Amaliy mashgulot: “O‘simliklar nima bilan oziqlanadi?”
Ushbu topshiriq 7-8-sinf
o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, 7-sinf 2-chorak
biologiya darsligidagi “Organizmlarning oziqlanishi” mavzusida qo‘llash uchun tavsiya etiladi.
Amaliy mashgulot: “Non pishirish”
Ushbu topshiriq 9-sinf o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, 9-sinf 1-chorak biologiya
darsligidagi “Bakteriyalar dunyosi” va 9-sinf 2-chorak kimyo darsligidagi “Uglerodning eng
muhim birikmalari” mavzusida qo‘llash uchun tavsiya etiladi.
11.
Fizik sistemalarga oid topshiriqlar xususiyatlari, mazmun-mohiyati va ularni
bajarish yuzasidan tavsiyalar.
PISA tadqiqotining fizik sistemalarga oid Harakat va kuch (masalan, tezlik, ishqalanish)
va masofadan ta’sir ko‘rsatish (magnit kuchlari, Yerning tortish kuchi va elektrostatik kuchlar);
Materiyaning tuzilishi (zarrachalarning modeli, bog‘lanishlar, Moddaning fizik va kimyoviy
xossalari (agregat holatining o‘zgarishi, issiqlik va elektr o‘tkazuvchanligi); Energiya va uning
transformatsiyasi (energiyaning saqlanishi, tarqalishi, kimyoviy reaksiyalar) to‘g‘risidagi
bilimlarini baholashga qaratilgan topshiriq turlari, ularni bajarish yuzasidan tavsiyalar.
Amaliy mashgulot: “Nima uchun yozda issiq, qishda esa sovuq?”
Ushbu topshiriq 5-6-sinf o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, 6-sinf 3-chorak tabiiy
fan darsligidagi “Geografik koordinatalarni aniqlash. Daraja to‘ri. Parallellar, ekvator,
meridianlar, bosh meridian, qutblar, daraja to‘ri” va 5-sinf 4-chorak geografiya darsligidagi
“Geografik koordinatalar haqida tushuncha. Ob-havo va iqlim” mavzularida qo‘llash uchun
tavsiya etiladi.
Amaliy mashgulot: “Uydagi issiqlikni saqlash”
Ushbu topshiriq 7-8-sinf o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, 7-sinf 3-chorak fizika
darsligidagi “Issiqlik miqdori. Jismda issiqlik almashinuvi. Moddaning solishtirma issiqlik
sig‘imi. Loyiha ishi: Mening uyim. (Issiqlik va energiyani tejash)” mavzusida qo‘llash uchun
tavsiya etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |