Tatu huzuridagi Jizzax axborot texnologiyalari texnikumi 2-bosqich guruh talabasi “Diplom ishi”
Download 0.67 Mb.
|
asilbek
Mavzu: Simsiz lokal tarmoq yaratishReja:Simsiz tarmoq.Simsiz tarmoq haqida tushuncha.Simsiz tarmoq tuzilmasi.Simsiz tarmoq turlari.Axborot uzatishning simsiz texnologiyalari tarixi XIX asrning oxiriga kelib birinchi radiosignal uzatilishi bilan boshlangan va XX asrning 20-yillarida amplituda modulyatsiyali radio qabul qilgichlar paydo bo’lishi bu texnologiyalarni rivojlanish jarayonlariga katta ta’sir ko’rsatdi. 1970-yillarga kelib tovushni radioto’lqinlar orqali uzatuvchi birinchi simsiz radiotelefonlar yaratildi. Dastlab bular analog tarmoqlarda ishlagan bo’lsa, 80-yillar boshida raqamli standartlarga o’tish boshlanganligini anglatuvchi, spektrni yaxshi taqsimlashini, eng yaxshi sifatli signalni va eng yaxshi xavfsizlikni ta’minlovchi GSM standarti ishlab chiqildi. XX asrning 90-yillarida simsiz tarmoqlar holatini mustahkamlash jarayonlari yuz berishi, bu texnologiyalarni jadallik bilan rivojlanishiga olib keldi. Wi-Fi. Wi-Fi texnologiyasi hozirgi kunga kelib kompyuter olamida eng perspektiv kompyuter tarmoq tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Wi-Fi (Wireless Fidelity) — ingliz tili so’zlaridan tashkil topgan bo’lib, «simsiz vafolik» ma’nosini anglatadi. Wi-Fi texnologiyasi deb raqamli ma’lumotlarni radiokanallar orqali jo’natish turlaridan biridir. Ushbu texnologiya yaratilishida avvalo korporativ foydalanuvchilar uchun mo’ljallangan bo’lib, kabelli tarmoqni o’rnini egallashi bashorat qilingandi. Bizga ma’lumki albatta kabelli tarmoqli kompyuter tarmog’ini yaratish uchun bir necha ming kabel tarmog’ini qo’lda o’rnatish hamda maxsus tarmoq topologiyasini o’rnatish talab qilinishini hamma bilishligi aniq. Ingliz tilida Simsiz tarmoq atamasi ingliz yoki ispan tillarida "simsiz tarmoq" bo'lib, Simsiz tarmoq portlar orqali ulanish deb ataladi. Ya'ni, kabellar yoki simli tarmoqdan foydalanmasdan, elektromagnit to'lqinlar yordamida tugunlarni ulash. Afzalliklari bilan uzatish va qabul qilish portlar orqali amalga oshiriladi va arzonroq. Uning kamchiligi shundaki, u tarmoq xavfsizligi nuqtai nazaridan ko'proq talabchan. Ommaga e'lon qilinganidan beri ushbu texnologiya ko'plab izdoshlarni orttirdi va simli yoki chekilgan tipidagi ulanishlarni ruxsat beruvchi joylarda tobora ko'proq almashtirmoqda. Ushbu simsiz texnologiyaning qabul qilinishi simli texnologiyalarning an'anaviy tizimi va RJ45 va Ethernet adapterlariga nisbatan afzalliklari bilan bog'liq. Simsiz tarmoq. Simsiz tarmoqlar odamlarga simli ulanishsiz o’zaro bog’lanishlariga imkon beradi. Bu siljish erkinligini uy, shahar qismlaridagi yoki dunyoning olis burchaklaridagi ilovalardan foydalanish imkonini ta’minlaydi. Simsiz tarmoqlar odamlarga o’zlariga qulay va xoxlagan joylarida elektron pochtani olishlariga yoki Web-sahifalarni ko’zdan kechirishlariga imkon beradi.Simsiz tarmoqlarning turli xillari mavjud, ammo ularning eng muhim xususiyati bog’lanishning kompyuter qurilmalari orasida amalga oshirilishidir. Kompyuter qurilmalariga shaxsiy raqamli yordamchilar (Personal digital assistance, PDA), noutbuklar, shaxsiy kompyuterlar, serverlar va printerlar taalluqli. Odatda uyali telefonlarni kompyuter qurilmalari qatoriga kiritishmaydi, ammo eng yangi telefonlar va hatto naushniklar ma’lum hisoblash imkoniyatlariga va tarmoq adapterlariga ega. Yaqin orada elektron qurilmalarning aksariyati simsiz tarmoqlarga ulanish imkoniyatini ta’minlaydi. Simsiz tarmoq haqida tushuncha. Bog’lanish ta’minlanadigan fizik xudud o’lchamlariga bog’liq holda simsiz tarmoqlarning quyidagi kategoriyalari farqlanadi:
Download 0.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling