Tayanch iboralar


Algoritm tushunchasi va uning xarakterli xususiyatlari


Download 208.61 Kb.
bet2/7
Sana08.01.2022
Hajmi208.61 Kb.
#253741
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1-Ma'ruza

1.Algoritm tushunchasi va uning xarakterli xususiyatlari

Algoritm tushunchasi. Matematikaning asosiy tushunchalaridan biri algoritm tushunchasidir. Algoritm so‘zi (ba’zan, bu so‘z algorifm ko‘rinishda yoziladi) IX asrda yashab ijod etgan vatandoshimiz, buyuk matematik Abu Abdullo Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy nomining lotincha “Algorithmi” tarzida buzib yozilishidan kelib chiqqan.

Har biriga “ha” yoki “yo‘q” degan javob berish mumkin bo‘lgan ayrim sanoqli-cheksiz matematik yoki mantiqiy masalalar sinfini ko‘raylik. Chekli son qadamda ushbu sinfdagi har qanday savolga biz javob bera oladigan jarayon (protsedura) mavjudmi? Agar shunday protsedura mavjud bo‘lsa, u holda u berilgan savollar sinfi uchun yechuvchi protsedura yoki yechuvchi algoritm (algorifm) deb ataladi. Yechuvchi protsedurani izlash muammosi bu sinf uchun yechilish muammosi deb ataladi.

Formal sistemalar uchun yechilish muammosini kun tartibiga birinchi qo‘ygan olimlardan Shryoder34 (1895), Lyovengeym35 (1915) va Gilbertlarni36 (1918) ko‘rsatish mumkin.

1- misol. Quyidagilar yechuvchi algoritmlarga misol bo‘la oladi.

1. Sonlar ustida arifmetik amallarni bajarish qoidalari.

2. Kvadrat ildiz chiqarish qoidasi.

3. Eng katta umumiy bo‘luvchini topish qoidasi (Evklid algoritmi).

4. Kvadrat tenglamaning yechimini topish qoidasi.

5. n- tartibli ko‘phadning hosilasini topish qoidasi.

6. Ratsional funksiyani integrallash qoidasi.

Yuqorida keltirilgan har bir misolda bir xil tipli (turdagi) masalalar sinfi bilan ish ko‘rishga to‘g‘ri keladi. Bir xil turdagi masalalar sinfi ommaviy muammo deb ataladi. Bunday sinflarning masalalari bir biridan faqat ifodasidagi parametrlar bilan farq qiladi.

Masalan, ax2+bx+c=0 kvadrat tenglamaning yechimini topish masalasida a, b va c parametrlar qatnashadi. Ularning qiymatlarini o‘zgartirish yo‘li bilan bir sinfga mansub turli xil masalalarga kelamiz.


Aytilganlarni hisobga olib algoritmning quyidagi intuitiv ta’rifini berish mumkin.


Download 208.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling