Tayanch konspektlar


AVSTRIYA MAKTABI UNING XUSUSIYATLARI


Download 0.5 Mb.
bet23/41
Sana14.10.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1702832
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   41
Bog'liq
Gumanitar fanlar

AVSTRIYA MAKTABI UNING XUSUSIYATLARI

XIX asrning 70-yillarida iqtisodiy ta’limotlarning nufuzli maktablaridan biri bo’lgan Avstriya maktabi vujudga keldi. Avstriya maktabini sub’ektiv yoki sub’ektiv-psixologik maktab deb ham ataydilar. Uning mafkurachilari qo’llagan usul munosabati bilan unga mana shunday nom berilgan. 70-yillarda Avstriya maktabining asoschisi K.Menger (1840-1921) bu g’oyani rivojlantirib, uni sub’ektiv-psixologik maktabning asosiy nazariyasiga aylantirdi. yevgeniy Byom-Baverk (1851-1914), Fridrix Vizer (1851-1926) va boshqalar ham shu nazariyani ishlab chiqdilar. Avstriya maktabining kontseptsiyalari K.Mengerning «Siyosiy iqtisod asoslari» (1871), F.Vizerning «Xo’jalik boyligining kelib chiqishi va asosiy qonunlari to’g’risida» (1884), ye.Byom-Baverkning «Kapital va foyda» (1884-89), «Xo’jalik ne’matlari boyligi nazariyasining asoslari» (1886), «K.Marks nazariyasi va uning tanqidi» (1896) va boshqa asarlarida bayon etilgan, Avstriya maktabining ta’limoti Angliya, Germaniya, AQSH va Rossiyada hamda boshqa mamlakatlarda yoyildi. Bu ta’limot iqtisodiyot fanining shundan keyingi rivojiga katta ta’sir o’tkazdi.


Avstriya maktabi iqtisodchilarining asarlarida avvalo siyosiy iqtisod predmeti, uning uslubiy negizlari va tadqiqot usuli to’g’risidagi ta’limot yanada kengaytirildi. Menger va uning tarafdorlari ishlab chiqarish munosabatlarini, ishlab chiqarishning rivojini tartibga soluvchi iqtisodiy qonunlarni siyosiy iqtisod predmetiga kiritmas edilar. Ularning kontseptsiyasiga ko’ra siyosiy iqtisod xo’jalik sub’ekti tajribasining butun xilma-xilligi bilan uni idrok etishni o’rganishi lozim edi. Byom-Baverkning da’vo qilishicha, siyosiy iqtisod sub’ekt hislarida iqtisodiy hodisalarni izohlaydigan ildizlarni izlashi kerak. Alohida xo’jalik tadqiqot ob’ekti qilib olinar va shu xo’jalik jamiyatning eng oddiy tipik elementi deb talqin qilinar edi. Jamiyatdan mo’tlaqo ajralgan shaxs - Robinzon xo’jaligi mana shunday xo’jalikning oliy maqsadi deb atalardi (D.Defoning asarini eslang). Avstriya maktabi kapitalistik xo’jalikni mana shunday eng oddiy elementlarning mexanik yig’indisi deb talqin etardi. Umuman iqtisodiyot qonunlarini o’rganish uchun alohida olingan bir xo’jalik (firma, korxona) misolida shu qonunlarni ko’rib chiqish yetarli deb hisoblanardi (mikroiqtisodiyot).




  1. Download 0.5 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling