Taxallus bu taqdirmi? O‘ta 301-guruh talabasi


Download 15.78 Kb.
Sana02.12.2023
Hajmi15.78 Kb.
#1779316
Bog'liq
taxallus


TAXALLUS BU TAQDIRMI?

O‘TA 301-guruh talabasi


Abdurahmonova Mohira

Taxallus atamasi g‘azal yoki boshqa she’riy asar nihoyasi(maqta’si)da ijodkorning o‘z adabiy nomini qo‘llash ma’nosida ishlatiladi. Sharq adabiyotida aruz vaznida bitilgan she’riy parchalar maqta’sida qo‘llash adabiy odat tusiga kirgan. Taxallus dastlab badiiy san’at hisoblanib, qasida va g‘azal baytlarining biridan ikkinchisiga fikriy yuksaklik, vazniy uyg‘unlik, qofiyaviy mutanosiblik orqali hech qanday qusrsiz o‘tilishiga xizmat qilgan. Bu haqda Umar ar- Rodiyoniyning “Tarjimon ul-balog‘a”, Qays Roziyning “Al-mo‘jam...” asarlarida ma’lumot keltirilgan. Keyinchalik esa bu atama o‘z ma’nosidan chekinib, bugungi biz bilgan atamaga – ijodkorning o‘z she’rlarida qo‘llaydigan ismi yoki tanlagan nomiga ko‘chgan.


Mumtoz adabiyotda qo‘llanilgan taxallus to bugungacha ham o‘z ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q. Ijod ahli ko‘pincha taxallus etib o‘z ismi, nasabi, ba’zan esa o‘ziga ma’qul, ijodiga hamohang biror nomni taxallus qilib tanlaydi. Ma’lumki, insonning ismiga xos sifatlar uning o‘zidagi xususiyatlarda ham namoyon bo‘ladi degan qarashlar mavjud. Shuning uchun ota-onaning muhim vazifalaridan biri farzandga yaxshi ism qo‘yishdir, deyilgan hadisi sharifda. Xuddi shuningdek, ijodkor tanlagan taxallus uning taqdiriga qay darajada bog‘liq yoki boshqacha qilib aytganda, shoir taxallus tanlab o‘z taqdiriga yangi sahifa ochadimi yoxud taqdirda mavjud, o‘ziga atalgan qismatda yashayotganda shu nomni taxallus qilib tanlaydimi? Albatta, bu juda munozarali masala. Xuddi ilhom ilohiylikmi yo mashq, mashaqqat natijasimi, degan savolga o‘xshab.
Tarixda umri yozgan asaridagi qahramon o‘limi kabi yakun topgan yozuvchilar mavjudligi ham hayratlanarli. Masalan, Jack London “Martin Iden” qahramoni kabi hayotdan ko‘z yumishi.
Shu kabi taqdiri taxallusiga monand ijodkorlar ham kam emas. Ularni ikki guruhga ajratish mumkin:

  1. Hayot tarzi, yashash joyi, g‘oyalari, ijodiy mavzularini qay yo‘sinda yoritishiga ko‘ra taxallus tanlagan ijodkorlar. Masalan, Uvaysiy g‘oyibona oshiq, Mashrab ishq sharobidan mast bo‘lgan, Yassaviy Yassi shahri bilan bog‘liq holda shu nomlarni taxallus qilib olgan.

  2. Taxallus tanlagan va taqdiri ham shu nomga mutanosib bo‘lgan ijodkorlar. Masalan, Zokirjon Xolmuhammad o‘g‘li Furqat,

Furqat “ayriliq” ma’nosida garchi adabiyotshunoslar tomonidan “Haqdan ayri tushish, Haq diydoridan ayriliqda yashash” tarzida tahlil etilsa-da, juz’iy ma’noda vatanidan ayrilgan Furqatni ham ifodalaydi.
Download 15.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling