Tayanch konspektlar


ANTIK DUNYO IQTISODIY QARASHLARI


Download 0.5 Mb.
bet3/41
Sana14.10.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1702832
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41
Bog'liq
Gumanitar fanlar

4. ANTIK DUNYO IQTISODIY QARASHLARI

Antik dunyo mamlakatlarida quldorlik klassik shaklda rivoj topdi va m.a. II-I ming yilliklar davrida shakllandi. Qadimgi Gretsiya (YUnoniston) da ijtimoiy-iqtisodiy hayotning hamma jabhalarida quldorlik bevosita ishlab chiqaruvchilarni ekspluatatsiya qilishning asosiy shakliga aylangan edi. Ishlab chiqarish asosan quldorlik munosabatlariga asoslanib olib borildi, qul asosiy ishlab chiqaruvchi kuch hisoblangan (SHarq bilan solishtiring).


Miloddan avvalgi VII-VI asrlarda polis (shahar) sistemasi shakllanib bo’lgach, qulchilik keng tus oladi, urug’chilik mulki xususiy mulkchilik tomonidan siqib chiqariladi, savdo, sudxurlik tez rivojlanadi. Solon (m.a. 640/635-559 yy.) islohotlari pul xo’jaligining afzalligini ko’rsatib berdi (m.a. 594 y.). Islohot tufayli qulni qarzga berish taqiqlandi. Afinada Perikl (m.a. 444/443-429 yy.) tomonidan olib borilgan ishlar muhim axamiyat kasb etdi. Qurilish, hunarmandchilik, savdo o’sdi. SHu davrda fuqarolar va fuqaro bo’lmagan aholini bir-biriga qarama-qarshi quyadigan qonunlar qabul qilindi. Bu ishlar qullarni hunarmandchilik va savdo sohalarida beayov ekspluatatsiya qilish, savdo va pul xo’jaligini rivojlantirish hisobiga amalga oshirildi.
Qulchilik o’z tabiatiga ko’ra insonga yot, u majburiylikni talab etgan, oqibatda ma’lum davrdan inqirozga uchray boshlagan. SHu davrda iqtisodiy g’oyalar tobora reaktsionlashib, davlatni, aristokratiyani himoya qilish, natural xo’jalikni yoqlash yo’lini tanlaydi, ya’ni sinfiy harakterga ega bo’la boradi. Bu yo’nalish Ksenofont (taxminan m.a. 430-354 yy.), Platon (Aflotun, taxminan m.a. 427-347 yy.), Aristotel (Arastu, m.a. 384-322 yy.)larning iqtisodiy qarashlarida yaqqol namoyon bo’ldi.
«Ekonomiya» so’zi («oykonomiya»: - «oykos» - uy, xo’jalik va «nomos» - qonun, qoida) tom ma’noda uy xo’jaligi to’g’risida qoida mazmuniga ega bo’lib, Ksenofontning maxsus asarining sarlavhasi bo’lgan.

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling