Tavakkalchilik
Download 67.93 Kb.
|
Alaviddin mikro ppt
Reja:
TAVAKKALCHILIK bu oqibatning yaxshi bo’lishiga umid bog’lab, xavf ehtimolligini zimmasiga olgan holda qilinadigan harakat. bu resurs yoki daromaddan to’la yoki qisman yo’qotish xavfi. bu omadsiz oqibatning miqdoriy baholanishi. Tavakkalchilikni o`lchash turlari Ehtimol tushunchasi bilan o`lchash Chetlanish yo`li bilan o`lchash Bu haqiqiy natija bilan kutilgan natija o`rtasidagi farq bo`lib u tavakkalchilikdan darak beradi.Ushbu farq qancha yuqori bulsa tavakkalchilik ham shuncha yuqori bo`ladi Matematik ehtimol Statistik ehtimol Tavakkalchilikga bo`lgan munosabat Tavakkalchilikka moyil insonlar Tavakkalchilikga befarq bo`lgan insonlar Bu inson kutiladigan daromad berilganda u tavakkalchilik bilan bog`liq natijalarga nisbatan kafolatgan natijani ustun ko`radi. U insonga kutiladigan daromad berilganda u kafolatlangan natijadan ko`ra tavakkalchilik bilan bog`liq natijani ustun ko`radi. Tavakkalchilikka befarqlik Tavakkalchilikka moyillik Tavakkalchilikni pasaytirishni quyidagi 4 ta usuli bor Diversifikatsiya Sug`urtalash Tavakkalchilikni taqsimlash Axborat izlash Diversifikatsiya Diversifikatsiya usulida tavakkalchilik bir necha tovarlarga taqsimlanadi, yaʼni biror tovarni sotish (sotib olish) yuqori tavakkalchilik bilan bogʼliq boʼlishi boshqa bir tovarni sotishdan (sotib olishdan) boʼladigan tavakkalchilikni kamaytirishga olib keladi. Masalan, biror firma ikki xil mahsulot ishlab chiqaradi. Maʼlumki, bir vaqtning oʼzida ikkala mahsulot turiga boʼlgan talabning kamayib ketish ehtimoli, ulardan bittasiga boʼlgan talabni kamayib ketish ehtimolidan yuqori. Koʼp hollarda bir turdagi mahsulotga boʼlgan talab kamayganda ikkinchi turdagi mahsulotga boʼlgan talab oshadi. Quyidagi 4-jadvalda ikki turdagi mahsulotdan olinadigan daromadlar keltirilgan. Jadval 4. Tovarlarni sotishdan tushgan daromad. Tovarlar turi Yoz fasli Qish fasli 1-tur (muzqaymoq) 6 mln. soʼm 1 mln. soʼm 2-tur (issiq choy) 1 mln. soʼm 6 mln. soʼm Firma oʼz ishlab chiqarishini diversifikatsiya qilib yoz oyida ikkinchi tur tovar hisobidan yoʼqotadigan daromadini birinchi tur tovarni koʼproq sotish hisobidan qoplaydi. Xuddi shunday qish faslidagi yoʼqotishlar ikkinchi tovar hisobidan qoplanadi. Koʼrinib turibdiki firma diversifikatsiya yoʼli bilan tavakkalchilikni kamaytirdi. Lekin, diversifikatsiya tavakkalchilikni toʼliq yoʼqotmaydi, u faqat kamaytiradi xolos. Sug`urtalash Maʼnaviy tavakkalchilik (yoʼqotish) - yoʼqotishlar sugʼurta kompaniyasi tomonidan toʼliq qoplanishiga ishonib vujudga kelishi mumkin boʼlgan yoʼqotishlar ehtimolini ongli ravishda oshirishga intiluvchi shaxslarning hatti-harakati. Insonlar oʼz hayotini, mulkini sugʼurtalagandan keyin, oʼzining hayotiga, mulkining saqlanishiga koʼpincha befarq qaray boshlaydilar. Ular sugʼurtalashgacha qilinadigan ehtiyot-choralarni bajarmay qoʼyadilar. Bunday holat tavakkalchilikni kuchaytiradi va inson oʼzini sugʼurta qilgan voqea-hodisalarning sodir boʼlish ehtimolini oshishiga olib keladi. Baʼzi bir nopok insonlar yuqori sugʼurta haqi olish maqsadida, ongli ravishda oʼzining eski uyini yoqadi, mulkini yaroqsiz holatga keltiradi va hatto oʼz qarindoshlarini oʼldirishgacha boradilar. Maʼnaviy yoʼqotishlarni quyidagi yoʼllar orqali kamaytirish mumkin: * sugʼurtalanadigan shaxslarni yaxshiroq tekshirish, mijozlarni yoʼqotishlari boʼyicha klassifikatsiya qilish asosida sugʼurta badalini differentsiatsiyalash (yaʼni, yoʼqotishi yuqori boʼlgan shaxs uchun yuqori sugʼurta badali belgilash); * yuqori yoʼqotishga ega boʼladigan shaxslar bilan sugʼurta shartnomasini tuzmaslik (narkomanlar, spirtli ichimlik ichib avtomobil haydaydigan shaxslar); * yoʼqotishni qisman qoplash sharti bilan sugʼurtalash. Tavakkalchilikni taqsimlash ushbu usulga koʼra yoʼqotish ehtimoli bilan bogʼliq boʼlgan tavakkalchilik bilan qatnashuvchi subʼektlar oʼrtasida shunday taqsimlanadiki, oqibatda har bir subʼektning kutiladigan yoʼqotishi nisbatan kichik boʼladi. Ushbu usuldan foydalangan holda yirik moliya kompaniyalari katta masshtabdagi loyihalarni va ilmiy izlanishlarni tavakkalchilikdan qoʼrqmasdan moliyalashtiradilar. Аxborot bilan taʼminlash ham tavakkalchilikni kamaytiradi. Nima uchun deganda, axborotning yetishmasligi notoʼgʼri qaror qabul qilishga olib keladi. Hozirgi vaqtda axborot asosiy taqchil resurslardan biri boʼlib, uni olish uchun haq toʼlash kerak, yaʼni axborot olish xarajat bilan bogʼliq, baʼzi axborotlar nihoyatda qimmat turadi. Shuning uchun ham kerakli boʼlgan axborotdan qancha olish kerak deganda, uning chekli xarajati bilan chekli nafini solishtirib koʼrish kerak boʼladi Axborat izlash Аsimmetrik axborot - bu shunday holatki, bozordagi bozor subʼektlari oʼrtasida boʼladigan savdo-sotiqda ularning bir qismi kerakli, muhim axborotga ega, qolgan qismi esa ega emas. Bozordagi tovarlarni taqsimlanishi optimal boʼlishi tovarlar narxi va tovar toʼgʼrisida qanchalik toʼgʼri axborot berishi bilan bogʼliq. Raqobatlashgan bozorni qaraganimizda biz axborotni simmetrik ravishda taqsimlangan, yaʼni sotuvchilar va sotib oluvchilar axborot bilan toʼliq taʼminlangan, deb faraz qilgan edik. Bunday holatda narxlar sotiladigan neʼmatlarning alьternativ xarajatlari toʼgʼrisida toʼliq axborot beradi. Аniq va toʼliq axborotning boʼlishi bozordagi neʼmatlarning optimal taqsimlanishiga yordam beradi. Lekin, bozorda ahvol butunlay boshqacha. Sotuvchilar oʼz tovarlari sifatini yaxshi bilsada, ushbu axborotni xaridordan yashiradi. Xuddi shunday xaridorlar ham oʼzlarining bozordagi hatti-harakatlarini yashirib, har xil yoʼl bilan savdo-sotiqda bir tomonlama yutuqqa erishishga harakat qiladi. Bozor narxi oʼzida juda koʼp axbortni mujassamlashtiradi. Ushbu axborotni bozor qatnashchilari qancha toʼliq bilsa, savdo-sotiq ikki tomon uchun shuncha samarali boʼladi, yaʼni ikki tomon ham maksimal foyda koʼradi. Yuqoridagidan kelib chiqib aytish mumkinki, bozorda axborotlar asimmetrik (toʼliq) boʼlmaganligi uchun bozor mexanizmi ham yetarli darajada mukammal emas. Download 67.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling