxsus kompyuter grafikasi dasturlarining ishlash prinsipidan boxabar boʻlish zarur.

Maʼlumki, harqanday korxona yoki firma oʻz faoliyatida gazeta yoki jurnalda reklama eʼlonlar  berishi, buklet chiqarish zaruriyati paydo boʻladi. Yirik firma va kompaniyalar bunday ishlarni prfessionallar qoʻliga topshiradilar. Chegaralangan iqtisodiy byudjetga ega boʻlgan kichik korxonalar esa bu ishni asosan oʻz imkoniyatlariga koʻra bajaradilar. Zamonaviy multimedia dasturlari kompyuter grafikasisiz ishlay olmaydilar. Ommaviy holda qoʻllaniladigan dasturlar ishlab chiqarishning 90% vaqti shu  dasturlarni bezash uchun sarflanadi.

 

Kompyuter grafikasi turlari. Kompyuter grafikasi dasturlari



3 turga boʻlinadi: rastrli, vektorli va fraktalgrafika. Bu dasturlar bir-birlaridan tasvirlarni aks ettirish usullari bilan farq qiladi.

Rastr grafikasi asosan elektron va poligraf nashriyotlarda qoʻllaniladi. Rastr grafikasining asosiy elementi sifatida nuqta qabul qilingan. Agar tasvir ekranda koʻrilsa, bu nuqta “piksel” deb aytiladi. Kompyuterda qoʻllaniladigan operatsion tizimlarning imkonitiyaga koʻra, 480x640, 800x600, 1024x768 va undan koʻproq pikselga ega boʻlgan tasvirlar joylashuvi mumkin. Tasvirning oʻlchamiga koʻra uning imkoniyati ham oshib boradi.  Ekranning imkoniyati parametrik boʻlib, bir dyuymdagi nuqtalar soni bilan aniqlanadi. Rastr grafikasi uchun kamdan — kam hollarda grafik dasturlar yordamida qoʻlda bajarilgan tasvirlar ishlatiladi. Professional rasm yoki fotosuratni rastr grafikasida koʻproq qoʻllash kuzatiladi. Oxirgi paytda rastr tasvirlarni ekranga kiritish uchun raqamli foto va videokameralar qoʻllanilmoqda. Shu sababli rastr grafikasini asosiy maqsadi tasvirni yaratish emas, balki mavjud tasvirni qayta ishlashdir. Rastr  grafikasining kamchiliklari:

1.Har bir tasvirni aks ettirish va kodlash uchun katta hajmdagi xotira maydonlari talab etiladi.

2.Mayda detallarni koʻrish uchun tasvirni kattalashtirib boʻlmaydi.

 

Vektorli grafika— uning tasvirni aks ettirishda asosiy elementi chiziq boʻlib hisoblanadi. Kompyuter xotirasida bu chiziq juda katta joy egallaydi, chunki xotirada chiziqning parametrlari koʻrsatiladi yoki formula orqali beriladi. Chiziq vektor grafikasining elementar obyekti boʻlib hisoblanadi.  Sodda obyektlar murakkab obyektlarga birlashtiri-ladi, shu sababli vektor grafikasini obyektga yoʻnaltirilgan grafika deb aytiladi. Kompyuter xotirasida vektor grafikasi chiziqlar sifatida saqlanib turishiga qaramasdan, tasvir ekranga nuqtalar sifatida chiqari-ladi. Tasvirni ekranga chiqarishdan oldin har bir parametrni qisoblab chiqadi. Shu sababli vektor grafikasini hisoblanuvchi grafika deb  ham aytiladi. Vektor grafikasi yordamida sodda turdagi bezash ishlarini olib borish mumkin.



 

Fraktal grafika — bu matematik tenglamalar yordamida tashkil etiladigan tasvirdir. Eng sodda fraktal obyekt  sifatida qor uchqunlarini, yoki paporotnik bargini keltirish mumkin. Demak, fraktal obyekt  chizish yoki bezash asosida emas, balki dasturlashtirish asosida hosil boʻladi. Kompyuterda tashkil qilingan turli oʻyinlarda ham fraktal grafikasidan foydalaniladi. Fraktal grafikasi kompyuter xotirasida saqlanib tur- maydi. Har bir tasvir tenglama yoki tenglamalar sistemasi asosida quriladi. Fraktal grafikadagi tenglamaning biror koeffitsiyentini oʻzgartirish orqali butunlay boshqa tasvirni hosil qilish mumkin. Sanab oʻtilgan kompyuter grafikasi turlarini tashkil qilish va ularni boshqarish uchun bir qator dasturlar ishlab chiqilgan. Shulardan baʼzilari bilan tanishib chiqamiz.

Adobe Photoshop

  Rastrli grafika muxarrirlaridan Adobe kompaniyasi ishlab chiqqan Photoshop dastursida ish yuritish texnologiyasi bilan tanishamiz. Dasturni ishlatuvchi

asosiy boshqaruv elementlari menyu qatorida

va uskunalar panelida joylashgan. Odatda, ushbu dasturda ish yuritish yoki tayyor biror tasvirni import qilish (Fayl-import buyrugʻi) bilan yoki Fayl-Ochishbuyrugʻi bilan kompyuterdagi tayyor tasvirni qayta ishlashga qaratiladi.

Grafik muxarrir kompyuterning tashqi qurilmalari bilan  TWAIN standarti (tasvirlar manbai) orqali bogʻlangan. Grafik tasvirlar bilan operatsiya qilinganda tasvirning parametrlarini bilish zarur. Tasvir parametrlarini “Tasvir oʻlchami” degan muloqot oynasidan topish mumkin. Buning uchun menyuning Izobrajeniye (Razmer izobrajeniya) buyrugʻi bilan ish yuritiladi. Fayl oʻlchami piksellarda oʻlchangan tasvir kengligi, balandligi, santimetrda oʻlchangan nashr oʻlchami bilan uzviy bogʻliq. Tasvirlar bilan ish yuritishda uskunalar paneli asosiy rol oʻynaydi va ular alternativ vazifani ham bajarishadi. Asosiy uskunalar 4 guruxga boʻlinadi:

1-gurux uskunalari asosan obyekt bilan ish yuritadi. Masalan, “Oblast”, “Lasso”uskunalari yordamida tasvirning xududiy chegarasi ajratiladi. “Peremesheniye”-uskunasi tasvirdan nusxa olish va uyoqdan-buyoqqa surish vazifasini bajaradi. “Volshebnaya palochka” uskunasi esa tasvir chegarasini rang jilosiga qarab avtomatik tarzda surish imkoniyatiga ega.

2-gurux uskunalari rasm chizish vazifasini bajaradi. Masalan, “Aerograf, kist, karandash, lastik” nomidagi uskunalar tasvir shaklini chizish vazifasini oʻtaydi. “Shtamp”uskunasi rasmning buzilgan joylarini tiklash va qayta tiklash vazifasini bajaradi.

3-gurux uskunalari yangi obyektlarni yaratishda xizmat qiladi. Masalan, “Pero va uning alternativ uskunalari” egri chiziqli konturlarni chizish va uni taxrirlashda ishtirok etadi. “Tekst” uskunasi esa tasvirning matnli qismini tayyorlaydi.» “Zalivka va gradiyent” uskunalari tasvirning ajratilgan qismiga jilo va fon berish vazifasini oʻtaydi. “Pipetka”uskunasi esa tasvirga aniq rang tanlashda ishtirok etadi.

4-gurux uskunalari tpsvirni koʻrishni boshqaradigan vazifani oʻtaydi. Masalan, “Masshtab” tasvirni kattalashtirgan holatda koʻrish imkonini yaratsa, “Ruka” uskunasi esa tasvirni oyna miqyosida surish imkoniyatini beradi.

Bundan tashqari, Photoshop muxarriri 10 xil jilo (palitra) ga ega boʻlib, har bir jilo oʻz vazifasini bajaradi. Ushbu jilolarga oʻtish menyu punktlari orqali amalga oshadi. Masalan, menyuning Okno punkti “Spryatat, Pokazat…”kabi buyruqlar bilan rang jilosi boshqariladi.

 

Rang jilolari bajaradigan funksiyalar:



Kist jilosi – rasm solish va uni taxrirlashda turli variantli rang jilosini ishlatadi.

Jilo parametrlari — ajratib olingan uskunaning nomini va unga xos rang jilosini ifodalaydi.

Info – joriy nuqtaning rang parametrlari va kursor koordinalari haqida axborot beradi.

Navigator – tasvirning turli fragmentlarini tezda koʻrish va koʻrish masshtabini oʻzgartirish imkonini beradi, xattoki tasvirni miniatyura holatida koʻrishga ham olib keladi.

Sintez – tasvir rangi jilosida old va orqa rejasi qiymatlarini aniqlab beradi hamda ranglar jilosini taxrirlay oladi.

Katalog — ishlatish uchun kerak boʻladigan barcha ranglar majmui boʻlib, undan kerak vaqtda tasvirning old va ortdan koʻrinishi jilosi rejalarini ham bajarishda ishtirok etadi.

Sloi – tasvirning barcha qatlamlari jilosini ifodalashda asqotadi va qatlamlar jilosi parametrlari bilan ham ish yuritadi.

Kanalы — turli kanallarda ish yuritish jarayonini ranglar jilosi asosida boshqaradi va bir qancha kanaldan iborat tasvir tashkil etishni boshqaradi.

Kontur – tashkil etilgan barcha konturlar roʻyhatidir.

Operatsii – makrokomandalar tashkil etib, fayl shaklida ularni yozish, bajarish, taxrirlash, olib tashlash, saqlash mumkin.

Shuni qayd etish lozimki, ushbu muxarrir bilan ish yuritganda tasvirlar ustida bajariladigan operatsiyalar quyidagilardan iboratdir:

Tasvirning dinamik diapazonini oʻzgartirish, yaʼni yorituvchanligi (yarkost) va tiniqligi(kontrasnost)ni oshirish.

Tasvirning aniqligini oshirish.

Rangli korreksiyasini oshirish (qizil, yashil va koʻk ranglar kanalida oʻzgartirishlar kiritish).

Tasvir fragmentlari ochiqlik (yarkost) darajasini oʻzgartirish

Tasvir fragmentlari oʻrtasidagi oʻtish chegaras

ini tekislash.

Tasvir kompozitsiyasidan baʼzi-bir fragmentlarni qirqib tashlash.

Tasvirning yoʻqotilgan fragmentlarini tiklash, taʼmirlash.

Tasvirni montaj qilish (alohida olingan fragment

lardan butun bir tasvirni vujudga keltirish).

Adobe Illustrator — vektorli muxarrir

  Dastur interfeysi — dasturning asosiy boshqarish elemmentlari menyu satrida va boshqarish paneli hamda uskunalar jilo(palitra) sida joylashgan. Ish yuritish oynasining asosiy hajmini ishchi maydoni tashkil etadi. Ishchi maydonida “Fayl(Novыy” buyrugʻi) bilan ishchi varagʻi ochiladi. “Fayl (Parametrы dokumenta) buyrugʻi bilan muloqot oynasida varaq parametrlari oʻzgartiriladi yoki tanlanadi. Ushbu dasturda uskunalar paneli xuddi Paint dastursidek oynaning chap tomonida vertikal joylashgan boʻladi va ular 5 guruxga boʻlinadi:

gurux uskunalari yordamida obyektni ajratib olish mumkin.­(toʻliq ajratish), Ý(qisman ajratib olish), shu strelkalar bilan birgalikda klaviaturaning Shift tugmachasi  ham bosilsa, u holda bir qator obyektlarni ajratib olish mumkin boʻladi.

Rasm solish vazifasini bajarishga safarbar qilinadi.Bular – pero, qalam, matn, qaychi, ellips, toʻgʻri toʻrtburchak.

Ajratilgan obyekt ustida ish yuritish vazifasini bajaradi. Bular: burish(povorot), ogʻish(naklon), oʻlcham (razmer), oyna(zerkalo)dir.

Obyektlarni transformatsiya qilish(bir obyektdan ikkinchi bir obyektni hosil qilish) va diagrammasini chizish vazifalarini oʻtaydi. Bular – prevraщyeniye va diagramma.

Koʻrish jarayonini boshqarish vazifasini bajaradi. Bular – masshtab, qoʻl, lineyka, pipetka, gradiyent va zalivka.

Bulardan tashqari, alohida tipdagi muloqot oynasi boʻlmish-palitra(rang jilosi)ning roli juda katta. Bu dasturda 13ta palitra boʻlib, ularning birontasini ham ekranda bir vaqtda ochib turish mumkin emas. Klaviaturaning TABtugmachasi bilan ularni ekranda koʻrinmaydigan holatda asrab turish mumkin. Uskunalar panelini qoldirib, faqat palitrani olib tashlash uchun TAB+Shift tugmachalari bosiladi. Grafika bilan ishlash uchun 8ta palitra kerak boʻladi. Bular: liniya, katalog, Sintez, Gradiyent, Transformirovaniye, Vыravnivaniye, Atributы, Sloi menyuning «Okno” punktidagi “Pokazat” buyrugʻi ish boshlaydi.

Matnli obyektlar bilan ish yuritish uchun 4 palitra zarur boʻlib, bular: simvol, abzas, tabulyatsiya lineykasi, MM—dizayndir. Menyuning “Tekst” punktining kerakli buyruqlari bilan ish bajarishga kirishadi. Vektorli grafika yaratish jarayonida asosan liniya, katalog va sintez palitralari bilan ish yuritiladi.

Xullas, vektorli grafikaning asosiy obyekti kontur (liniya) boʻlib, ana shu konturlardan murakab obyektlar yaratiladi. Vektorli grafikaning har bir obyekti oʻz xususiyatlariga egadir, yaʼni obyekt konturi segment va tayanch nuqtalardan tashkil topadi. Demak, vektorli tasvirni qoʻl bilan ham oddiy konturlarni birlashtirib yoki rastrli grafikalarni vektorlash-tirib(trasirovka qilib) yaratish mumkin ekan.

Nazorat uchun savollar

Kompyuter grafikasi deganda nimani tushundingiz?

Rastrli grafika bilan vektorli grafikani qanday ajratasiz?

AdobePhotoshopning vazifasi va imkoniyatlarini bilasizmi?

Fraktal grafika deganda nimani tushunasiz?

AdobeIllustrator dastursi qanday vazifani bajaradi?

Photoshop va Illustrator dasturlari Hamkorligi mavjudmi?

 

Matnli hujjatlar bilan ishlash vositalari



  Qogʻozga chiqariladigan koʻpchilik hujjatlar va elektron hujjatlar ham matn sifatida yoziladi, yaʼni elementar belgilar, raqamlar, harflar yordamida yozilgan matnlardan tashkil topadi. Hujjatlar bilan ishlashda kompyuter katta quvvatga ega boʻlgan intellektual yozuv mashinkasiga aylanadi. Matnni tayyorlashda uch turdagi amallar bajariladi.

1.Kiritish amali — hujjatni elektron holatga, yaʼni fayl shakliga keltiradi. Kiritish deganda faqatgina klaviatura orqali matnni kompyuterga kiritish emas, balki turli xil apparat vositalari yordamida qogʻozdagi tasvirlarning originalini grafik koʻrinishdan matn koʻrinishiga oʻtkaziladi.

2.Taxrirlash amallari yordamida mavjud matn ustida ish yuritish, yaʼni xatolarni tuzatish, koʻchirish, nusxa olish, qirkib olish va boshqa xil amallar yordamida mazmunini oʻzgartirish mumkin.

3.Formatlash  amali yordamida qogʻozdagi va elektron koʻrinishdagi hujjat tekislanadi (unga dizayn beriladi).

Shuni qayd etish lozimki, dasturlar bilan ish yur

itish jarayonida formatlashga oʻrin yoʻq. Shu sababli ham matnlar bilan ish yuritganda    ikki turdagi dasturlar qoʻullaniladi:

Matnlarni kiritish va jamlashtirish uchun yaratilgan

Formatlash texnologi

yasini ham oʻzida mujassamlantirgan.

Birinchi turdagi dasturlar matn muxarrirlari,ikkinchisi — matn protsessorlari deb ataladi.

Ofis ishini avtomatlashtirish.

Xozirgi kunda jamiyat hujjat aylanishisiz mavjud boʻla olmaydi. Har kuni dunyoda hujatlarning milliardlab nuxsalari ishlab chiqiladi. Bu hujjatlarni ishlab chiqish uchun katta miqdordagi qogʻoz va yogʻochning sarf-harajatidan tashqari mutaxassislarning shu hujjatlarni ishlab chiqishi uchun qancha vaqt sarf etishini aytmaysizmi? Shuning uchun ham informatsion texnologiyaning asosiy vazifalaridan biri xozirgi kunda qogʻozdagi hujjat almashuvini elektron hujjat koʻrinishida olib keladigan turli vositalar va uslublar ishlab chiqishdir. Zamonaviy tarmoq texnalogiyalari bu vazifani qisman hal qilmoqdalar. Dunyo banklari, elektron tarmoqlar orqali bogʻlangan va moliyaviy Hujjatlar, asosan, elektron koʻrinishda. qimmatli qogʻozlar va korxonalar aksiyalari oʻrniga elektron depozitoriyalar, plastik yoki smat kartalar  ishlatish yoʻlga qoʻyilgan. Qogʻozsiz texnologiya asosida xozirgi kunda ommaviy-axborot vositalarining koʻpchiligi ish yuritmoqda. Gazeta, jurnallarning tayyorla-nish bosqichlari kompyuterda bajarilmoqda. Tasvirli axborotlarni ham qayta ishlash imkoniyati kompyuterlarda skaner degan vositalar yordamida amalga oshirilmoqda. Xozirgi vaqtda quyidagi turdagi skanerlar mavjud:

1.Qoʻl skanerlari — bu eng sodda skaner hisoblanib, rastrli grafika asosida ish yuritadi, ammo unda olingan tasvirning sifati pastroq. Chunki bunday skanerlarning harakatlanuvchi qismi yoʻq va hujjatning tasvirini olish uchun skaner bir necha bor hujjat ustida yurgiziladi.

2.Varaq skanerlari-bu skanerlar yordamida bir yoʻla standart formatli (A4) varaqskanerlanishi mumkin. Skanerlash  qismi qoʻzgʻalmas boʻlib, qogʻoz  printerdagi kabi maxsus valiklar yordamida uzatiladi.

3.Planshetli skanerlar — bu skanerlar yordamida yuqori sifatli nusxalar tayyorlanadi va maksimal darajada ishlash qulay. Skanerlash qismi qogʻoz ustida oʻzi harakatlanadi.

4.Raqamli skanerlar-bu skanerlar asosan hujjatlarni emas, balki turli xil fototasmalar va slaydlarning nusxasini kompyuterga koʻchiradi. Bu turdagi skanerlarda maʼlumot satrma-satr kiritiladi.

5.Shaklli skanerlari — ular asosan turli xil blankalar, maʼlumot-nomalar, varaqalar chiqarish uchun moʻljallangan.

6.Shtrixli skanerlar — asosan savdo markazlarida ishlatiladi. Bular yordamida shtrix kodlar tekshiriladi va natijada narh — navolar belgilanadi.

Skanerlarning kompyuter operatsion sistemasi bilan bogʻ lanishi. Skanerlarni kompyuterga ulashda turli usullardan  foydalani-ladi. Kompyuterda maxsus ulanish platasiga ega boʻlgan (kontroller )skanerlar mavjud. Kontroller platasi asosiy plataga oʻrnatiladi. Baʼzi turdagi skanerlar boʻsh parallel portga ulanadi. Bunday ulanishda maʼlumotlar almashinuvi sekinroq bajariladi, lekin skanerni ulash uchun qoʻshimcha qurilmalar jalb etilmaydi. Skanerlarning apparat interfeysi turli boʻlishligi sababli skaner va operatsion sistemani bogʻlovchi yagona dastur ishlab chiqarish maqsad qilib qoʻyilmoqda. Windows-95 dastursida bu dastur nazarda tutilmagan va shu sababli bu operatsion sistema skanerning ulanishida  baʼzi qiyinchiliklarni tugʻdiradi. Windows-98 operatsion sistemasida esa hisobga olingan va bu operatsion sistemaning barcha ilovalarida skanerlardan olingan maʼlumotlar bemalol qayta ishlanadi. Foydalanuvchi hujjatni skanerlashida tegishli buyruq berganligidan soʻng boshqaruv panelida skanerning maxsus belgisi paydo boʻladi.

Matnlarni aniqlashni avtomatlashtirish

Skaner yordamida hujjatlar qayta ishlangandan soʻng bu hujjatning grafik tasviri hosil boʻladi. Kompyuterning qabul qilishiga koʻra, bu grafik tasvir turli xil rangdagi nuqtalar bilan belgilanadi. Bu nuqtalardan matnni toʻgʻri aniqlashtirish jarayoni muhim va qiyin muammolardan biri  boʻlib hisoblanadi. Avvallari grafik tasvirni matn koʻrinishiga oʻzgartirish standart shablonlarni qoʻllash yordamida bajarilar edi. Agar berilgan matn shablondan ozgina farqli boʻlsa, bu matnni kompyuterda aniqlab boʻlmas edi. Xozirgi paytda bunday vazifalarni baja-ruvchi OCR s

istemasi ishlab chiqildi. Bu sistema yordamida turli koʻrinishdagi shriftlar va qoʻlyozmalarni bemalaol aniqlashi mumkin. Koʻp chilik aniqlashtiruvchi sistemalar aralash shriftlarni ham qayta i

shlay oladi. Aniqlashtiruvchi dasturlarga FineReader  va  CuneiFormdasturlari ham kiradi.

Endi shu dasturlardan birining ish yuritish texnologiyasi bilan tanishib chiqamiz.

FineReader dasturi

FineReader dasturining asosiy vazifasi – rus, ingliz, fransuz, nemis, ukrain va boshqa tillarda tayyorlangan Hujjatlarni tahlil qilishdir. Bunda skanerlash va hujjatlarni bilish (raspoznavaniye) jarayoni bir operatsiya yordamida bajariladi. Bu dastur turli skanerlar bilan ish yurita oladi.  Dasturni  ishga tushirish texnologiyasi odatdagidek. Dastur oynasi xuddi boshqa dasturlarnikidek –birinchi satrda dastur no-

mi, ikkinchi satrda – menyu, keyingi satrlarda boshqarish panellari uskunalari va ish yuritish maydonidan iborat. Ish yuritish maydonining chap tomonida paket paneli joylashgan boʻlib, uyerda  matnga aylantiriladigan grafik koʻrinishdagi Hujjatlarning roʻyhati tasvir-langan. Ushbu grafik fayllar biror hujjatning qismi hisoblanadi. Kerakli axborotlar qayta ishlangandan soʻng ular matnli faylga birlashadi. Ish yuritish maydonining pastki qismida joylashgan panelda koʻrilayotgan hujjatning kattalashgan koʻrinishi ifodalanadi. Bu panel orqali bilish

(raspoznavaniye) sifatini aniqlashga yordam beradi. Ish yuritish maydoni-

ning qolgan qismlarida tasvirlarni aniqlash oynasi va matnni taxlil qiladigan oyna joylashadi. Menyu punktlari tagiga joylashgan standart panel piktogrammalari hujjatni ochish va almashuv buferi bilan boʻladigan operatsiyalarni hal qiladi. 4-satrga joylashgan Scan&Read paneli tugmachalari qogʻozli hujjatni elektron matnga aylantirish uchun xizmat qiladi. Bulardan birinchisi aytilgan vazifani bajarsa, qolganlari ochiladigan menyuga ega boʻlgan Holda boshqarish vazifalarini bajaradi.

5-satrda joylashgan panel uskunalari tasvir segmentatsiyasini oʻzgartirish uchun xizmat qiladi. Formatlash paneli uskunalari esa tayyor boʻlgan matnni tekislash va taxrirlash uchun xizmat qiladi.

Matnli hujjatlarni oʻzlashtirish qoidalari

  Qogʻozli hujjatni elektron hujjatga oʻtkazish 3 etapda bajariladi:

Birinchi etap – skanerlash. Tasvir qogʻozdan raqamli axborot koʻrinishiga oʻtishi mumkin. Masalan, raqamli fotoapparat yoki raqamli videokamera kabi.

Ikkinchi etap – matnni segmentlash, yaʼni alohida-alohida qism (blok)lar holiga keltirish va uni keyinchalik ketma-ket oʻzlashtirish (raspoznavaniye).

Uchinchi etap – oʻzlashtirish (raspoznavaniye). Oʻzlashtirilgan  matn alohida oynada formatlangan matn holatida ifodalanadi.

Reklama


POJALOVATSYA NA ETO OBʼYAVLENIE

Rubrika: InformatikaOtmecheno InformatikaOstavit kommentariy

Zamonaviy grafik dasturlarning taxlili va xolati.

Opublikovano 24.05.2015

A.U.Poʻlatova, Toshkent sh., OʻzDJTU oʻqituvchisi.

Z.M.Ibragimova,Toshkent sh., OʻzDJTU oʻqituvchisi.

Annotatsiya

Ushbu ilmiy maqolada kompyuter grafikasining texnik aspektlari, shu bilan bogʻliq barchani shu sohada qiziqtiruvchi va baʼzi dasturlar haqida, ularning qachon, qayerda va qanday qoʻllanilishi mumkinligi, buning uchun nimalar zarurligi, qaysi dastur boshqa dasturdan ustunligi yoki har bir dasturning qaysi hollarda effektlirogʻu, qaysi hollarda uncha emasligi va h. k…lar haqida maʼlumot berishga harakat qilindi.

Maqola har bir u bilan tanishayotgan foydalanuvchini befarq qoldirmaydi va ular uchun kerakli maʼlumotni berish yoki ularga ish boshlashlashlari uchun  yoʻllanma berish vazifasini sitqidildan bajara oladi.

 

         Kompyuter grafikasining yaratilish davri  1960 yillarga toʻgʻri keladi. Kompyuter grafikasi va   grafik tizimlari oʻsha vaqtdayoq oʻz qimmatiga ega edi. Bugungi kunda  kompyuter grafikasi (KG) va kompyuter animatsiyasi (KA) terminlaridan foydalanish yaxshi yoʻlga qoʻyilgan. Kompyuter grafikasi tushunchasi oʻz tarkibiga statik tasvirlar  bilan bogʻliq barcha ishlarni birlashtirsa, kompyuter animatsiyasi esa bevosita dinamik oʻzgaruvchi tasvirlar bilan ishlaydi. Grafika va animatsiyalarning oʻzaro birlashtirilishi (KG) va (KA)si abbreviaturasi imkoniyatlari hisoblanadi.



Computer graphics – bu,  EHMning boshqaruvi asosida grafik obyektlarga  kirish, ularni tasvirlash, oʻzgartirish, taxrirlash va  undan chiqi

shdir. (Borkovskiy A.V. “Anglo-russkiy slovar po programmirovaniyu i informatike”)

Computer animation — bu, displey ekranida tasvirlarning “jonlanishi” , kompyuterdagi dinamik tasvirlarning sintezidir. ( «Anglo-rus

skiy slovar po voʻchislitelnoy texnike» p/r Ye.K. Maslovskogo).

Grafik dasturlarda odatda kuyidagi ketma-ketlikda ish olib boriladi:

Yangi faylni yaratish yoki mavjud faylni ochish.

Obyekt yoki muxitni belgilash. Bu asbob va effektlarni tasvirlarning hammasiga emas, balki zarur, kerakligiga qoʻllashni bildiradi.

Effektlarni joylashtirish yoki asboblarni grafik shaklda panelda aktivlashtirish.

Belgilashni olib tashlash.

Kompyuter grafikasi uch turga boʻlinadi: rastrli grafika, vektorli grafika va fraktal grafika. Ular bir-biridan monitor ekranida tasvirlanishi va qogʻozda bosib chiqarilishi bilan farqlanadi.

         Kompyuter grafikasi tushunchasi hozirda keng qamrovli sohalarni oʻzida mujassamlashtirib,  bunda oddiy grafik chizishdan to real borliqdagi turli tasvirlarni hosil qilish, ularga zeb berish, dastur vositasi yordamida hatto tasvirga oid Yangi loyihalarni yaratish koʻzda tutiladi.U multimedia muhitida ishlash imkoniyatini beradi.

Kompyuter grafikasi – bu, avvalo, keng tarqalib borayotgan dastur taʼminotidir, yaʼni kompyuter grafikasi mavjud va Yangi yaratilayotgan dasturlarga tayanib ish koʻradi,  rivojlanadi vat obora qoʻllanilish sohasini kengaytira boradi.U hatto shu dasturlarning oʻziga zeb berishda ham juda keng qoʻllaniladi.Kompyuter grafikasi ning rivojlanishi jarayonlarning real uch oʻlchovli fazoda qanday kechishini aniq tasvirlash (hatto harakatdagi )imkoniyatini yaratdi.Shu sababdan hozirda shunday Amaliy dasturlar paketlari yaratildiki, ular yordamida koʻrilayotgan masalaning asosiy parametrlarini bergan holda uning yechimi natijasi grafik shaklda olinishi mumkin, bu esa oʻz navbatida jadvallar koʻrinishidagi ish uslub va vositalarining oʻzgacha tusda boʻla olish imkoniyatidir.

Kompyuter grafikasining qoʻllanilish sohasi juda keng va xilma-xildir. U  nafaqat ilmiy xodimlar, balki rassomlar, turli soha loyihachilari, reklama bilan shugʻullanadigan mutaxassislar, Internet sahifalarini yaratish, oʻqitish jarayoni uchun va boshqa sohalarda muhim rol oʻynamoqda. Uning, ayniqsa, matbaa sohasida qoʻllanilishi keyingi paytlarda rang-barang, suratli adabiyotlar , oʻquv qoʻllanmalari va badiiy asarlarning paydo boʻlishida yuksak bezash texnikasidan foydalana olish imkonini bermoqda. Hozir, oʻziga jalb qiluvchi videoroliklar, Internet sahifalarini yaratishni kompyuter grafikasiz tasavvur qilish qiyin.

Yuqorida qayd etilgan fikrlarning  qay darajada obyektiv ekanligini quyidagi tahlillar isbotlaydi:

Ikki oʻlchovli animatsiyalar:

Animator Pro

Animation Works Interactive

Animo


Elastic Reality

 Modellashtirish: (2D va 3D)

AutoCAD

Sketch!, Ray Dream Designer, MacroModel, FormZ, Crystal 3D Designer

SGIda modellashtirish (2d va 3d): designer, studio va autostudio

 

Uch oʻlchovli animatsiyalar:



Uch oʻlchovli realistik tasvirlarni yaratish texnologiyasi

3D Studio va 3D Studio MAX

trueSpace, Prisms, Three-D, RenderMan, Crystal Topas

Electric Image, SoftImage

Macintosh uchun Infini-D

LightWave 3D, SoftImage 3D va Media Studio na SGI

SGI tilidagi PowerAnimator

Katta xajmdagi shriftlar bilan ishlash, yaʼni Poligroafiya soxasida ishlatiluvchi kompyuter grafikasi dasturlari:

Adobe Photoshop

Adobe Illustrator

Corel Draw

Programmы KGA dlya poligrafii na SGI i Macintosh: Barco Creator, Live Picture, Scitex Blaze, Linotype Da Vinci, Eclipse i Pixelfx.

Rasm solish soxasi uchun kullanilayotgan kompyuter grafik dasturlari: (2D)

Painter va FreeHand

Sgida rasm sanʼati uchun kompyuter grafikasi (2d) va macintosh: collage, pixelpaint pro va studiopaint (3d)

Prezentatsiyalar uchun dasturlar:

PowerPoint

Astound


Adobe Persuasion, Novell Presentations, Demo-it, Director

 Video va komponovka ishlari uchun quyidagi tizimlar tavsiya etiladi:

Adobe Premier dasturi  va uning konkurentlari

SGIda  Composer

 Ilmiy anjumanlar uchun dasturlar:

Surfer, Grapher va MapViewer



IRIS Explorer, VIS-SD, PV-Wave, Khronos, Data Visualizer, Data Explorer

SGIda  Earth Watch
Download 24.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling