1.4. Fan bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalarga qo‘yilgan talablar.
Tinglab tushunish:
Talaba o‘z mutaxassisligiga oid hamda nutqning adabiy-og‘zaki, publitsistik va
kundalik-og‘zaki uslub elementlarinidan tashkil topgan matnni eshitib tushunish
malakasiga ega bolishi kerak. Nutq tezligi minutiga 120-180 bo‘g‘in. eshitilayotgan
tekst o‘z ichiga 3 % notanish so‘zlarni oladi. Eshitish vaqti 4-5 minut.
Gapirish:
A. Dialogik nutq. Talaba aloqa muhiti va holatini hisobga olgan holda
muhokama suhbati va tushuntirish suhbati olib borishni bilishi kerak. Mavzuga doir
savollar bilan suhbatda ishtirok eta olishi lozim.
B. Monologik nutq. Talaba aloqa muhiti va holatini hisobga olgan holda
o‘qilgan yoki eshitilgan matnning mazmunini tushunishi va berilgan mazmunga baho
bera olishi kerak. U muhokama qilinayotgan muammolar haqida kengaytirilgan
suhbat qila olishi kerak.
Berilgan kommunikativ soha va nutq situatsiyasi bo‘yicha o‘z fikrini ayta olishi
kerak.
O‘qish:
Talaba badiiy va ijtimoiy-siyosiy matnlarning materiali asosida o‘rganish
ko‘nikmasini egallashi kerak, bunda u 350 bosma belgi tezligida leksik-grammatik
tahlil elementlaridan to‘la tushungan holda foydalanishi kerak. U tezligi minutiga 600
bosma belgi tezligida badiiy, ijtimoiy-siyosiy va ilmiy-ommabop tekst materiallaridan
tanishuv o‘quvidan foydalana olishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |