Tayanch so’z va iboralar: moliya bozori,
pul kredit tizimi, oddiy foizlar,
murakkab foizlar, pul agregetlari.
1. Oliy moliyaviy hisoblashlarni va taqribiy hisoblashlar
Moliyaviy hisoblash metodlari yana moliyaviy operatsiya va bitimlarni u yoki
bu omilga bog’liqligini
aniqlashda, moliyaviy holatlarni kelajak modellarini
tuzishda, o’sgan qiymat hajmini
hisoblashda, moliyaviy ko’rsatkichlarni
diskontlashda, turli moliyaviy to’lovlarni hisoblashda, moliyaviy majburiyatlarni
qoplash rejasini tuzishda va h.k. qo’llaniladi.
Lekin ularni maxsus qo’llanilish ob’ekti bo’lib aktuar, birja, kimo’zar va
iqtisodiy-taqribiy hisoblardir.
Moliyaviy hisoblash metodlari umumiy va maxsus metodlarga bo’linadi.
Ularni mohiyati, mazmuni, o’ziga
xos xususiyatlari, tayinlanishi va bajaradigan
vazifalari kelgusi paragraflarda yoritiladi.
Moliyaviy hisoblashni umumiy metodlari foiz stavkalarini aniqlashda,
diskontlashda, to’lovlarni moliyaviy
ekvivalentligini hisoblashda, moliyaviy
rentalarni tahlil qilishda, uzoq muddatli kreditlarni
qoplash planini tuzishda va
boshqalarda juda keng qo’llaniladi.
Pulni boshlang’ich summasini foizlar qo’shilishi bilan ortishi (ko’payishi) yoki
boshlang’ich pul summasini o’sishi jarayoni, moliya statistikasida,
oshgan qiymat
deyiladi. Pulni oshgan qiymati, odatda, sodda va murakkab foizlarda hisoblanadi.
Bularni o’zi oddiy va hisob stavkasiga (tijorat Yoki bank ucheti ham deyiladi)
bo’linadi. Har qanday stavka ham 1 yilga belgilanadi.
Sodda foizlar. Sodda foizlarda (dekursiv metod bo’yicha) oshgan qiymat
summasi quyidagi formula bilan hisoblaniladi:
S = R + Pin Yoki S = R (1 + in) (1)
Bu erda: S - pulni oshgan (oxirgi) qiymati summasi; R - boshlang’ich summa;
n
- foiz yozish davrlari soni; i - foiz stavkasi; 1 + in - boshlang’ich summani
ko’paytiruvchi miqdor deyiladi.