Tatuff axborot-xavfsizligi 4-bosqich talabasi Ahmadjonov Shahbozbek Asliddin o’g’li


Download 14.47 Kb.
Sana24.02.2023
Hajmi14.47 Kb.
#1226157
Bog'liq
Monolog


TATUFF Axborot-xavfsizligi 4-bosqich talabasi Ahmadjonov Shahbozbek Asliddin o’g’li
Kiber xavfsizlik nima – bu savolga oddiy odamlar nima deb javob beradi. Umuman olganda savolga qaraganda ular o’zlarini ma’lumotlarini yoki shaxsiy qurilmalari (gadjet)ning xavfsizligini taminlash tushiniladi. Ammo xozirgi davrga kelib bu atama juda katta sohalarni o’z qamroviga olib bo’lgan desam adashmayman .Chunki O’zbekistondagi 2022-yil statistikaga qaraganda kiberxujumlar va tahdidlar 38.2% ga oshgan va uni himoyalsh uchun kerakli kadrlarga talab esa 82.3% oshgani aytilmoqda.Bu hujumlar endi faqat shahsga doir emas balki idora ,tashkilot va korxonlarga ham tegish bo’lib qolmoqda.Ya’ni idora-tashkilotlardagi serverlarga yoki kompyuterlarga hujum qilib kerakli malumotlarga ega bo’lish yoki malumotlarni o’chirib yuborish kabi holatlar ham kuzatilmoqda .Shaxsga doir holatlarga to’xtalsak hozirgi paytda asosan eng ko’p tarqalgan kiberjinoyat bu shaxsning plastik kartasidan yoki hisob raqamidan pul yechib olish bo’lmoqda .Bunga asosiy sabab ehtiyotsizlik parolni xavfsizlik darajasida o’rnatmaslik,shaxsiy malumotlarni boshqalarga berish va hakozalar.
Bu holatda kiberjinoyatchilarga eng qo’l kelayotgan narsa bu soxta saytlar yaratish va ulardan foydalish bo’lib turibti. Yani kiberjinoyatchi soxta sayt yaratadi va biror narsa sotib olish yoki pul o’tkazish uchun qurbonga bu sayt silkasi yubordi bu sayt haqqoniy pul o’tkazmalari uchun yaratolgan sayt bilan bir xil bo’ladi bunga ishongan qurbon esa o’z karta malumotlari kiritadi va jinoyatchi uning shahsiy malumotlariga yoki palstik karta raqami va paroliga yoki maxsus dasturga ulanish uchun bank tomonidan berilgan pincodga ega bo’ladi.Plastik karta bo’sh xolatda bo’lgan ham karta malumotlarini saqlash kerak chunki kiber jinoyatchi bu plastic kartadan ko’prik sifatida foydalanishi mumkin .Buni qanday bo’ladi deb o’lashingiz mumkin bunda jinoyatchi dastur yordamida plastigni o’z qurilmasiga ulab olgandan so’ng bu plastikda xoxlaganicha pul o’tkazmalarini o’tkazish imkoniga ega bo’ladi.Bundan tashqari bo’sh plastikni ulab olsa unga mikroqarz olishi mumkin bo’lib qoladi .Bunda plastik karta egasi yana aybdor bo’lib qoladi va qarz bo’lib qolaveradi.
Xulosa qilib shuni aytishim mumkinki bunday xolatlarni oldini olish uchun oz bo’lsada kiberxavfsizlik bo’yicha bilimga ega bo’lish yoki shunday xolatlar bo’lganda ichki ishlarga xabar berish kerak deya olaman.Shaxslar uchun saytlarga murojat qilishda ssl sertifikatiga ( https) ega bo’gan saytlarga murojat qilishini va hech qachon bank tomonidan berilgan pincodeni hechkimga bermaslikni maslahat beraman.
Download 14.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling