Tavakkalchilikni kamaytirish yo‘llari
Istemolchining budjet chegarasi
Download 79.11 Kb.
|
asasasas
Istemolchining budjet chegarasi.
Birinchi jadval iste’molchining yuqorida aytib o'tilgan mahsulotlardan qay usullarda xarid qilishi mumkinligini hisoblovchi kombinatsiyalardan biri ko'rsatilgan. Birinchi jadval shuni ko'rsatadiki, agar iste’molchi hamma pulini pitsaga sarflasa u 100 ta pitsa xarid qilishi va birorta ham Pepsi ololmasligi mumkin. Ikkinchi qatorda boshqacha variant: 90 ta pitsa va 50 dona Pepsi, va hokazo. Har bir chiqim summasi 1000$ni tashkil etadi.Birinchi jadvaldagi grafik iste’molchi tanlashi mumkin bo'lgan “to'plam”larga misol bo'ladi. Vertical chiziq Pepsining miqdorini o'lchasa, gorizontali esa pitsaning donasini ifodalamoqda. Grafikda uchta nuqta keltirilgan. A nuqtada, iste’molchi faqat 100 ta pitsa oladi, ammo Pepsi olmaydi, B nuqtada u pitsa xarid qilmaydi, lekin, 500 ta Pepsi sotib oladi, A va B nuqtalarining o'rtasi bo'lmish C nuqtada iste’milchi har ikkalasigayam teng ravishda 500 $ dan pul sarflashi tasvirlangan. Bunda u 50ta pitsa va 250 ta Pepsi iste’mol qila oladi. Yuqorida aytib o'tilganlar ko'plab kombinatsiyalardan uchtasi edi, xolos. A nuqtadanBnuqtagacha bo'lgan har bir variant bizga to'g’ri kela oladi. Xarajatlar sig'imii deb ataluvchi ushbu chiziq bizga iste’molchining qurbi yetadigan iste’mol “guruh”larini ko'rsatib beradi. Shu bilan iste’molchi xarid qilishi mumkin bo'lgan Pepsi va pitsa miqdorlarini jadvallar yordamida o'rganib chiqdik. Budjet sig'imi egri chizig’i iste’molchining bir tovaming boshqasiga nisbatan xarid qila olish imkoniyatini narxlar mutanosibligi orqali o'lchashda ishlatiladi. A nuqtadan B nuqtagacha vertikal oraliq 500 ichimlik va gorizontal masofa 100 ta pitsaga teng. Demak, beshta Pepsi bitta pitsaga to'g’ri kelmoqda. (Aslida, budjet sig'imii egri chizig’i pasayganda, natija musbat son chiqadi. Lekin biz manfiy ishorani chetlab o'tishimiz mumkin.) Budjet taqchilligi bir mahsulot narxining boshqa bir mahsulot narxiga taqqoslanishi orqali paydo bo'lgan taxminiy narxga teng ekanligini eslab qoling. Pitsa Pepsidan besh marta qimmat, shuning uchun pitsa olish ehtimolligi Pepsiga qaraganda besh marta past. Bozor ite’molchiga quyidagicha tanlovni taklif qila oladi: bitta pitsaga beshta Pepsi. Maqsadimiz iste’molchi qanday qilib tanlov amalga oshirishini o'rganish. Budjet sig'imi analizning bir qismidir: bu iste’molchining daromadiga qarab qanday tovarlarga qurbi yetishining kombinatsiyasini ko'rsatadi. Iste’molchining tanlovi nafaqat uning moliyaviy ahvoliga, balki, uning tanloviga ham bog’liq. Shunday qilib, iste’molchi tanlovi bizning keying o'rganish obyektimiz bo'ladi. Keling endi tanlovni befarqlik chizig'i orqali ifodalashni ko’rib chiqamiz. Iste’molchining tanlovi unga Pepsi va pitsa kombinatsiyalaridan birini tanlash imkonini beradi. Agar biz unga ikki turdagi variantni ko'rsatsak, u o'ziga mosrog’ini tanlaydi. Agar ko'rsatilgan ikki variant unga teng ma’qul bo'lsa, iste’molchi ikkkalasini ham birdek qabul qiladi. Biz hozir iste’molchining budjet sig'imini grafik ko'rinishida tasvirlaymiz, shuningdek, uning tanlovini ham grafikda ifodalashimiz mumkin. Buni befarqlik egri chiziqlaridan foydalanib amalga oshiramiz. Befarqlik egri chizig'i iste’molchini birdek xursand qila oladigan variantlami taqdim etadi. Shu tufayli befarqlik egri chizig'I doim iste’molchini qoniqtira oladigan takliflar kiritadi.
.Ishlab chiqarish omillari — Ishlab chiqarishda qoʻllanadigan resurelar; yer, mehnat, kapital, tadbirkorlik faolligi (tadbirkorlik qobiliyati) kabi omillar Ishlab chiqarish omillari hisoblanadi. Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar hajmi, miqdori ulardan foydalanish darajasiga boglik, boʻladi. 2. Kapital (nem. Kapital; lot. capitalis — bosh, asosiy), sarmoya — keng ma'noda — o'z egasiga daromad keltirish xususiyatiga ega bo'lgan jami vositalar va mablag'lar; yangi qiymat keltiruvchi, o'zini o'zi ko'paytiruvchi qiymat. Tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarish uchun kishilar tomonidan yaratilgan resurslar; tor ma'noda — ishlab chiqarish vositalari ko'rinishidagi ishga qo'yilgan, ishlab turgan daromad manbai (ashyoviy K.). K.ning paydo bo'lishiga tovar ishlab chiqarish, tovar muomalasi dastlabki shart hisoblanadi. Bozorda o'ziga xos, alohida tovar — ish kuchining paydo bo'lishi bilan oddiy tovar ishlab chiqarish kapitalistik ishlab chiqarishga aylanadi, tovar ishlab chiqarishning shu davrida tovar muomalasidagi pul K.ga aylanadi. K. ko'p sikllar davomida ishlab chiqarishda ishtirok etadigan asosiy kapital va bir sikl davomida ishtirok etadigan va to'liq sarflanadigan aylanma kapitalga bo'linadi. Pul K. i (sarmoya) — ashyoviy K. sotib olish uchun sarflanadigan pul vositalarini ifoda etadi, ya'ni pul K.ga aylanishi uchun ishlab chiqarishga avanslanadi. Iqtisodiy nazariyada K. ishlab chiqarish omillaridan biri tarzida izohlanadi. Qiymatning ko'payishi inson mehnati (ish kuchi) va ishlab chiqarish vositalari (xom ashyo, mashina, stanoklar) birlashganda, ya'ni ishlab chiqarish sharoitida yuz beradi. K. sanoat K.i, savdo K.i, ssuda K.i, sudxoʻrlik K.i (tarixiy) shakllarida faoliyat ko'rsatadi. Rivojlangan bozor iqtisodiyoti sharoitlarida K.ning korxona, firma, banklar. K.i, turli aksiyadorlik jamiyatlariga tegishli aksiyadorlik K.i, zahira K.i, ustav Kapital singari ko'rinishlari mavjud. Tadbirkor jismoniy shaxslarga tegishli K. dastmoya deyiladi va har gal tovar olib sotishda ishlatiladi. Ishlab chiqarish — jamiyatning yashashi va taraqqiy etishi uchun zarur boʻlgan moddiy boyliklar (turli iqtisodiy mahsulotlar)ni yaratish jarayoni; ishlab chiqarish omillarini isteʼmol va investitsiyalar uchun moʻljallangan tovarlar va xizmatlarga aylantirish. Ishlab chiqarish inson hayotining tabiiy sharoiti va boshqa faoliyat turlarining moddiy asosidan iborat. Kishilik jamiyati taraqqiyotining hamma bosqichlarida Ishlab chiqarish zarur. Uning mazmunini mehnat jarayoni belgilaydi. Ishlab chiqarish jarayoni 3 element — mehnat, mehnat ashyolari va mehnat vositalari boʻli-shini taqozo etadi. Ijtimoiy Ishlab chiqarish ishlab chiqarish vositalari Ishlab chiqarish va is-teʼmol buyumlari Ishlab chiqarishdan tashkil to-padi. Bu boʻlimlarning har biri koʻplab xoʻjalik tarmoqlaridan iborat boʻlib, ularda turli Ishlab chiqarish vositalari va isteʼ-mol buyumlari yaratiladi. Birinchi boʻlimning ikkinchi boʻlimga nisbatan ustunligi kengaytirilgan takror Ishlab chiqarish iqtisodiy qonunining ifodasidir. Ishlab chiqarish faqat mahsulot Ishlab chiqarishdan iborat boʻlmay, balki taqsimot, ayirboshlash va isteʼmolnya oʻz ichiga oladi. Ishlab chiqarishning rivojlanishi, avvalo, Ishlab chiqarish qurollarining oʻzgarishi va mukammallashishidan boshlanadi. Ishlab chiqarishning rivojlanishi jamiyat hamma aʼzolarining farovonligini muntazam oshira borish va har tomonlama rivojlantirishga imkon beradiydalanish darajasiga boglik, boʻladi. Download 79.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling