Amaliy mashgulot: “Miya qanday ishlaydi?”
Ushbu topshiriq 7-8-sinf
o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, 8-sinf 3-chorak
biologiya darsligidagi “Oliy nerv faoliyati, shartli va shartsiz reflekslar” mavzusida qo‘llash
uchun tavsiya etiladi.
Amaliy mashgulot: “Choy”
Ushbu topshiriq 9-sinf o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, 9-sinf 1-chorak fizika
darsligidagi “Gaz molekulalarining harakat tezligi. Temperatura. Issiqlik muvozanati. Gaz
molekulalarining o‘rtacha kvadratik tezligi” va 9-sinf 1-chorak kimyo darsligidagi “Tuzlarning
gidrolizi. Tuzlar gidroliziga ta’sir etuvchi omillar” mavzusida qo‘llash uchun tavsiya etiladi.
4.
O‘quvchilarda hodisalarni ilmiy jihatdan tushuntirish kompetensiyasini
shakllantirish metodikasi
O‘quvchilarda tabiiy-ilmiy savodxonlik hodisalarini ilmiy jihatdan tushunish
kompetensiyasini shakllantirish; tabiiy fanlardan tegishli bilimlarni yodga olish, ulardan
foydalanish; izohlovchi farazlarni taklif etish; tegishli prognozlar qilish va asoslash; izohlovchi
modellar va tasvirlarni anglash, yaratish va ulardan foydalanish; ilmiy bilishning jamiyat uchun
amaliy ahamiyatini tushuntirish ko‘nikmalarini rivojlantirishda PISA tadqiqoti topshiriqlaridan
foydalanish.
Amaliy mashgulot: “Yangi yil archasi qanday o‘stiriladi?”
Ushbu topshiriq 5-6-sinf o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, 6-sinf 1-chorak tabiiy
fan darsligidagi “O‘simliklar sistematikasini o‘rganish. O‘simliklar xilma-xilligi. Sporali
o‘simliklar: yo‘sin, qirqquloq; urug‘li o‘simliklar: archa, terak” mavzusida qo‘llash uchun
tavsiya etiladi.
Amaliy mashgulot: “O‘simliklarning super qobiliyatlari”
Ushbu topshiriq 7-8-sinf o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, 7-sinf 2-chorak
biologiya darsligidagi “Bargda organik moddalarning hosil bo‘lishi.” mavzusida qo‘llash uchun
tavsiya etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |