Tayanch so’z va iboralar: texnologiya tushunchasi, axborot texnologiyalari, axborot tizimlari, komponentalar, telekommunikatsiya tarmog’i, telekommunikatsiya vositalari, axborot texnologiyalari turlari
Download 40.99 Kb.
|
Document2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Texnologik ta’minot
- Texnik ta’minot
- Mutaxassislarni boshqarish va boshqalar.
Tashkiliy ta’minotning asosiy vazifasi boshqarish subyektida axborotli texnologiyani tashkil qilish maqsadga muvofiq yoki muvofiqmasligi to’g’risida qarorni ishlab chiqishga qaratilgan.
Axborot ta’minoti boshqarish subyekti faoliyatida xizmat qiluvchi barcha ma’lumotlarning to’plamidan tashkil topadi. Matematik va dasturiy ta’minot boshqarish subyekti masalalarining yechilish yo’llarini ifodalaydi va tegishli dasturlardan iborat bo’ladi. Texnologik ta’minot to’plangan ma’lumotlarni qayta ishlash jarayonlarining boshqarish usullarini ifodalaydi. Lingvistik ta’minot axborotlarni ifodalashdagi tegishli belgi va algoritmik tillardan tashkil topadi. Ergonomik ta’minot axborotli texnologiya unsurlarining faoliyati uchun tegishli shart-sharoitlarni yaratadi. Huquqiy ta’minot boshqarish subyekti va xodimlarning burchlari, majburiyat va huquqlarini belgilaydi. Texnik ta’minot avtomatlarni qayta ishlash jarayonlariga mos holda tegishli vositalar bilan ta’minlashni ifodalaydi. 9. Mutaxassislik ta’minoti axborotli texnologiya tizimlarini bilan ta’minlanadi. Axborotli texnologiyaning funksional qismi u faoliyat ko’rsatayotgan sohaning mohiyatiga bog’liq bo’lib, yechilayotgan masalalar to’plami orqali tashkil qilinadi. Funksional qism tarkibiga kirgan quyi tizimlar miqdoriy jihatdan qat’iy belgilanmagan va umumiy holda boshqarish funksiyalari asosida tashkil qilinadi. Umumiy holda savdo sohasida quyidagi funksional tizimlar mavjud: Tovar aylanishini boshqarish. Tovar harakatini boshqarish. Talab va taklifni boshqarish. Buxgalteriya hisobi. Ish haqi va mehnatni boshqarish. Moddiy texnika ta’minotini boshqarish. Kapital qurilishini boshqarish. Mutaxassislarni boshqarish va boshqalar. Ayniqsa korxona va tashkilotlarni boshqarish jarayonlarida axborot tizimlari va texnologiyalarining yakdilligi yaxshi samara beradi. Boshqaruvning axborot texnologiyasi maqsadi firmadagi qarorlar qabul qilish bilan aloqador bo’lgan hech bir istisnosiz barcha xodimlarning axborotga bo’lgan ehtiyojni qondirishdan iboratdir. U boshqaruvning barcha darajalarida foydali bo’lishi mumkin. Bu texnologiya boshqaruvning axborot tizimi muhitida ishlashga mo’ljallangan va hal qilinadigan masalalar, agar ularni ma’lumotlarga ishlov berishning axborot texnologiyasi yordamida hal qilinadigan masalalar bilan qiyoslaganda, juda yomon tuzilgan hollarda foydalaniladi.
Download 40.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling